1 ma’ruza mexanika asoslari



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə20/43
tarix02.02.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#122912
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
1 ma’ruza mexanika asoslari

4. Tovush to’lqinlari. Biror tovushni eshitib, bizga u qandaydir manbadan kelayotganini aniqlab olishimiz mumkin. Bu manbani sinchiklab qarab, unda nimadir tebranyotganini ko’ramiz. Masalan tovush reproduktordan chiqayotgan bo’lsa, uning membranasi tebranayotganini ko’ramiz.
Tovush cholg’u asbobdan taralayotgan bo’lsa, undan tovush manbai-uning tebranayotgan tori, tebranayotgan havo ustunidir. Ravshanki, tovush qulog’imiz bilan tovush manbai orasidagi havo orqali o’tib keladi. Biroq taralayotgan tebranishlar-to’lqindir. Demak, tovush to’lqin shaklida tarqaladi. Shu yerda biz tovush to’lqinlari haqida biror narsa aytib o’tishimiz mumkin. Agar tovush to’lqinlari havoda tarqaladigan bo’lsa, bu to’lqin bo’ylanma to’lqin hisoblanadi.
Tovushning qattiqligi. Bir xil tondagi tovushlar ham har xil qattiqlikda bo’lishi mumkin. U manbadagi va to’lqindagi tebranishlar energiyasiga bog’liq ekanini anglab olish qiyin emas. Tebranishlar energiyasi esa tebranishlar amplitudasiga bog’liq. Demak, tovushning qattiqligi bilan amplituda orasidagi bog’lanish soda bog’lanish emas.
Tovush tezligi. Tovush to’lqini ham , boshqa to’lqinlar kabi, to’lqinda tebranishlarning tarqalish tezligi bilan harakterlanadi. To’lqin uzunligi X va tebranishlar chastotasi v tezlik u bilan bizga ma'lum formula orqali quyidagicha bog’langan:
V=
Tovushning tarqalish tezligi turli muhitlarda turlichadir. Masalan, 20C haroratda tovush to’lqinlarining tarqalishi tezligi 340m/c ga teng.
5.Ultratovush, Ultratovush to’lqinlari ham o’z tabiatiga ko’ra, tovush to’lqinlari bilan bir xil, biroq odam ultratovushni eshitmaydi. Bunga sabab shuki, ultratovush to’lqinlaridagi tebranishlar chastotasi 20000 Gt dan yuqori. Tabiatda shunday to’lqinlar mavjuddir. Ultratovush tarqatadigan va o’zlari ularni qabul qila oladigan tirik mavjudodtlar bor. Kuchli ultratovushlarni elektr va magnit usulda hosil qilish mumkin.
Ultraiovush to’lqinlarning asosiy hususiyati shundaki, bu to’lqinlarni manbadan ma'lum bir yo’nalishida tarqatish mumkin. Shu hususiyati tufayli ultratovush to’lqinlarning qaytishi bo’yicha uni qaytargan buyumga bo’lgan masoofanigina emas, balki buyumning qayerda joylashganligini ham aniqlash mumkin.



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin