1 ma’ruza mexanika asoslari



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə5/43
tarix02.02.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#122912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
1 ma’ruza mexanika asoslari

Moddaning suyuq holati. Suyuqlik moddaning gaz va qattiq jism oralig'idagi agregat holatidir. Shuning uchun ham uning ba'zi xossalari gaznikiga, ba'zilari esa qattiq jismlarnikiga o'xshab ketadi. U xuddi qattiq jismlarga o'xshab ma'lum hajmga ega bo'lsa, xuddi gazlardek o'zi quyilgan idishning shaklini egallaydi. Gaz molekulalari amalda bir-birlari bilan bog'lanmagan bo'lsa, suyuqlik molekulalari bir-birlari bilan juda kuchli bog'langan va ma'lum masofada joylashgan bo'ladi.
Suyuqliklarda va qattiq jismlarda molekulalarning betartib harakat issiqlik energiyasi molekulalararo o'zaro ta'sir potensial energiyasidan juda kichik bo'lib, uni yenga olmaydi. Shuning uchun ham suyuqlik va qattiq jismlar aniq hajmga ega bo'ladi. Suyuqlik molekulalari orasidagi o'zaro ta'sir kuchiiiing kattaligi natijasida suyuqlik amalda siqilmaydi. Boshqacha aytganda, juda katta molekulalararo ta'sir kuchiga ega bo'lgan suyuqlikka tashqi bosimnirig ta'siri sezilmaydi. Shuning uchun ham molekulalararo ta'sir kuchini suyuqlikning molekular bosimi deb aytiladi. Hisoblash suvning molekular bosimi 1100 MPa atrofida ekanligini ko'rsatadi. Shu bilan birga, suyuqlik molekulalari juda yaxshi o'rin almashinish xususiyatiga, ya'ni suyuqlik oqish va o'zi solingan idish shaklini egallash xususiyatiga ega bo'ladi. Agar suyuqlik muvozanat holatida bo'lsa, uning molekulalari biror muvozanat holati atrofida tebranma harakat qiladi. Bu holda tortishish va itarish kuchlari bir-biri bilan teng bo'ladi.
Suyuqlikning tuzilishi. Suyuqliklarni rentgen nurlari yordamida o'rganish ularning molekular tuzilishida qattiq jismlarning molekular tuzilishiga o'xshash joylari borligini ko'rsatdi. Agar qattiq jismlarda molekulalarning ancha katta masofada ham batartib joylashuvi kuzatilsa, suyuqliklarda juda kichik, atomlararo masofalardagina batartib joylashuvi kuzatiladi.
O'z izlanishlarini suyuqliklarning xossalarini o'rganishga bag'ishlaganYa.Frenkel (1884 — 1952) quyidagi nazariyani yaratdi. Frenkel nazariyasiga ko'ra, suyuqlik molekulasi ma'lum vaqt davomida o'z muvozanat holati atrofida, go'yoki kristall panjaraning tugunida turgandek tebranib turadi va so'ngra sakrab oldingisidan atomlararo masofada bo'lgan yangi holatga (yangi tugunga) o'tadi. Molekulalarning biror holatda bo'lish vaqti juda kichik, 10-10 — 10-12 s ni tashkil etadi.
Demak, sodda qilib, suyuqlik molekulasining bir holatdan ikkinchisiga o'tishini panjaraning bir tugunidan ilddnchisiga o'tish, ko'chish masofasini esa panjara doimiysi sifatida qarash mumkin. Panjara tugunida turgan molekula panjara doimiysidan kichikroq amplitudalar bilan tebranma harakat qiladi. Shunga asoslanib, suyuqlik kvazikristall (go'yoki kristalldek) tuzilishga ega, deb hisoblash mumkin.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin