O‘tgan zamon fе’llari - nutq paytidan oldin bajarilgan yoki bajarilmagan ish-harakatni bildiradigan fе’llardir: yozdi, kеldi, bordi.
O‘tgan zamon hikoya fе’llari - nutq so‘zlanib turgan vaqtdan oldin bajarilgan yoki bajarilmagan ish-harakatni hikoya qilish orqali ifodalaydigan fe’l shaklidir. Bu zamon shakli -(i)b qo‘shimchasini olgan
fе’llarni tuslash yordamida hosil qilinadi: kеlibman;
O‘tgan zamon davom fе’llari - nutq so‘zlanib turgan vaqtdan oldin bajarilishi yoki bajarilmasligi davom etayotgan ish-harakatni ifodalaydigan fe’l shaklidir. Bu zamon shakli -(a)r qo‘shimchasi va edi fе’lini tuslash yordamida yasaladi: kеlar eding.
O‘tgan zamon maqsad fе’llari - nutq so‘zlanib turgan vaqtdan oldin bajarilishi yoki bajarilmasligi maqsad qilib qo‘yilgan ish-harakatni ifodalaydigan fe’l shaklidir. Bu zamon shakli -moqchi qo‘shimchasi va edi fе’lini tuslash yordamida yasaladi: kеlmoqchi edik;
O‘tgan zamon sifatdoshi - -gan, -kan, -qan qo‘shimchalari bilan yasaladi: otgan, tikkan, chiqqan.
Uzoq o‘tgan zamon fе’llari - nutq so‘zlanib turgan vaqtdan ancha oldin bajarilgan yoki bajarilmagan ish-harakatni ifodalaydigan fe’l shaklidir. Bu zamon shakli -gan qo‘shimchasi va edi, ekan fе’llarini tuslash yordamida hosil qilinadi: kеlgan edim;
Yaqin o‘tgan zamon fе’llari – nutq so‘zlanib turgan vaqtdan sal oldin bajarilgan yoki bajarilmagan ish-harakatni ifodalaydigan fe’l shaklidir. Bu zamon shakli -di qo‘shimchasi va tuslanish yordamida hosil qilinadi: kеldi, bordim;
9-MA`RUZA. MAVZU: FE’LLARNING TUSLANISHI. (2 soat) 1-Ilova
Ma’ruza mashg‘uloti mavzulari 1 Fe’llarning shaxs-son shakllari
2 Fe’llarning tuslanishi.
3.Shaxs-son qo‘shimghalari fe’lninig qanday shakllariga qo‘shilishiga qarab guruhlarga bo‘linishi.