Sirt taranglik Suyuqlik va uning to‘yingan bug‘i, bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlik, suyuqlik va qattiq jismning b o iin ish sirtid a chegaradosh muhitlardagi turli xildagi molekulalararo o'zaro ta’sir tufayli kuchlar vujudga keladi.
Suyuqlik ichida joylashgan har bir molekula atrofini teng miqdordagi molekulalar o‘rab olgan va ular bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashadi, lekin bu kuchlarning teng ta ’sir etuvchisi nolga teng. Ikki muhit chegarasi yaqinida joylashgan molekulaga uni o‘rab olgan muhit bir jinsli bo‘lmagani sababli suyuqlikning boshqa molekulalari bilan kompensatsiyalanmagan kuch ta’sir qiladi. Shu sababli suyuqlik hajmidan molekulani suyuqlik sirt qatlamiga chiqarish uchun ish bajarish lozim. Temperatra o‘zgarmaganda biror suyuqlik sirt qatlamini hosil qilish uchun sarflangan ishning shu sirt yuziga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikka sirt taranglik deyiladi:
Suyuqliklarning turg‘un muvozanatda bolish sharti sirt qatlamining minimal energiyaga ega bo‘lishidir, shu sababli tashqi ta ’sir kuchlari bo‘lmaganda yoki vaznsizlik holatida mazkur hajmdagi suyuqlik minimal sirt yuzini olishga harakat qilib, shar shaklini egallaydi.
Sirt taranglik faqat energetik nuqtai nazardan aniqlanmaydi. Suyuqliklar sirt yuzalarining qisqarishga harakat qilishi bu sirt qatlamida shu sirtga urinma bo’lib yo‘nalgan kuch-sirt taranglik kuchlari mavjudligini ko'rsatadi. Agar suyuqlik sirtida biror / uzunlikda kesma tanlab olsak (9.8- rasm), unda bu sirt kuchlarini shu kesmaga perpendikular yo‘nalgan strelkalar yordamida ifodalash mumkin.
Sirt taranglik kuchining shu kuchlar ta’sir etayotgan kesma uzunligiga nisbati sirt tarangligiga teng:
Maktab fizika kursidan ma’lumki, ikkala (9.21) va (9.22) ta’riflar aynan bir xildir. Ba’zi suyuqliklar sirt tarangligining 20°C haroratdagi qiymatlarini keltiramiz (12-jadval).
3.1- jadval
Suv
0,0725
Simob
0,47
O’t
0,048
Spirt
0,022
Sut
0,05
Qon zardobi
0,06
Siydik
0,066
Efir
0,017
Sirt tarangligi haroratga bog‘liq. Kritik haroratdan uzoqda, uning qiymati harorat ortishi bilan chiziqli ravishda kamayib boradi. Sirt taranglik kuchining kamayishi suyuqlikka sirt qatlami energiyasini kamaytiruvchi sirt aktiv moddalar qo‘shish bilan amalga oshiriladi.