1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə95/168
tarix10.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#139435
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   168
1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org

Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida. 0,8-1,2 %efir moyi, 0,05 %triterpen timun (saponin) kislota, 0,2 % timussaponin hamda ursol, oleanol, kofe, xlorogen, xin va boshqa kislotalar, flavonoidlar bo‘ladi.
XI DF ga ko‘ra mahsulotda efir moyi 1 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Efir moyi ho‘l yoki quritilgan mahsulotdan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. U tez uchuvchan, sarg‘ish suyuqlik bo‘lib, o‘ziga xos hidi (timol hidi keladi) va o‘tkir mazasi bor. Zichligi 0,901-0,935, refraksiya soni 1,490-1,500.
Efir moyi tarkibida 42 % (25-60 % gacha) fenollar (asosan timol, qisman karvakrol), simol, pinen, terpineol, borneol, kariofillen, linalool va boshqa birikmalar bo‘ladi.

Ishlatilishi. Efir moyi tibbiyotda dezinfeksiyalovchi va antiseptikdori sifatida og‘iz va tomoq shilliq pardalarini dezinfeksiya qilishda ishlatiladi. Er ustki qismining suyuq ekstrakti balg‘am ko‘chiruvchi dori sifatida bronxit va ko‘kyutal kasalliklarida ishlatiladigan pertussin tarkibiga kiradi.
Efir moyidan yana timol olinadi.


Dorivor preparatlari. Efir moyi, timol (kapsulada), o‘simlik er ustki qismidan tayyorlangan suyuq ekstrakti, pertussin. Efir moyi stomatologiyada ishlatiladigan og‘riq qoldiruvchi Gartman suyuqligi tarkibiga kiradi. O‘simlik er ustki qismi balg‘am ko‘chiruvchi yig‘malar - choylar tarkibiga kiradi.

SUDRALIB O‘SUVCHI TOFJAMBIL ER USTKI QISMI –HERBA SERPYLLI O‘simlikning nomi. Sudralib o‘suvchi tog‘jambil- Thymus serpyllum L.;yasnotkadoshlar - Lamiaceae (labguldoshlar - Labiatae) oilasiga kiradi. Ko‘p yillik, xushbo‘y yarim butacha. Poyasining pastki qismi yog‘ochlangan bo‘lib, undan juda ko‘p tik o‘suvchi yoki ko‘tarilayotgan shoxchalar o‘sib chiqadi. SHoxchalar uzunligi 2-10, ba’zan 15 sm ga etadi, ular to‘rt qirrali bo‘lib, hamma eri tuk bilan qoplangan. Bargi oddiy, ellipsimon, cho‘ziq ellipsimon yoki lansetsimon, tekis qirrali, poyada bandi bilan qarama-qarshi o‘rnashgan. Gullari ikki labli, mayda, binafsha-qizil rangli bo‘lib, ular shoxlarning yuqori qismidagi barglar qo‘ltig‘idan to‘p-to‘p bo‘lib o‘sib chiqib, boshcha shaklidagi gul to‘plamini tashkil qiladi. Mevasi - kosachabarr bilan birlashgan 4 ta yong‘oqcha. YOz bo‘yi gullaydi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin