2. Quyidagi belgi ifodalovchi qaysi so‘zlar son turkumiga oid so‘zlarga tobe bo‘lib kelishi mumkin?1) katta; 2) yaxshi; 3) shirin
A) Berilgan so‘zlarning barchasi songa tobe bo‘lib kelishi mumkin B) berilgan so‘zlar sonlarga tobe bo‘lmaydi C) yaxshi, katta D) shirin, katta
3. Nutqimizda faol ishlatiladigan nechta sodda (tub) son bor?
A) 26 B) 23 C) 35 D) 10
4. Affiksatsiya (qo‘shimchalar yordamida yasalish) qaysi turkum uchun xos emasligini aniqlang.
A) ot B) sifat C) son D) fe’l
5. Qaysi javobda arab raqamlarining rim muqobili noto‘g‘ri ifodalangan?
A) CM – 900, to‘qqiz yuz B) M - 1000, ming C) LXX - 70, etmish D) CCD - 200, ikki yuz
6. Qaysi sonlarga –lanqo‘shimchasini qo‘shish orqali yangi so‘z yasash mumkin?
A) ikki B) yuz C) uch D) A,B
7. Sonning morfologik xususiyatlari qaysilar?
A) So‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar sonning hamma turlariga ham qo‘shila bermaydi. B) Boshqa so‘z turkumlaridan son yasalmaydi. C) Sondan turli so‘z turkumlari yasalishi mumkin. D) A,B,C
8. Sonning sintaktik xususiyatlarini aniqlang.
A) Sonlar gapda aniqlovchi va kesim vazifasida keladi.
B) Sonlar hech qachon belgi ifodalovchi so‘zlarni o‘ziga tobe qilib kelmaydi. C) Boshqa so‘z turkumlaridan son yasalmaydi.D) A, B
9. Agar ot turkumiga oid so‘zning aniqlovchisi vazifasida sifat va son turkumiga oid so‘zlar kelsa, ular gap tarkibida qanday joylashadi?
C)faqat son so‘z turkumi keladi D) faqat sifat so‘z turkumi keladi
10. Kasr sonni toping.
A) Ikki hovli qo‘shib yuborilgan edi. B) ... qizarib-bo‘zarib, ketmondek oyning yarmi ko‘rinadi. C) ... to‘rt-beshtacha chakana havaskorlargina kelibdi. D) Novvoyxonadan ikkita issiq non olib chiqay.