1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə96/168
tarix10.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#139435
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   168
1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org

Geografik tarqalishi. Moldova,Ukraina,Belorus,Boltiq bo‘yirespublikalarda, Rossiyaning Ovro‘po qismidagi o‘rmon, o‘rmon-cho‘l hududlari (qarag‘ay o‘rmonzorlari) ning qumtuproqli erlarida o‘sadi. Farbiy Sibirda, Baykal ko‘li atrofida, Kavkazda va boshqa erlarda ham uchraydi. Bu o‘simlikning mayda turlari keng tarqalgan.
Sudralib o‘suvchi tog‘jambil va uning mayda turlari asosan Krasnodar va Stavropol o‘lkalari, Voronej va Rostov viloyatlarida, Dog‘iston va Qabarda- - Balqar hamda Ukraina, Belorus va Armaniston respublikalarida tayyorlanadi.
Mahsulot tayyorlash.O‘simlik gullaganida o‘rib olinadi va quritiladi.So‘ngra maydalab, sim g‘alvirda elanadi. YOg‘ochlangan poyalar va yirik shoxchalar tashlab yuboriladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot barg va gularalashmalaridan iborat bo‘ladi. Bargi ellipssimon, cho‘ziq ellipssimon yoki lansetsimon, tekis qirrali, qisqa bandli bo‘lib, pastki tomonidagi mayda chuqurchalarida efir moyli bezlar bor (ularni lupa bilan ko‘rish mumkin). Bargning uzunligi 15 mm, eni esa 7 mm. Bargning asos qismi dag‘al tuklar bilan qoplangan. Gullari mayda, kosachasining cheti qo‘ng‘ir-qizil rangli, tashqi tomoni tuklar bilan qoplangan, ikki labli, besh tishli, tishlari qirrasidan ko‘p hujayrali kipriksimon uzun tuklar o‘sib chiqqan. Gultojisi pushti-binafsha rangda, ikki labli, yuqori labi yapaloq, biroz o‘yilgan, pastki labi esa 3 ta, bir xil bo‘lakli, otaligi 4 ta, onalik tuguni 4 bo‘lakli, yuqoriga joylashgan.
XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 13 %, umumiy kuli 12 %, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kuli 5 %, 0,5 mm dan yo‘g‘on bo‘lgan poya bo‘laklari 10 %, organik aralashmalar 1 % va mineral aralashmalar 1 % dan ko‘p, 30% li spirtda erib, ajralib chiqadigan ekstrakt moddalar miqdori 18 % dan kam bo‘lmasligi kerak.
Mahsulotning o‘ziga xos xushbo‘y, yoqimli hidi va achchiqroq o‘tkir mazasi bor.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida0,5-1%efir moyi,oshlovchi va achchiqmoddalar, elim, flavonoidlar hamda ursol va oleanol kislotalar bo‘ladi.
Efir moyi tarkibida timol, karvakrol, simol, terpineol, borneol va boshqa birikmalar bor. Efir moyida fenollar miqdori 35 % gacha, fenollarda timol miqdori 60 % gacha bo‘ladi.


Ishlatilishi. Sudralib o‘suvchi tog‘jambil preparatlari tibbiyotdabronxit va yuqori nafas yo‘llari kasalliklarida balg‘am ko‘chiruvchi vosita, radikulit va nevit kasalliklarida og‘riq qoldiruvchi dori sifatida ishlatiladi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin