4.So‘roq olmoshlari So‘roq olmoshlari biror narsa-buyum, belgi yoki miqdor haqidagi so‘roqni bildirgan olmoshlardir. So‘roq olmoshlarining nimaga nisbatan so‘roq bildirishini quyidagi jadvaldan bilsa bo‘ladi:
№
So‘roq turi
Olmoshlar
1.
Shaxsga so‘roq
Kim?
2.
Narsaga so‘roq
Nima?
3.
Belgi-xususiyatga so‘roq
Qanday? Qanaqa? Qaysi?
4.
Miqdorga so‘roq
Qancha? Necha? Nechta?
5.
Tartibga so‘roq
Nechanchi?
6.
Sabab-maqsadga so‘roq
Nega? Nimaga ?
7.
O‘rin-joyga so‘roq
Qayerda? Qayda? Qayoqqa?
8.
Paytga so‘roq
Qachon?
9.
Mavjudlikka so‘roq
Qani?
5.Belgilash olmoshlari
Belgilash olmoshlari predmet va shaxslarning yig‘indisini bildiradi yoki ularni ayirib ko‘rsatadi, shuning uchun ularni ikkiga bo‘lish mumkin:
1) jamlovchi belgilash olmoshlariga hamma, barcha, bari, jami, jamiyki, butun, yalpi so‘zlari kiradi. 2) ayiruvchi belgilash olmoshlariga har so‘zining o‘zi (Har qovunlarki...) va har kim, har nima, har bir, har qaysi kabi so‘zlar kiradi va bu olmoshlar to‘pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgilarni bildiradi. Har so‘zi ayrim yoziladi.
6. Bo‘lishsizlik olmoshlari
Bo‘lishsizlik olmoshlari inkor ma’nosini bildirgan olmoshlardir. Bular hech so‘zining o‘zi va shu so‘zning ba’zi so‘roq olmoshlari bilan birikishidan hosil qilinadi, hech so‘zi ayrim yoziladi. Bu olmoshlar egalik, kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi: U hech kimni ko‘rmadi. Hech kimim yo‘q. Hech so‘zi yakka holda qo‘llanganda, ko‘pincha fe’llar oldida kelib, ravish vazifasini bajaradi (lekin butunlay ravish turkumiga o‘tmaydi): U hech qiynalmadi.
7. Gumon olmoshlari
Gumon olmoshlari narsa, belgi yoki voqea haqidagi noaniq tasavvurni bildirib keladigan olmosh turidir. Ular alla- yordamida yoki -dir qo‘shimchasi bilan hosil qilinadi: allakim, allanima, allanarsa (narsadir emas), allaqaysi, allaqaer, allaqayoq, allanechuk, allaqancha, allanechanchi, kimdir, nimadir, qachondir, qandaydir, qaerdadir, qaergadir, negadir. Gumon olmoshlari so‘roq olmoshlariga bir, ham so‘zlarini qo‘shish orqali yasalishi ham mumkin: Uni kim ham chaqirayotgan edi-ya. Akasi unga bir nima deganday bo‘ldi.