LAMINARIYA TALLOMI (DENGI3 KARAMI) - THALLI LAMINARIAE (LAMINARIA)...O‘simlikning nomi.SHakar(chuchuk,shirin)laminariya- Laminaria saccharina (L) Lam.;YApon laminariyasi- Laminaria japonica Aresch.;barmoqsimon kesilgan laminariya - Laminaria digitata (Hudg.) Lam.; laminariyadoshlar - Laminariaceae oilasiga kiradi.
Laminariya turlari qo‘ng‘ir dengiz suv o‘tlariga kiradigan, spora yordamida ko‘payuvchi, cho‘zinchoq bargsimon plastinka - tallom, poya va rizoidlardan (dengiz tagiga yopishtirib turuvchi «ildizlar») tashkil topgan o‘simliklar. Turlari o‘zaro tallomlari bilan farqlanadi. YApon laminariyasiniig tallomi juda yirik (bo‘yi 2-10 m, eni 10-35 sm), biroz assimetrik, shakar lamiiariyaning tallomi chiziqsimon, to‘lqinsimon qirrali, uzunligi 10-110 sm, eni 5-40 sm, barmoqsimon kesilgan laminariyaniig tallomi barmoqsimon qirqilgan, uzunligi 70-200 sm, eni 3,5-14 sm bo‘ladi. Tallomlari yumshoq va shilimshiq bo‘lib, har yili kech kuzda to‘kiladi, qishda esa yangilari o‘sib chiqadi.
Geografik tarqalishi.YApon laminariyasi YApon va Oxotdengizlarining janubida, Janubiy Kuril orollari qirg‘oqlari bo‘ylab, shakar laminariya (boshqalariga qaraganda kengroq tarqalgan) va barmoqsimon qirqilgan laminariyalar Oq, Barens, Karsk va boshqa SHimol hamda Uzoq SHarq dengizlarining qirg‘oqlariga yaqin erlarda 2-20 m chuqurlikda o‘sadi.
Mahsulot tayyorlash.Mahsulotni iyun oyidan oktyabrgacha yiriko‘simliklardan (ikki yildan ortiq bo‘lmagan) 5-6 m uzunlikdagi maxsus xaskash, tayoq va boshqa asboblar yordamida qayiqda yurib yig‘iladi. Ko‘pincha dengiz to‘lqini bilan qirg‘oqqa chiqib qolgan yangi (qirg‘oqda turib qolgan emas) laminariyalar yig‘ib olinadi, qirg‘oqdagi aralashmadardan tozalanadi va quyoshda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.Laminariya turlarining tallomiqalin, uzunligi 10-15 sm dan, eni 5-7 sm dan, qalinligi 0,03 sm dan kam bo‘lmagan tekis yoki to‘lqinsimon qirrali, yashil-qora, to‘q yashil yoki qizil-qo‘ng‘ir rangli, o‘ziga xos hidli va sho‘rroq mazaga ega, mo‘rt plastinkalardan iborat.
Dorixonalarga teshigining diametri 3 mm li elakdan o‘tadigan yirik kukun (poroshok) holida keladi. XI DF ga ko‘ra, butun mahsulotda yod miqdori 0,1 % dan, polisaxaridlar 8 % dan kam, namligi 15 % dan, umumiy kuli 40 % dan, sarg‘aygan qirrali tallomlar 10 % dan, mineral aralashmalar 0,5 % dan, qumlar 0,2 % dan ortiq va organik aralashmalar (suv o‘tlarining boshqa turlari, o‘tlar, qisqichbaqalar zararlagan tallomlar va boshqalar) butunlay bo‘lmasligi kerak. Maydalangan mahsulotda yuqoridagilardan tashqari, teshigining diametri 3 mm di elakdan o‘tmaydigan qismlar 5 % dan oshmasligi lozim.