Matematika va kompyuter lingvistikasi. Tilshunoslikda statistik metoddan foydalanish
Matematika va kompyuter lingvistikasi. Tilshunoslikda statistik metoddan foydalanishReja: 1. Matematik lingvistika
2. Kompyuter lingvistikasi fanining mazmun-mohiyati
3. Lingvistik tahlil metodlari
Matematik lingvistika -1) tilshunoslikning tilni tadqiq etish va oʻrganishda matematik usullardan foydalanuvchi boʻlimi; 2) mat.ning tabiiy tillar bilan baʼzi bir jihatlardan oʻxshash boʻlgan mavhum strukturalarni oʻrganuvchi boʻlimi. Matematik lingvistika tilshunoslik boʻlimi sifatida tabiiy tillar hodisalarini va ularni tadqiq etish jarayonlarini mavhumiy-semiotik modellashtirish usulidan foydalanadi; matematik fan sifatida esa ana shu modellarning eng umumiy xossalarini tadqiq etadi va ularning tuzilish usullarini oʻrganadi. Har ikkala maʼnodagi Matematik lingvistika ayni bir tushunchaviy apparatdan foydalanadi, ular orasida shunchalik yaqin bogʻliqlik mavjudki, uni maʼlum shartlar bilan yagona semiotik fan sohasi deb hisoblash mumkin. . Matematik lingvistika 20-asrning 50-yillarida paydo boʻlgan. Uning asosiy tushunchalari — asos qilib olingan belgi-ishoralar (alifbo, lugʻat) toʻplami va maʼlum alifbo belgi-ishoralari (soʻz shakllar, iboralar toʻplami) izchilliklari (zanjirlari) toʻplami kabi tushunchalardir. Bu asosiy tushunchalar tilning har bir sathida qoʻllanadi. Oʻz maqsad-vazifasiga koʻra, Matematik lingvistika eng avvalo nazariy tilshunoslik vositasi hisoblanadi. Ayni paytda uning usul va yoʻllari amaliy lingvistik tadqiqotlarda — matnga avtomatik ishlov berishda, avtomatik tarjimada, inson va EHM oʻrtasidagi aloqa bilan bogʻliq tadqiqotlarda keng qoʻllanmoqdaMa’lumki, tilshunoslik fani XIX (1816 yilda) asrda mustaqil fan sifatida shakllandi. Shundan boshlab u turli aspektlarda, yo’nalishlarda rivojlanib kelmoqda. Keyingi yillarda barcha fanlardagi kabi tilshunoslikda ham ikki fanning „chorrahasida“ (kesishuvida) yuzaga kelgan fanlar jadal rivojlanmoqda. Jumladan, ana shunday fanlar sirasiga sotsiolingvistika (sotsiologiya va tilshunoslik),psixolingvistika (psixologiya va tilshunoslik), etnolingvistika (etnografiya va lingvistika), neyrolingvistika (nevrologiya va tilshunoslik), matematik lingvistika va kompyuter lingvistikasi fanlarini kiritish mumkin. Bunday holni boshqa fanlar doirasida ham kuzatish mumkin: bioximiya, astrofizika, matematik fizika, matematik logika kabi. Buni fanlar tizimida bir necha fanlarning o’zaro hamkorligi, integratsiyasi deb baholash lozim bo’ladi.