1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Dorivor o‘simliklarning asosiy ta’sir etuvchi biologik faol moddalar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə7/168
tarix10.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#139435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   168
1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org

Dorivor o‘simliklarning asosiy ta’sir etuvchi biologik faol moddalar. Dorivor mahsulot tarkibida kasalliklarni davolovchi terapevtikahamiyatga ega bulgan biologik faol moddalari bulgani sababli u tibbiyotda va farmatsiyada ishlatiladi. O‘simlikning terapevtik ahamiyati bo‘lgan shifobaxsh biologik faol kimyoviy birikmalari asosiy ta’sir etuvchi moddalari deb ataladi. Bu moddalar ko‘pincha ayrim o‘simliklarga xos bo‘lgan alkaloidlar(belladonna, bangidevona, mingdevona, skopoliya turlariga xos atropin, giossiamin, skopalamin), glikozidlar (angishvonagul, strofant, adonis,marvaridgul, erizimum o‘simliklariga xos yurak glikozidlari, ra’noguldoshlarga xos amigdalin, karamdoshlarga xos sinigrin va boshqa izotiotsiantlar), kumarinlar, efir moylari, flavonoidlar, vitaminlar, lignanlar, oshlovchi va boshqa moddalar.


O‘simliklarning ta’sir etuvchi moddalari bilan birga uchraydigan birikmalar. Bunday moddalarning ayni shu o‘simlikda terapevtik ahamiyatibo‘lmasa-da, asosiy ta’sir etuvchi birikmalarning ta’sir kuchini o‘zgartirishi (kuchaytirishi) yoki ularning organizmga so‘rilishini, natijada ta’sirini tezlatishi mumkin. Ba’zan asosiy ta’sir etuvchi modda bilan birga uchraydigan boshqa birikmalar organizmga birgalikda (kompleks) ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin. Masalan, angishvonagul tarkibidagi steroid saponinlar shu o‘simlikning asosiy ta’sir etuvchi birikmasi – yurak glikozidlarini organizmga so‘rilishini tezlatib, mahsulotning dorivor preparatlarini ta’sirini tezlatadi va kuchaytiradi.

Terapevtik ahamiyati bo‘lmagan, keraksiz, ballast moddalar. Bumoddalar o‘simliklarni asosiy ta’sir etuvchi va ular bilan birga uchraydigan birikmalar singari kimyoviy tuzilishi bo‘yicha har xil moddalar bo‘lishi mumkin. Uglevodlar, smolalar, efir moylari, yog‘lar,organik kislotalar, oqsil,mineral va boshqa moddalar shular jumlasiga kiradi.Ular ma’lum sharoitda terapevtik ta’sirga ega bo‘lgan birikma hisoblansa ham, boshqa o‘simlikda ballast (keraksiz) modda sifatida uchrashi mumkin. SHuning uchun ballast moddalarni doimo bir xil, ma’lum guruhga kiradigan birikmalar deyish xatto bo‘ladi. Masalan, kanakunjut, zaytun, bodom, zig‘ir va boshqalarning urug‘idan olinadigan moylar asosiy ta’sir etuvchi birikmalar hisoblansa, shohkuya zamburug‘i hamda strofant urug‘ida uchraydigan yog‘lar shu o‘simliklardan dori turlari tayyorlashda va mahsulotni saqlashda ballast modda hisoblanadi. Xuddi shuningdek, sano bargida smolalar, shohkuya tarkibidagi sut kislota ham ko‘rsatilgan mahsulotlar uchun ballast moddalardir.
Farmakognoziya fanining asosiy qismini-mazmunini o‘simliklardan, qisman hayvonlardan olinadigan dorivor mahcylotlar hamda ularni o‘rganish va tahlil qilish tashkil qiladi. Bu moddalarning tahlil qilish usullari ham turlicha bo‘lib, buni bajarish uchun o‘ziga xos sharoit bo‘lishi shart. SHu yuqoridako‘rsatilgan sabablarga ko‘ra dorivor mahsulotlarni ayrim gypyhlarga - sinflarga bo‘lib, o‘rganiladi. Dorivor mahsulotlarni sinflarga bo‘lishda turli omillar asos qilib olingan: dorivor mahsulotlarning farmakologik ta’siri, ularni morfologik tuzilishi (er ustki qismi, bargi, guli, mevasi, er ostki organlari va boshqalar), dorivor mahsulot tarkibidagi ayrim birikmalarning xossalari (masalan, saponinlarning turg‘un ko‘pik hosil qilishi) va boshqalar. Natijada o‘z vaqtida dorivor mahsulotlarning farmakologik, botanik va boshqa tasniflari - klassifikatsiyalari bo‘lgan va shu asosida ular o‘rganilgan. Xozirgi kunda ham dorivor o‘simlik mahsulotlarini o‘rganishda ayrim hollarda farmakologik tasnifdan foydalaniladi. Qachonki dorivor mahsulotlarning asosiy ta’sir qiluvchi moddalari ajratib olinib, kimyoviy tuzilishi aniqlangandan so‘ng ularning kimyoviy tasnifi tuzildi. Bu tasnif dorivor o‘simliklarning asosiy ta’sir qiluvchi birikmasini kimyoviy tuzilishiga asoslangan.
Kimyoviy tasnif - klassifikatsiya bo‘yicha dorivor o‘simliklar va ularning mahsulotlari farmakognoziya fanida quyidagi sinflarga bo‘lib o‘qiladi:

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin