DASTURLASHTIRILGAN TOPSHIRIQ SAVOLLARI: 1. Xabar mayli, shart mayli, maqsad mayli va ularning ifodalanishi haqida nimalarni bilasiz?
2. Fe’lga oid qaysi qo‘shimchalar ham shaxs-son, ham mayl ifodaslaydi?
3. Qaysi mayllarning mahnolari o‘rtasida o‘xshashlik bor?
.4 Qanday fe’llarga to‘liqsiz fe’llar deyiladi?
5. To‘liqsiz fe’llarning xususiyatlari hamda vazifalari haqida gapiring
MAVZU BO’YICHA TEST SAVOLLARI:
1. Inson tirik ekan, hech qachon umidsizlanmasligi kerak! Ushbu gapda to‘liqsiz fe’l qaysi turkumga oid so‘z bilan birga qo‘llangan? A) ot B) ravish C) son D) sifat
2. To‘liqsiz fe’llar uchun xos bo‘lgan xususiyat qaysi javobda berilgan? A) To‘liqsiz fe’llar mustaqil ma’noga ega emas. B) To‘liqsiz fe’llar otlar bilan ham, fe’llar bilan ham qo‘llana oladi. C) A,B,C
D) To‘liqsiz fe’l uyushiq kesimlar uchun umumiy bo‘lganda, oxirgi kesim tarkibida qo‘llanadi
3. U imtihonlardan muvaffaqiyat bilan o‘tgach, sevinchi ichiga sig‘may, uylariga qaytarkan. Mazkur gapdagi to‘liqsiz fe’lni toping. A) To‘liqsiz fe’l ishtirok etmagan B) o‘tgach
C) sevinchi ichiga sig‘may D) qaytarkan
4. Qanday fe’llar to‘liqsiz fe’l hisoblanadi? A) shaxs-son va zamon qo‘shimchalarini qabul qilmaydigan fe’llar B) yakka holda ish-harakat ma’nosini bildirmaydigan fe’llar C) B, D D) boshqa so‘zlar bilan birgalikda qo‘llanadigan
fe’llar
5. Quyidagi vositalardan qaysi biri mustaqil so‘zlar orasidagi grammatik munosabatni ifodalashda qatnashadi? A) to‘liqsiz fe’llar B) yordamchi so‘zlar C) so‘z tartibi D) B, C
6. U devordan oshib tushdi. Ushbu gapdagi tushdi fe’li qanday fe’l hisoblanadi? A) mustaqil fe’l B) ko‘makchi fe’l C) qo‘shma fe’lning tarkibiy qismi D) oshib tushdi birgalikda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi.
7. –ma bo‘lishsizlik shakli qo‘shimchasi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalariga qanday qo‘shiladi? A) ko‘makchi fe’l tarkibida bo‘ladi B) yetakchi fe’l tarkibida bo‘ladi C) ba’zan yetakchi fe’lga, ba’zan ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi D) barchasi to‘g‘ri.