O‘rmon qulupnayining bargi va mevasi - Folia et fructus fragariae vescae
O‘simlikning nomi. O‘rmon qulupnayi(ertut)- Fragaria vessa L.;ra’noguldoshlar - Rosaceae oilasiga kiradi. Ko‘p yillik, bo‘yi 5-20 (ba’zan 30) sm bo‘lgan qo‘ng‘ir rang ildizpoyali va mayda ildizli o‘t o‘simlik. Poyasi bitta yoki bir nechta, tik o‘suvchi, tukli, bitta yokiikkita yaxshi taraqqiy etmagan oddiy bargchali, yuqori qismi kam gulli, soyabonsimon yoki qalqonsimon to‘pgul bilan tamomlanadi. Ildizpoyadan uzun, ingichka - ipsimon, o‘rmalab o‘suvchi va bo‘g‘imlaridan ildiz chiqarib, erga o‘rnashadigan novdalar hamda ildiz oldi to‘p barglari o‘sib chiqadi. Barglari uzun bandli, uch plastinkali. Bargchalari bandsiz, ellipssimon yoki rombsimon, yirik tishsimon qirrali, to‘q-yashil, pastki tomoni ko‘proq tukli va och yashil-zangoriroq tusli. Gullari yirik, uzun bandli, gulqo‘rg‘oni murakkab, gul kosachasi 5 ta ichki, yirik va 5 ta kichikroq tashqi kosacha barglardan tashkil topgan, gultoji bargi beshta, oq rangli, changchilari (otaliklari) va urug‘chilari (onaliklari) ko‘p sonli. Mevasi - tuxumsimon yoki keng ellipssimon, qizil rangli, yoqimli, shirin-nordon mazali, hushbo‘y hidli, yumshoq, sershirali, etli, gul o‘rnidan hosil bo‘lgan soxta meva. Uning yumshoq qismida mayda, quruq haqiqiy mevachalar – pistalar joylashgan.May - iyun oylarida gullaydi, mevasi iyun - iyulda pishadi. Geografik tarqalishi. Ukraina,Belorus,Boltiq bo‘yi,RossiyaningOvro‘po qismining o‘rmon va o‘rmon-cho‘l hududlarida, Sibir, Kavkaz, Qozog‘iston va O‘rta Osiyoda (Tyan-shan tog‘larida)gi o‘rmon o‘tloqlarida, o‘rmondagi ochiq va quruq erlarda, butalar orasida, tog‘larning o‘tli yonbag‘irlarida va boshqa erlarda o‘sadi.
Mahsulotni tayyorlash. Barglari gullashdan oldin qisqa bandli qilib yulib,yoki qirqib olinadi va soya erda quritiladi. Mevasini to‘liq etilib pishganda ertalabki shudring ko‘tarilgandan so‘ng gulo‘rinsiz qilib terib olinadi, 25-300 da 4-5 soat so‘litiladi, keyin quyoshda yoki quritgichda 45 - 650S da quritiladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.Tayyor mahsulot quritilganbarglardan va ayrim mevalardan iborat. Quritilgan barglar burishgan, ellipssimon yoki keng rombsimon, yirik tishsimon qirrali, kuchsiz hidli, burishtiruvchi mazali, yashil yoki to‘q yashil, pastki tomoni kulrang yoki zangoriroq yashil rangli va qisqa (1 sm gacha uzunlikda) bandli bo‘ladi. Mahsulot namligi 13 % dan, qoraygan va qo‘ng‘ir tusli qismlari 2 % dan, bandining uzunligi 1 sm dan oshiq bo‘lgan barglar 5 % dan, o‘simlikning boshqa qismlari (poya bo‘lakchalari, gullari va boshqalar) 5 % dan, maydalangan qismi 5 % dan, organik aralashmalar 1 % dan va mineral aralashmalar 1 % dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Quritilgan meva qizil rangli, tuxumsimon yoki keng ellipssimon, o‘ziga xos yoqimli mazali va hushbo‘y hidli bo‘ladi. Meva namligi 13 % dan, maydalangan mevalar 5% dan, organik aralashma 1% dan, mineral aralashma 1% dan ortiq hamda mahsulotda barg, pishmagan, ifloslangan, buzilgan va chala qurib bir-biriga yopishgan mevalar bo‘lmasligi kerak. Kimyoviy tarkibi. Qulupnay bargi tarkibida250-280mg%vitaminS,karotin, 2,17 % rutin va boshqa flavonoidlar, 1,32 % fenol birikmalar, fragarin glikozidi, alkaloidlar, 4,5-5,2% triterpen saponinlar (sapogeninlaridan bittasi kvillay kislota), efir mayi, 9 % oshlovchi va boshqa moddalar bo‘ladi. Mevasi o‘z tarkibida 9,5 % gacha qand, 1,3-1,6 % organik (olma, xin, limon va boshqa) kislotalar, vitaminlar (S, B1, B2, V6, R, E), flavonoidlar (antotsianlar, katexinlar va boshqalar), kumarinlar, fenol-karbon kislotalar, efir moyi, karotin, folat kislota, mikroelementlar (temir, marganets, mis, xrom va boshqa), 1,5 % pektin, 0,34-0, 4 % oshlovchi va boshqa moddalar, urug‘i 16-19 % yog‘ saqlaydi. Ishlatilishi.Barg va meva dorivor preparatlari singa va boshqaavitaminoz kasalliklarida, siydik haydovchi (buyrak va siydik yo‘llari kasalliklarida) dori sifatida, podagrada, kamqonlikda, bachadondan qon oqishini to‘xtatish uchun, yara, teri va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |