10. Otlashmagan undov so‘zlar qanday qo‘shimchalarni qabul qiladi?
A) so‘z yasovchi qo‘shimchalarni B) kelishik qo‘shimchalarni C) egalik qo‘shimchalarini D) ko‘plik qo‘shimchalarini
11. Bay-bay, qir bag‘ri shunday go‘zal bo‘libdiki! Mazkur gapdagi bay-bay so‘zi qanday so‘z hisoblanadi?
A) juft so‘z B) haydash-chaqirish undovi C) undov so‘z D) buyruq-xitob undovi
GLOSSARIY
Haydash-chaqirish undovlari - 1) odamlarga qaratilgan undovlar:
a) kishilarning diqqatini tortish uchun qo‘llanadigan: hеy, allo, ey; b) ta’kid, buyurish uchun qo‘llanadigan: ma, tss, jim, marsh; 2) hayvonlarga yoki boshqa jonivorlarga qaratilgan undovlar: a) hayvon va jonivorlarni chaqirish uchun qo‘llanadigan: kisht, beh-beh, mosh-mosh, tu-tu-tu, kuch-kuch, gah, chuh, qurеy-qurеy; b) hayvon va parrandalarni biror harakatdan to‘xtatish uchun qo‘llanadigan: ishsh, ho‘k, tak d) hayvon va parrandalarni biror ishni bajarishga undash uchun ishlatiladi: pisht, drr, xix, hov-hov, cho‘k, tеk, hayt, chu.
Ko‘rsatish-ta’kid undovlari – biror narsaning o‘rnini ko‘rsatish, biror voqeani eslatish, javob-ta’kid ma’nolarini ifodalaydigan quyidagi so‘zlardir: hu, huv, hovv; ha-ha-ha, xo‘sh, labbay.
Modal so‘zlar - so‘zlovchining o‘z fikriga bo‘lgan munosabatini bildiradigan so‘zlardir: Ehtimol, bugun yеtib kеlar. Modal so‘zlar fikrning aniqligi (darhaqiqat, shubhasiz, shaksiz, so‘zsiz, albatta), noaniqligi (shеkilli, chamasi, chog‘i, ehtimol, balki, aftidan), xulosa (xullas, dеmak, nihoyat, xullas kalom), afsuslanish (afsus, attang, esiz), zaruriyat (kеrak, zarur, lozim), mavjudlik va mavjud emaslik (bor, yo‘q) kabi ma’nolarni ifodalaydi.
Undov so‘zlar - his-hayajon, tuyg‘uni, haydash-chaqirishni bildiradigan so‘zlar: eh, uh, uf, voy, xix, drr, chuh. Bu so‘zlar mustaqil so‘zlarga ham, yordamchi so‘zlarga ham kirmaydigan ayrim so‘z turkumidir. Undovlar yakka holda, juft holda yoki takrorlanib qo‘llanishi mumkin: oh, voy, oh-voh, dod-voy, bay-bay, hay-hay. Juft va takrorlangan undovlar chiziqcha bilan yoziladi.
Dostları ilə paylaş: |