Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot poya,barg,gul va xommeva aralashmalaridan iborat. Poyasi siyrak bargli, shoxlanmagan yoki shoxlangan, qirrali, tuksiz yoki tuklar bilan qoplangan, uzunligi 20-50 sm bo‘ladi. Ildizoldi barglari (agar mahsulotda bo‘lsa) cho‘ziq lansetsimon, band tomoniga qarab torayib boruvchi, kemtik tishsimon qirrali yoki patsimon kesik, ba’zan tekis qirrali bo‘ladi. Poyasidagi barglari mayda, lansetsimon,tekis qirrali bo‘lib, bandsiz ketma-ket o‘rnashgan. Gullari oqimtir rangli, shingilga to‘plangan. Kosacha va tojbarglari 4 tadan, otaligi 6 ta, shundan 2 tasi kalta, onalik tuguni 2 xonali, yuqoriga joylashga. Mevasi teskari uchburchak yoki teskari uchburchak yuraksimon qo‘zoqcha. Mevasining uzunligi 5-8 mm, eni 4-5 mm.
Mahsulot kuchsiz, o‘ziga xos hidli bo‘lib, mazasi achchiq.
XI DFga ko‘ra, mahsulot namligi 13 %, umumiy kuli 10 %, 10 % li xlorid kislotada erimaydigan kuli 2 %, organik aralashmalar 2 % va mineral aralashmalar 1 % dan oshiq bo‘lmasligi kerak.
Butun mahsulot uchun: teshigining diametri 1 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan maydalangan qismlar 2 % dan, ildizidan ajratilmagan poyalar yoki ayrim holdagi ildizlar, sarg‘aygan barglar va zamburug‘ bilan zararlangan o‘simlik bo‘laklari 3 %, qirqilgan mahsulot uchun: teshigining diametri 7 mm li elakdan o‘tmaydigan yirik qismlar 10 % dan, teshigining diametri 0,5 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan maydalangan qismlar 10 % dan oshiq bo‘lmasligi lozim. 70 % li spirtda eruvchi ekstrakt moddalar miqdori 10 % dan kam bo‘lmasligi kerak.
Kimyoviy tarkibi.Mahsulot tarkibida gissopin glikozidi,bursakislota, 0,12 % askorbin kislota, vitamin K1, olma, limon, vino, fumar kislotalar, xolin, atsetilxolin, tiramin, inozit, flavonoidlar (diosmin va boshqalar), saponinlar, oshlovchi hamda boshqa birikmalar bo‘ladi.
Ishlatilishi.Jag‘-jag‘ o‘simligining preparatlari tuqqandan keyin vabachadon kasalliklarida qon oqishini to‘xtatish uchun hamda bachadon zaiflashganda uni tonuslovchi vosita sifatida ishlatiladi.