Geografik tarqalishi. Vatani Amerika.SHimoliy Kavkazda,Volgabo‘yida, Farbiy Sibirda, Voronej va Kursk viloyatlarida, Ukraina, Moldova, Qozog‘iston hamda O‘zbekiston respublikalarida ekiladi.
Kimyoviy tarkibi. Kungaboqar urug‘i tarkibida38 %gacha moy,xlorogen,limon, vino kislotalar, karotinoidlar, fitin, 13,5-19,1% oqsil, 26,55 % uglevodlar, oshlovchi va boshqa moddalar bo‘ladi.
Tibbiyotda ishlatiladigan moy urug‘dan sovuq presslash yo‘li bilan olinadi.
Kungaboqar moyi och sariq tiniq va quyuq suyuqlik bo‘lib, o‘ziga xos hidi hamda yoqimli mazasi bor. Kungaboqar moyi yarim quruvchi moylarga kiradi. Tarkibida palmitin, stearin, araxin, lignotserin, olein va linol kislotalarning glitseridlari uchraydi.
Ishlatilishi.Moy uchuvchan surtma,mingdevona moyi,malhamlar hamdatibbiyot sovuni tayyorlashda ishlatiladi.
Oziq - ovqat sanoatida va texnikada ham keng qo‘llaniladi.
Zig‘ir moyi - Oleum lini
O‘simlikning nomi. Zig‘ir-Linum usitatissimum L.;zig‘irdoshlar-Linaceae oilasiga kiradi. Zig‘ir urug‘i tarkibida 30-48 % moy bo‘ladi. Moy urug‘dan issiq presslash usuli bilan olinadi. Zig‘ir moyi sariq tinik quyuq suyuqlik bo‘lib, o‘ziga xos hidi va mazasi bor. Zig‘ir moyi quriydigan moylarga kiradi. Uning tarkibida 60 % gacha izolinolen, 15 % linolen, 15 % linol va boshqa kislotalarning glitseridlari bo‘ladi. Ishlatilishi. Suyuq surtma va tibbiyot sovuni tayyorlashda qo‘llaniladi.Zig‘ir moyining preparati - linetol ateroskleroz kasalligini davolash va uning oldini olish hamda kuygan va nur terapiyasi ta’sirida kuygan erlarga surtish uchun ishlatiladi. 3ig‘ir moyidan prostaglandin preparati ham olinadi. Bundan tashqari, zig‘ir moyi oziq-ovqat sanoatida, shuningdek, texnikada alif moy olishda qo‘llaniladi. Dorivor preparatlar.Zig‘ir moyi.Linetol preparati(linolen,linol,olein va boshqa yog‘ kislotalarini etil efirlarining aralashmasidan tashkil topgan sarg‘ish rangli tiniq, moysimon suyuqlik). Sof linetol va uning surtmasi hamda linetolni kompleks preparati - aerozol «Livian».