1-maruza: son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik vazifasi. (2 soat)



Yüklə 410,61 Kb.
səhifə20/117
tarix07.11.2022
ölçüsü410,61 Kb.
#119097
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   117
ON. sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik va-fayllar.org

1. Kishilik (shaxs) olmoshlari
Kishilik (shaxs) olmoshlari uchta shaxsni bildiradigan quyidagi olmoshlardir: men, sen, u, biz, siz, ular. Kishilik olmoshlari otlar kabi turlanadi. U kishilik olmoshiga jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilganda, bir n orttiriladi: unga, unda, undan. Qaratqich, tushum kelishigi va qarashlilik shakli qo‘shimchasi –niki qo‘shilganida esa, -n tushiriladi: men+ning=mening, sen+ni=seni, sen+niki=seniki.. Kishilik olmoshlari gapda ega (Men keldim), to‘ldiruvchi (Senga aytaman), qaratqich aniqlovchi (Uning ukasi kelibdi), ot- kesim (Mening do‘stim sensan) vazifalarini bajaradi.


2. O‘zlik olmoshlari


  • O‘zlik olmoshi narsa-buyumni aniqlab yoki ta’kidlab ko‘rsatish uchun ishlatiladigan o‘z so‘zidir. Bu olmosh narsa-buyumning shaxsga xosligini, tegishliligini yoki shaxsning tanholigini bildiradi: o‘z uyi, o‘z ukasi. O‘zlik olmoshi egalik qo‘shimchasini olib, kishilik olmoshlariga sinonim bo‘ladi: o‘zim - men, o‘zing - sen, o‘zi - u.



3.Ko‘rsatish olmoshlari


  • Ko‘rsatish olmoshlari narsa-buyumni, kimsani ko‘rsatish uchun ishlatiladigan olmoshlar: u, bu, shu, o‘sha, ana, mana, ana u yoki anovi, mana bu yoki manavi, ushbu.

Kishilik olmoshi u bilan ko‘rsatish olmoshi u ni gapdagi ma’nosiga qarab farqlash mumkin. Bunda u kishilik olmoshi kim? so‘rog‘iga (U keldi), ko‘rsatish olmoshi u esa qaysi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi (U kishi keldi). U, bu, shu, o‘sha olmoshlari jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklarida turlanganda yoki ularga -day, -dek, -aqa, -cha qo‘shimchalari qo‘shilganda, qo‘shimcha oldidan bir n tovushi orttiriladi: unga, bunga, shunday, o‘shanday, uncha, shunaqa, o‘shandek.


  • Ko‘rsatish olmoshlari gapda asosan aniqlovchi (Bu kitob ukamniki) va kesim (Men aytgan odam shu) vazifalarini bajaradi. Otlashsa, ega (SHu mening maqsadimdir), to‘ldiruvchi (Buni tushundim), qaratqich aniqlovchi (SHuning egasi sensan), hol (Bunda bulbul kitob o‘qiydi) bo‘lib ham kela oladi.


Ko‘rsatish olmoshlari gapda asosan aniqlovchi (Bu kitob ukamniki) va kesim (Men aytgan odam shu) vazifalarini bajaradi. Otlashsa, ega (SHu mening maqsadimdir), to‘ldiruvchi (Buni tushundim), qaratqich aniqlovchi (SHuning egasi sensan), hol (Bunda bulbul kitob o‘qiydi) bo‘lib ham kela oladi.



Yüklə 410,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin