4.8-rasm. Linzada bosh va qo’shimcha optik o’qlardan o’tuvchi nurlarning yo’li
Linzalar ikkita fokusga еga bo`lib, bir jinsli muhitda bu fokuslar linzaning ikki tomonida, uning markazidan bir xil masofada yotadi.
Optik markazidan fokusigacha bo`lgan masofa F linzaning fokus masofasi deyiladi. Ana shu fokus orqali optik o`qqa perpendikulyar o`tgan tekislik linzaning fokal tekisligi deyiladi. Fokus masofaga teskari kattalik D linzaning optik kuchi deyiladi.
. (4.9)
Optik kuchining SIsistemasidagi birligi dioptriya deyilib, u fokus masofasi 1 m bo`lgan linzaning optik kuchidir.
Yig`uvchi linzalarda optik kuchi musbat, sochuvchi linzalarda еsa manfiy bo`ladi.
Linza formulasi 3ta kattalik – buyumdan linzagacha bulgan d masofa, linzadan tasvirgacha bulgan f masofa linzaning bosh fokus F masofasi urtasidagi boglanishni ifodalaydi.
(4. 10)
Yoki
(4.11)
(4.10) yoki (4.11) formula yupqa linza formulasi deb atash qabul qilingan.
Linzada buyumning tasvirini yasashda buyumning bir nechta nuqtalarining tasvirini topish va so`ngra ulardan buyumning tasviri hosil qilish kerak. Nuqtaning tasvirini yasashda quyidagi nurlardan ixtiyoriy ikkitasini tanlash va ularning linzadan sinib o`tgandan so`ng kesishish nuqtasini topish kerak.
1. Optik o`qqa parallel nur, u linzadan singandan keyin fokusdan o`tadi.
2. Linzaning optik markazidan o`tuvchi nur, u linzadan chiqqanda o`zining dastlabki yo`nalishini o`zgartirmaydi.
3. Linzaning fokusi orqali o`tuvchi nur, u linzadan singandan keyin optik o`qqa parallel ravishda ketadi.
Ana shu usul bilan buyumning bir nechta nuqtasining tasvirini fokal tekislikka tushirib olib, so`ngra buyumning butun tasvirini yasash mumkin. Tasvir yasashda buyum linza fokusiga nisbatan qanday masofada turganligi muhim rol’ o`ynaydi.