1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə63/168
tarix10.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#139435
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   168
1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org

Dorivor preparatlari. Bargidan damlama,efir moyidan yalpiz suvi,nastoyka tayyorlanadi; mentol migren qalami va validol (izovalerian kislotaning mentol bilan hosil qilgan murakkab efiridagi mentolning 25-30 li eritmasi) tarkibiga kiradi.
Barg tinchlantiruvchi, o‘t xaydovchi, me’da kasalliklarida ishlatiladigan yig‘malar-choylar va qorin og‘rig‘ini qoldirish uchun ishlatiladigan tabletka va tomchilar tarkibiga kiradi.
Mentol ingofen tarkibiga kiradi. YAlpizning boshqa turlari tarkibida ham mentol bor. YAponiyada ekiladigan Mentha arvensis L. var. piperascens Hom.ning er ustki qismida0,05%efirmoyi, moyi tarkibida esa 43-90% mentol bo‘ladi.


MARMARAK (MAVRAK) BARGI - FOLIA SALVIAE

O‘simlikning nomi. Dorivor marmarak(mavrak)- Salvia officinalis L.;yasnotkadoshlar –Lamiaceae (labguldoshlar - Labiatae) oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik, bo‘yi 20-50 sm ga etadigan yarim buta. Poyasi ko‘p sonli, shoxlangan, serbarg, to‘rt qirrali, pastki qismi biroz yog‘ochlangan. Bargi oddiy, uzun bandli, poyaning eng yuqori qismidagilari bandsiz bo‘lib, poyada qarama-qarshi o‘rnashgan. Gullari qisqa bandli, mayda, poya va shoxlarining yuqori qismida boshoqsimon doira shaklidagi soxta to‘pgul hosil qiladi. Guli qiyshiq gulkosachasi ikki labli, sertuk, gultojisi ikki labli, ko‘k binafsha rangda, otaligi ikkita, onalik tuguni to‘rt bo‘lakli, yuqoriga joylashgan. Mevasi – 4 ta yong‘oqchadan tashkil topgan.
Iyun-iyul oylarida gullaydi.
Geografik tarqalishi.Vatani O‘rtaepdengiz bo‘yidagi davlatlar.
Moldovada, Ukrainada, Krasnodar o‘lkasida va Krimda o‘stiriladi.


Mahsulot tayyorlash.Marmarak bargi bir yilda(gullagandan boshlab)uch marta qo‘l bilan terib olinadi. Birinchi va ikkinchi terimda faqat poyaning pastki qismidagi barglar olinadi. Uchinchi terimda (sentyabr oyida) esa poyadagi hamma barglar va poyaning yuqori qismi - uchi (10 % gacha ruxsat etiladi) yig‘ib olinib, cherdaklarda yoki havo quritgichlarda quritiladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin