1-maruza: son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik vazifasi. (2 soat)


- ilova .Mustaqil ishlarni tekshirish



Yüklə 410,61 Kb.
səhifə107/117
tarix07.11.2022
ölçüsü410,61 Kb.
#119097
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   117
ON. sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik va-fayllar.org

3- ilova .Mustaqil ishlarni tekshirish; Talabalarning uyda mustaqil tarzda turli badiiy asarlardan olib kelgan mavzuga oid gaplari tahlil qilinadi. Javoblarning to‘g‘riligi talabalar tomonidan kuzatilib, tegishli o‘rinlarda tuzatishlar kiritilib boriladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Fe’l mayllari deb nimaga aytiladi.
2. Xabar va buyruq –istak mayllarini tushuntiring gaplar tuzing.
3. Shart mayli ishtirokida gaplar tuzing
4. To‘liqsiz fe’llar ishtirokida gaplar tuzing.

MAVZU BO’YICHA TEST SAVOLLARI:
1.Harakat nomlari gapda qanday bo‘lak vazifasida keladi?
a) faqat kesim vazifasida V) faqat ega vazifasida S) ikkinchi darajali bo‘laklar vazifasida D) bosh bo‘laklar vazifasida Ye) bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar vazifasida.
2. Otlashgan sifatdosh qatnashgan gapni aniqlang.


A) Qochoqqa shafqat yo‘q, qo‘rqoqqa hurmat. V) To‘g‘riga zavol yo‘q. S) To‘g‘ri do‘stdan ayrilma. D) Kerilganning to‘yiga bor, maqtanganning uyiga.

E) Egilgan boshni qilich kesmas.

3 O‘tgan zamon sifatdoshi berilgan so‘zlar qatorini aniqlang.


A) qizil, pushti, oq V) bilimli, siniq, torgina S) gapirmoq, bormoq, aytmoq D) soqqan, kechikkan, qo‘rqqan Ye) qisqa, qalin, yupqa.

4 Majhul nisbatdagi o‘tgan zamon sifatdoshini toping.



A) bajarilayotgan, o‘qiydigan, kuylangan V) ko‘radigan, gaplashadigan, aytilgan S) topilgan, haydalgan, terilgan D) gapirtirgan, kiyintirgan, boqqan Ye) borishgan, tayyorlandi, kechikkan

5 Gapning qay birida ko‘rmoq so‘zi ko‘makchi fe’l tarzida qo‘llangan?


A) Mening ko‘zlarim yaxshi ko‘radi. V) Ularni uzoqdan ko‘rdim. S) Yaxshi ko‘rmoq ayb emas. D) Bu ishni ko‘rib chiqish kerak. Ye) Salima qizini ovutish maqsadida qo‘lga olib ko‘rdi.

6 Fe’l va fe’l bo‘lmagan so‘zlar bilan qo‘llanib, turli ma’nolar ifodalovchi, yordamchi vazifalarda qo‘llanuvchi fe’llar qanday nomlanadi?


A) mustaqil fe’llar V) ko‘makchi fe’llar S) to‘liqsiz fe’llar
D) harakat nomi Ye) ravishdosh.

7 SHaxs-son va zamon ko‘rsatmaydigan fe’l shakli ...


A) ravishdosh deyiladi. V) harakat nomi deyiladi. S) sifatdosh deyiladi.D) sof fe’l deyiladi.
E) bo‘lishli fe’l deyiladi.

8 To‘liqsiz fe’llar uchun umumiy bo‘lgan xususiyat qaysi javobda berilgan?


A) To‘liqsiz fe’llar mustaqil ma’noga ega emas. V) To‘liqsiz fe’llar otlar bilan ham, fe’llar bilan ham qo‘llana oladi. S) Ular bo‘lishsizlik, nisbat, zamon kabi ma’nolarga ega bo‘la oladi.


D) To‘liqsiz fe’l uyushiq kesimlar uchun umumiy bo‘lganda, oxirgi kesim tarkibida qo‘llanadi Ye) barchasi to‘g‘ri.

9 Fe’llarga qo‘shilib keladigan -qila, -moq, -(i)sh, -(u)v, -gan, -(a)r, -(i)b, -a, -y, -guncha, -gach, -gali kabi qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra turini aniqlang.


A) so‘z o‘zgartuvchilar V) so‘z shakli yasovchilar S) so‘z yasovchilar D) unumli qo‘shimchalar Ye) unumsiz qo‘shimchalar

10 U imtihonlardan muvaffaqiyat bilan o‘tgach, sevinchi ichiga sig‘may, uylariga qaytarkan. Mazkur gapdagi to‘liqsiz fe’lni toping.



A) To‘liqsiz fe’l ishtirok etmagan

V) o‘tgach S) sevinchi ichiga sig‘may

D) qaytarkan Ye) A va S.
Mashg‘ulotni yakunlash. O‘qituvchi mashg‘ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma’lum qiladi, ularni rag‘batlantiradi va to‘plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg‘ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o‘z mulohazalarini bayon qiladi.

Yüklə 410,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin