To‘liqsiz fе’llar - o‘zining lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, yordamchi so‘zlarga yaqinlashib qolgan fе’llar. Bularga edi, ekan, emish, emas so‘zlari kiradi (esa bog‘lovchilar guruhiga o‘tib kеtgan).
13-14-MA’RUZA. MAVZU: RAVISH. RAVISHNING GRAMMATIK MA’NOSI, MORFOLOGIK BELGILARI VA SITAKTIK VAZIFASI. RAVISHLARNING YASALISHI. RAVISHLARNING TUZILISH JIHATDAN TURLARI. (4 soat)
1-ilova
Ma’ruza mashg‘uloti mavzulari 1. Ravish so‘z turkumi haqida umumiy ma’lumot.
2. Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari.
3. Ravishlarning mahno jihatdan turlari.
2-ilova
Mashg‘ulot mavzusi:
Ravish, uning grammatik xususiyatlari, ma’no guruhlari.
Mashg‘ulot rejasi :
Ravish so‘z turkumi haqida umumiy ma’lumot
Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari
Ravishlarning ma’no jihatdan turlari
Ravishlarda daraja
Ravishlarning yasalishi
Ravishlarning otlashishi
Ravishlarning tuzilish jihatdan turlari
3-ilova
DASTURLASHTIRILGAN TOPSHIRIQ SAVOLLARI: Ravishning tahrifi va so‘roqlari haqida gapiring.
Ravishlar qanday so‘zlarga bog‘lanib keladi? Misollar keltiring.
Ravishning qanday turlari mavjud?
4-ilova
Ravish so‘z turkumi haqida umumiy ma’lumot
Ish-harakat va holatning belgisini bildirgan so‘zlar turkumi ravish deyiladi. Ravish qanday?, qachon?, qaerda?, qaerdan?, qaerga?, qancha?, nega?, qaydarajada? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi. Ravish ko‘pincha fe’lga bog‘lanib, ish-harakatning qay holatda bajarilishini, paytini, o‘rnini, daraja-miqdorini, sababini, maqsadini, bildiradi.
Uning yuzida bolalarcha samimiy kulgi zohir bo‘ldi.