1-maruza: son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik vazifasi. (2 soat)


-ilova Mustaqil ishlarni tekshirish



Yüklə 410,61 Kb.
səhifə112/117
tarix07.11.2022
ölçüsü410,61 Kb.
#119097
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117
ON. sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik va-fayllar.org

3-ilova Mustaqil ishlarni tekshirish; Talabalarning uyda mustaqil tarzda turli badiiy asarlardan olib kelgan mavzuga oid gaplari tahlil qilinadi. Javoblarning to‘g‘riligi talabalar tomonidan kuzatilib, tegishli o‘rinlarda tuzatishlar kiritilib boriladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Ravish deb nimaga aytiladi?
2. Ravishning leksik va grammatik hususiyatlari haqida gapiring.
3. Ravishning ma’no guruhlarini ayting.
4. Holat ravishlari haqida gapiring, misollar keltiring.
5. Payt ravishlari haqida gapiring, misollar keltiring.
6. O‘rin ravishlari haqida gapiring, misollar keltiring.
7. Maqsad-sabab ravishlari haqida gapiring, misollar keltiring.
8. Daraja-miqdor ravishlari haqida gapiring, misollar keltiring.

MAVZU BO’YICHA TEST SAVOLLARI:

1 Rahim yugurib keldi-yu, birpas nari-beri shoshib ovqatlandi-da, shu ondayoq chiqib ketdi. Ushbu gapdagi yasama ravishlar qaysi qatorda berilgan?


A) yugurib, birpas, shoshib V) yugurib, shoshib, birpas, shu ondayoq S) shu ondayoq D) birpas, nari-beri, shu ondayoq Ye) birpas, shoshib, shu ondayoq.


2 CHang va tutundan mashina va odamlar zo‘rg‘a ko‘rinar edi. Ushbu gapda qo‘llangan ravishning turini aniqlang.
A) holat ravishi V) payt ravishi
S) daraja-miqdor ravishi D) sabab ravishi Ye) o‘rin ravishi.

3 Salimaning ko‘ngli joyiga tushdi va aybdorlarcha tabassum bilan yigitga qaradi. Ushbu gapda ravish qanday vazifada kelgan?
A) hol V) sifatlovchi-aniqlovchi S) ega D) qaratqich-aniqlovchi Ye) ravish ishtirok etmagan.


4 Qazisan, qartasan, axir naslingga tortasan! – - dedi kampir omborni qulflayotib (A.Qahhor) Ushbu gapdagi axir so‘zi qaysi so‘z turkumiga mansub?
A) yuklama V) ravish S) sifat
D) modal so‘z Ye) undov so‘z.

5 Dam o‘tmay, a’lochi o‘quvchilarni birin-ketin nom-banom chaqirishib, xonalarga taklif qilishdi. Bu gapda ravishning qaysi turi bor?


A) dam o‘tmay V) nom-banom, birin-ketin S) xonalarga, nom-banom, a’lochi D) dam o‘tmay, nom-banom, birin-ketin Ye) dam o‘tmay, xonalarga, a’lochi, nom-banom.

6 Kampir xiyla uzoqlashganda, Nurmatjon qichqirdi. Ushbu gapda ravishning qaysi turi mavjud?


A) payt ravishi V) o‘rin ravishi
S) daraja-miqdor ravishi D) holat ravishi Ye) ushbu gapda ravish qo‘llanmagan.

7 So‘zlarni faqat belgi anglatish xususiyatiga asoslanib, qaysi turkumga ajratish mumkin?


A) sifatga V) songa S) ravishga
D) sifat va ravishga Ye) sifat, son, ravishga

8 Quyida ko‘rsatilgan qaysi so‘z turkumlariga oid so‘zlar juft holda yoki takrorlanib qo‘llanishi mumkin? 1) olmosh; 2) son; 3) fe’l; 4) ravish; 5) undov so‘zlar; 6) taqlid so‘zlar


A) 2, 3, 4, 6 V) 2, 3, 4, 5, 6 S) 3, 6 D) 1, 2, 3, 4, 6 Ye) 1, 2, 3, 4, 5, 6.

9 O‘sha yillar qancha-qancha vatandoshlarimiz qatag‘on qilindi. Ushbu gapda qancha-qancha so‘zi qaysi so‘z turkumiga tegishli?


A) son V) sifat S) ravish
D) so‘roq olmoshi Ye) birgina so‘z turkumiga mansub emas, chunki u so‘z birikmasi hisoblanadi.

10 Ravish yasovchi qo‘shimchalarni toping.


A) -lar, -si, -aki, bad- V) -larcha,
-ona, -li, -chi S) -chi, -cha, -goh, -don
D) -cha, -larcha, -lab, -an, Ye) -an,
-cha, -ga, -g‘in.

Yüklə 410,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin