Kimyoviy tarkibi. Meva tarkibida3-7%efir moyi, 14-22%yog‘, 20-23%oqsil moddalar, flavonoidlar ( kversetin va kemferol) hamda oshlovchi moddalar bo‘ladi. XI DFga ko‘ra meva tarkibidagi efir moyining miqdori 2% dan kam bo‘lmasligi lozim. Efir moyi maydalangan mevadan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. Qoraziraning efir moyi sarg‘ish suyuqlik bo‘lib, zichligi 0,905-0,915; refraksiya soni 1,4840-1,4890. Moy tarkibida 50-60 % karvon, 40-50 % limonen, 40-70 % karvakrol, digidrokarvon va digidrokarveol birikmalari bo‘ladi.
Ishlatilishi.Qorazira mevasining preparati ichak atoniyasinidavolashda, og‘riq qoldiruvchi hamda ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun, mevasi ba’zan boshqa dorivor o‘simliklar bilan birga siydik va el haydovchi vosita sifatida, shuningdek, me’da kasalliklarida, meva suvi esa ichak sanchig‘ida (ayniqsa, bolalarda), tish og‘rig‘ida va miozitda ishlatiladi (badanning yallig‘langan joyiga surtiladi). Qorazira mevasi oziq-ovqat, parfyumeriya va boshqalarda ham katta ahamiyatga ega. Dorivor preparatlari.Qorazira mevasi,efir moyi(qandga1-3tomchitomizib iste’mol qilinadi) va meva suvi. Mevasi me’da yig‘malari-choylari tarkibiga kiradi.
14- MAVZU.BITSIKLIK TERPENLAR SAQLOVCHI DORIVOR O‘SIMLIKLAR TARKIBIDA BITSIKLIK MONOTERPENLAR BO‘LGAN EFIR MOYLAR VA DORIVOR O‘SIMLIKLAR Bu guruhga kiradigan dorivor o‘simliklarning efir moylari tarkibida asosan pinen, borneol, kamfora, tuyol, tuyon va boshqa birikmalar bo‘ladi.ARCHA QUBBASI VA ARCHA MOYI – FRUCTUS JUNIPERI ( BACCAE JUNIPER) ET OLEUM JUNIPERI BACCARUM O‘simlikning nomi.Oddiy archa– Junipegus communis L.;archadoshlar(sarvindoshlar) – Cupressaceaeoilaciga kiradi. Archa bo‘yi 1-3 m ga etadigan ikki uyli, doim yashil buta. Bargi bandsiz, qattiq, nina shaklida bo‘lib, poyada uchta-uchtadan joylashgan. Archa ikki uyli bo‘lganidan otalik va onalik qubbalari ikkita o‘simlikda alohida-alohida taraqqiy etadi. Otalik qubbalari bandsiz, yumaloq-cho‘ziq, sariq rangli bo‘lib, uchtadan to‘p-to‘p joylashgan gultevaraklaridan hamda otaliklardan (3-4 tadan) iborat. Onalik qubbalari qisqa bandli, yashil, cho‘ziq tuxumsimon shaklda. Bu qubbalar uchtadan xalqa shaklida joylashgan meva barglaridan iborat bo‘lib, faqat yuqorigi uchta meva bargining ichki tomonida urug‘ kurtaklar bor. Bahorda gullari changlangandan so‘ng yuqorigi urug‘ barglari shishadi, yumshaydi va birlashib, meva hosil qiladi. Qubbalar pishib etilganda so‘ng qorayadi. Meva ikkinchi yili pishadi. SHuning uchun o‘simlikda xom va pishgan qubbalar bo‘lishi mumkin.