1-maruza: son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik vazifasi. (2 soat)



Yüklə 410,61 Kb.
səhifə76/117
tarix07.11.2022
ölçüsü410,61 Kb.
#119097
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   117
ON. sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik va-fayllar.org

Mashg‘ulot Mavzusi:
Modal so‘zlar, ularning ma’no guruhlari.

Mashg‘ulot rejasi:


  1. Modal so‘zlar haqida ma’lumot


  2. Modal so‘zlar ma’no jihatidan turlari


  3. Fikrning noaniqligini ifodaslaydigan modal so‘zlar


  4. Modal so‘zlarning mustaqil so‘zlardan o‘sib chiqishi.


2-ilova

DASTURLASHTIRILGAN TOPSHIRIQ SAVOLLARI:
1. Modal so‘zlarning ta’rifini ayting.
2. Modal so‘zlarning ma’no jiіatidan turlarini ayting.
3. Ma’lum bir guruhga kirmagan modal so‘zlarni sanab ko‘rsating.
4. MustaQil so‘zlardan o‘sib chiqqan modal so‘zlar haqida gapiring.
5. Modal so‘zlar kelib chiqishiga ko‘ra yana qanday bo‘lishi mumkin?


3-ilova

Modal so‘zlar
  • So‘zlovchining o‘z fikriga bo‘lgan munosabatini bildira­digan so‘zlar modal so‘zlar deyiladi: Ehtimol, bugun yetib kelar.


Modal so‘zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi:


  • Fikrning aniqligini ifodaslaydigan modal so‘zlar:


1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat (arx.);


2) fikrning qat’iyligi ta’kid­lanadi: shubhasiz, shaksiz, so‘zsiz
3) ishonch: albatta
4) ang­latilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o‘z-o‘zidan,
5) fikrning chinligi eslatiladi: to‘g‘ri, xoynaxoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan.

2. Fikrning noaniqligini ifodaslaydigan modal so‘zlar:
1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, cho­g‘i;
2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki;
3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan;
4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay.
Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan.
Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan.
Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.
Achinish: afsus, attang, esiz.
Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.
Quvonch: xayriyat.
Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo‘q.

  • Bulardan tashqari: binobarin, zero, holbuki, vaholanki kabi modal so‘zlar ham mavjud.


  • Modal so‘zlarning ko‘pchiligi mustaqil so‘zlardan o‘sib chiqqandir.


1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat; 2) sifatdan: yaxshi(ki), to‘g‘ri, so‘zsiz, shubhasiz, tabiiy; 3) ravishdan: albatta; 4) fe’ldan: xoyna-xoy (tojikcha xohi-naxohi so‘zidan); 4) bog‘lovchidan: balki; 5) so‘z birikmasidan: har qalay, har hol­da; 6) gapning modal so‘zga aylanishi: holbuki (Hol buki); 7) so‘z tushirish natijasida hosil bo‘lgan: o‘z-o‘zidan (aniq so‘zi tushib qoladi).


Modal so‘zlar sof va vazifadosh modal so‘zlarga bo‘linadi. Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, xullas, masalan, umuman, taxminan so‘zlari sof modal so‘zlar hisoblansa, modal ma’noda ham qo‘llanadigan aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz kabi so‘zlar vazifadosh modal so‘zlar hisoblanadi.

  • Modal so‘zlar gap tarkibidagi so‘zlardan vergul bilan ajratiladi va ko‘pincha kirish so‘z vazifasini bajarib keladi.





Yüklə 410,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin