Lingvistik tahlil metodlari Tilshunoslik fanining o’rganish sohasi bo’lgan tilni har tomonlama tahlil qilish Fan taraqqiyotiga mos metodlarni taqozo etadi. Har bir sohani tahlil etuvchi har qanday metod quyidagi talablarga javob berishi lozim.1.Metod obyektiv bo’lmog’i kerak . Metodning qo’llanish vaqti va o’rnidan qat’iy nazar , natija bir xil bo’lishi lozim . Subyektiv yondashuvlar metod qiymatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi . 2 . Metod izchil bo’lishi , aniq tushunchalarga asoslanishi lozim .3 . Metod universal bo’lishi , ya’ni sohaning asosiy bo’limlanishi (kamida to’rtta) tahlil qila olishi kerak . 4 . Metod foydalanish mumkin bo’lgan darajada sodda bo’lishi lozim .Tilshunoslikda talab darajasida bo’lgan bir necha metod qo’llanadi . Bu metodlar xarakteriga ko’ra ikki xil :
umumiy metodlar
lingvistik tahlil
metodlari
Lingvistik tahlil metodlari tilshunoslikning o’zi uchungina xos bo’lib , shu fanga doir ilmiy xulosalar berishga xizmat qiladi. Hozirgi zamon tilshunosligida lingvistik tahlil uchun quyidagi metodlar qo’llanadi;
tarixiy – qiyosiy metod;gap bo’laklari metodi;
substitusiya (almashtirish) metodi;
distributiv metod;
ma’no ko’lamini tahlil qilish metodi.
statistik tahlil metodi;
tranformatsion metod;
tarkibiy qismlarga ajratish metodi;
STATISTIK METOD
Statistik tahlil tilning barcha qatlamlarida birdek qo'llanishi sababli universal uslub hisoblanadi. Bu uslub transformatsion tahlil kabi tushuntirish qobiliyatiga ega bo'lmasa-da, nutqda til elementlari va til hodisalarining ishlatilish darajasini aniq ko'rsatib beradi. Hozirgi zamon tilshunosligi til hodisalarini faqat sifat tomonidan emas, balki miqdor jihatidan ham chuqur o'rganishni taqozo etadi. Ma'lumki, miqdor o'zgarishi sifat o'zgarishi bilan uzviy bog'liqdir.Til va nutq hodisalarining ishlatilish darajasi bir xil emas. Til hodisalarining statistik xususiyati lug'aviy ma'lumotlarga asoslanadi. Tillardagi so'z turkumi miqdor jihatdan o'rganilganda otlar lug'at tarkibining 50-60 %, fe'l 20-25 %, qolgan so'z turkumlari taxminan 15-20 % ni tashkil etishi aniqlangan.
Nemis tilidagi otlarda jins kategoriyasi borligi ma'lum. Uchta jinsning bu tildagi nisbati quyidagicha:maskulin jinsdagi otlar - 38 %
feminin jinsdagi otlar - 45 %
neytral jinsdagi otlar - 17 %
Statistik usul
Bu usul asosan har xil katta-kichiklikdagi matnlarda ayrim-ayrim lisoniy hodisalsrning ( tovush, harf, bo`gin, so`z, olinma va o`zlashmalar, yangi va eskirayotgan so`z-u qo`shimchalar, har xil qurilmalar v. h. ) qo`llanilish miqdorini aniqlash uchun qo`llaniladi. Bu usul tadqiqotchini qiziqtirgan hodisa, uning xillarining ma`lum bir turdagi matnda ishlatilish miqdorini sanash va mutanosiblik (proporsiya) asosida qo`llanilish chastotasini aniqlashga xizmat qiladi. Uning natijalari til ta`limida lisoniy birliklarning berish tartibini va bosqichlarini belglashda, lug`at, qo`llanma va mashina tarjimasi dasturlarini tuzishda juda ham foydalidir.
Bu usul fahmiy-nominalistik-materialistik metodologiyaga tayanadi.
O`zbek tilshunosligida statistik tahlil usullari bilan jiddiy shug`llangan olimlar Ilya Kissen (adabiy nutqda faol so`zlar chfstotasi), Bahrom Bafoyev (Mir Alisher Navoiy asarlari leksikasi) va Sunnatilla Rizayevlardir (harf, tovush, so`zlar chastotasi). O`zbek tili tarixiy yodgorliklarining, ayrim adiblar asarlarining lisoniy xususiyatlari tavsifiga bag`ishlangan kopgina ishlarda statistik usuldan keng foydalaniladi.
Eksperimental (instrumental) fonetik
tahlil usuli
X1X asrning oxiri XX asr boshlarida shakllangan va fizikaning akustika, rentgenologiya bo`limlari inkishofi naijasida tovushning baland-pastligini, cho`ziq-qisqaligini o`lchaydigan ossilograf, ogiz bo`shlig`idagi nutq organlari harakatining aksini beradigan palatograf va rentgenograflarnng ixtirosi bilan uzviy bog`liqdir. Bu asboblar yordamida nutq tovushlari, urg`u va ohangning turli o`rinlarda tallaffuz xususiyatlari haqida aniq ma`lumotlar fizikaviy birliklarda olinadi. Bunday tadqiqotlar mohiyatan fizikaning akustika bo`limi tajriba-sinov uslublari asosida ish tutadi.
Bu usul fahmiy-nominalistik-materialistik metodologiyaga tayanadi.
Tilshunosligimizda instrumental fonetika bilan asosan Ahmadjon Mahmudov va Sora Otamirzayeva shug`llanish
. "
" "
Biz bu yerda tilshunosligimizda keng qo`llanilayotgan va qo`llanilgan ayrim tadqiq va tahlil usulini sanab o`tdik. Aytib o`tganimizdek, tilni turli jihatdan tadqiq etish usul va yo`li juda ko`p. Hozirgi kunda ikki yo`nalishdagi kompyuter lingvistikasida
1) kompyuter yordamida til ta`limi,
2) kompyuter vositasida matnlarni tadqiq qilish va mashina tarjimasi
yo`nalishlarida katta ishlar amalga oshirilmoqda, yangi-yangi tadqiq usul va vositalari ochilmoqda. Bular haqida ma`lumotni Internet tizimidan olasiz. Bu usullar bilan tanishish va ulardan foydalanish esa zamonaviy dasturlash tizimini chuqur bilishni talab etadi va biz - katta avlodning emas, S I Z - yosh avlodning oldida turgan vazifadir. Sizning bu yo`ldagi intilishingizga biz faylasuf akademik shoir G`afur G`ulomning payg`ambarona so`zlariga o`xshatma bilan:
Ustoz, men yangicha yondashar bo`lsam,
Boshqa usullarni ham kashf etar bo`lsam,
Yangi-yangi yo`llarni ochar bo`lsam,
Sen orqalarda qolib ne deysan?
- Yasha, - deyman, - o`glim!
deb javob beramiz. G`afur G`ulom bashoratlari haqiqatga aylanganidek, bu so`zlarning ham haqqoniyligiga iymonimiz komildir - bilim hosil qilish Kaliti
- M E T O D O L O G I Y A -
qo`lda bo`lsa, qulflar ochilaveradi, yangi-yangi usullar topilaveradi Fanning taraqqiyoti ham shunda!
Tayanch tushunchalar:
komparativizm, naturalizm, qiyosiy-tarixiy metod, yosh grammatiklar, individual psixologizm, analogiya, semiotik sistema, transformatsiya, sema, integral sema, differensial sema, komponent tahlil, chastota.
Mustahiamlash savol va topshiriqlari:
1.Nega ayni bir manba turli metodlar bilan tadqiq qilinishi zarur?
2.Nega bir manba haqida bir-biriga zid hukm bir-birini to`ldiradi?
3.Tilshunoslikda u yoki bu metodning keng ommalashishi nimalar bilan bog`liq?
4.Fanda nega tadqiq metodlari almashinib turadi?
5.Tilni tadqiq etish usullari o`zaro bog`langanmi yoki har bir metod o`zicha shakllanadi va rivojlanadimi?
6.15-ma`ruzada tavsivlangan tadqiq usullarining o`zaro aloqadorlik zanjirini tuzib, bir butunlik sifatida berish chizmasini tuzishga harakat qiling.
1 Qar. : Учеба в Германии. DAAD. 2001. B.112.
2 Философия. Наука. Методология. М.: Наука, 1980. Б.8.
3 Кедров Б. М. Единство диалектики, логики и теории познания. М.1963. Qiyos.: Koпнин П. В. Диалектика как логика и теория познания. М.: Наука, 1973.
4 РозентальМ. М. Принципы диалектической логики. М.: 1960. Диалектика и логика. Законы мышления. М.: 1962. Диалектика и логика. Формы мышления. М.: 1962.
5 Jumladan, B. Mengliyev. "Falsafa nechanchi o`rinda turadi?”//Ma`rifat. 2004.
6 Chunonchi, Radiy Fishning "Jaloliddin Rumiy"; Soldatze K. ning "Ibn Sino"; Oybekning "Navoiy"; P. Qodirovning "Bobur"; Б.Кузнецовning “Эйнштейн”,
Б. Кедровning "День великого открытия"; A. Гулыга ning “Гегель”;
В. Асмусning "Иммануил Кант" biografik-badiiy asarlari .
7 Chunonchi, Qori Niyoziy. “Hayot maktabi”; Эйнштейн. “Физика и реальность”; Галилей "Беседы".
8 Chunonchi, В. Библер. Мышление как творчество. – М.: Мысль, 1995;
Э. Ильенков. Диалектика абстрактного и конкретного в "Капитале".- М.: 1960; А.Р.Познер.Истины и парадоксы.М.ИПЛ.1977; А.С.Границкая.Научить думать и действовать.М.Просвещение.1981; Ж.Адамер. Исследование психологии процесса изобретения... М.Сов.радио.1970.
9 1-ma`ruzamizda bu masalani kursning uchinchi tarkibiy qismi sifatida berishimizning asosiy sababi shundaki, ilmiy tadqiq va uning jarayoni haqida ilk tushunchlar bakalavriat bosqichining "Ilmiy tadqiq asoslari" o`quv kursida beriladi .
10 Bunday holatda tilshunos boshqa fan tadqiqotchilaridan ancha qulay holatdadir. Zeroki, tilning qonuniyatlari (agar tilshunos shu tilda erkin so`zlasha va fikrlay olsa) uning ongida singgan, mujassamlashgan bo`ladi va u o`z til bilimlaridan va ko`nikmalaridan foydalana oladi.
11 Fanshunoslikda bu ijtimoiy buyurtma deb ataladi.
12 Said Ahmad. Yo`qotganlarim va topganlarim. -T. : Sharq . 1998. – B.56.
1313Yana qar. Umurov H. "Vaqt" ning tug'ilish jarayoni. "G'afur G'ulom va davrimiz". Qarshi.:Nasaf, 2003. – B.117-121.
14 Нормативные материалы по оформлению диссертации и автореферата. –Т., 2003. 28 стр.
15 *Bu bo'limlar ham xazinadagi axborot soni va turlarning mavjudligiga ko'ra 10-30 va, hatto, undan ko'p bo'limchalarga, INTERNET saytlari esa papka va faylllarga bo'linishi mumkin.
16 Omiy va johil uchun esa hamma narsa ayon, chunki u hech narsani bilmaydi, jumladan, o'zinig bilmasliginini ham. Tiliga ixtiyorsizligidan xayoliga kelgan bo'lg'ur-bo'lmag'ur fikrlarni hayiqmay bayon qilaveradi va el orasida e'tiborini yo'qotadi. Tasavvuf axloqi omiy va johilga to'g'ri gapni uqtirishga intilishni ham johillik alomati deb biladi va hamisha "Suxan ba ahli suxan boyad guft" (So'zni aytgil uqqanga) amali asosida ish ko'rishni tavsiya etadi. Shuning uchun hatto Mansuri Hallojning o'ldirilishini buyuk oriflar (jumladan, Xoja Abdullo Ansoriy Hiraviy) qattiq qoralamaganlar, zeroki u "analhaq" (Men haqman) shiorini Haq va Inson birligini tushungan oriflar davrasidagina emas, shariat ahkomlari, shariat talqinidagi Alloh (Xudo)ga iymon keltirgan, ma'rifiy Haqqi mutlaqdan mutlaqo bexabar omiy va johil dindorlar orasida ham targ'ib etavergan. So'zni bu so'zni uqolmaydiganlarga aytgan. Shu bois, shariat yuzasidan to'g'ri jazolangan, zeroki shariat uqishni emas, uning ahkomlariga ko'r-ko'rona bo'ysunishni talab etadi.
17
*Tilshunoslik va metodika masalalari. -Toshkent - Buxoro. 2002.B. 3-4.
18 Qisqartirib bularning to`rtalasini YaAHVO deb ataymiz va bu qisqartmadan, shuningdek, bu tushunchalarning dialektik yondoshi bo`lgan umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab tushunchalarini birgalikda ifodalovchi UMIS qisqartmasidan kelgusi ma`ruzalarda keng fodalanmiz. Agar falsafaning bu kategoriyalarining mohiyati sizga ravshan, uqilgan bo`lmasa, ma`ruza tinglashni (matnini o`qishni) to`xtating va vaqtingizni behuda sarflamang - mazkur falsafiy kategoriyalar mohiyatini uqmaguncha, bu ma`ruzalardan hech narsa ola olmaysiz.
19 Асмус В. Г. Иммануил Кант. – M.: Nauka 1983 B. 28-36.
20 Buni D. Mendeleyev jadvali misolida ko`rish mumkin. Undagi har bir hozircha bo`sh xona ma`lum bir xususiyatlarga ega bo`lgan kimiyoviy element bilan to`ldirilib borilmoqda va bunday kashfiyotlar yana yuz yil davom etishiga olimlar amindirlar. Tilshunoslikda ham bunday hodisalar juda ko`p.
21 Chunonchi,: 2. 1. 3. 1. 4. - Ikkinchi qism birinchi fasl uchinchi bob birinchi bo`limining to`rtinchi bandi. Qar.: Нормативные документы по. . . S. 13
22 Саидова М. Р. Сравнительно-типологическое исследование односоставных предложений в русском и узбекском языках. –АКД. Т.: ТашГУ, 1996. С.8.
23 Мирзаев M. Ызбек тилининг бухоро группа шевалари. – Т.: Фан,1968. Б.35.
24 Sayfullayeva R. R. Hozirgi o'zbek tilida qo'shma gaplarning formal-funktsional talqini. –T.: Fan, 1994. – B.39. (Kiril yozuvida)
25 Qаr-. : Словарь иностранных слов. М. Изд. СЭ. 1967. B. 403; Философический словарь. М. : Изд. ПЛ. 1968. B. 215.
26 Маrrchilarning tаlqinlaridаn bir misol: o`zbekcha qishloq, o`tloq so`zlaridagi -loq qo`shimchasi tаrixan yunоncha "joy, o`rin' ma`noli lok so`zi bilan аynаn emish. Bu "nаzаriya" hаqidа qаrаng: Усмонов С. Умумий тилшунослик.-Т.:Ы=итувчи,1972. Нурмонов А. Ызбек тилшунослиги тарихи. - Т.:Шар=, 2002.
27 Daniyalik tilshunоs Vigо Bro`ndal (1887-1942) shunday yozadi: ««эта новая лингвистическая концепция, которой мы обьязаны не только Соссюру, но и другим ученым, среди которых почетное место занимает Бодуэн де Куртене, обнаруживает значительное и очевидное преимущество» (В. А. Звегенцев B.A. История языкознания XIX –ХХ веков в очерках и извлечениях. – Ч.II. М. Просвещение.1965. B.97.
28 Звегенцев В. А. Указ. раб. Часть.1. - М. : Просвещение. 1964. B. 264-265.
29 Qar. : Abduazizov A. O`zbеk tilining fоnоlоgiyasi va mоrfоnоlоgiyasi. – T. : O`qituvchi, 1989.
30 sanad- sanat, bоb- bоp kabi juftliklardan bittasi (yoki ularning har ikkalasi) nоturkiydir.
31 Qar. . Ш. Шащобиддинова. Умумийлик ва хусусийлик диалектикаси щамда унинг ызбек тили морфологиясида акс этиши. ДДА, - Т. ТАИ. 2001
32 Qar.: +одиров З. Ызбек тили грамматик категорияларини систем тад=и= этиш. (Келишик категорияси). – НДА: Самар=анд.СамДУ.1993.
33 М. +урбонова. Щозирги замон ызбек тили. Содда гап синтаксиси учун материаллар.–Т.:Университет2002. M.Abuzalova/ Hozirgi o`zbek tili. Morfologiya. – Buxoro. 2003. Назарова С. Бирикмаларда сызларнинг эркин бо\ланиш омиллари. –НДА.Т. ТАИ. 1997.
34 Bu kundalik hayotda a l d a n i sh deb ataladi. Sarob, surat, tasvir, haykallarni haqiqiy deb bilish, o`xshash narsa-hodisalarni aralashtirsh kabilar shuning oqibatidir.
35Неъматов Щ., Бозоров О. Тил ва нут=.– Т.,1995. Ращматуллаев Ш. Тил =урилишининг асосий бирликлари. – Т.:Университет.2002. Неъматов Щ., Расулов Р. Ызбек тили систем лексикологияси. – Т. 1995. Б.7-36. Нурмонов А., Шащобиддинова Ш. в.б. Ызбек тилининг назарий грамматикаси. Морфология. –Т.2001.Б.6-28. Общее языкознания. Отв. ред. Б. А. Серебренников. Формы существования, функции, история языка. – М.: Наука. 1970
36Zvеginsеv V. A. Ko’rsatilgan asar. B. 265-266.
37 S. Ayniyning "Esdaliklar." asarii o`qisangiz, jaholat qay darajalarga yetganligini, islomiy mutlaq hokimiyat nimalaga olib kelganligini tushunib olishingiz mumkin
38 Bu va shu kabi murakkabliklar, ularni bartaraf etish chоralari 2003-yilning оktabrida Qo`qоnda o`tkazilgan ilmiy kоnfеrеnsiyada atrоflicha muhоkama etildi. Qar.: O`zbеk tili bo’yicha DTSlarni jоriy etish masalalari. Rеspublika ilmiy- amaliy kоnfеrеnsiyasi matеriallari. – Qo`qоn.: Qo`qonDPI. 2003.
39 Qar. : Асмус В. Ф. Иммануил Кант. – М.: Наука.1983. – Б. 42-52.
40 FB-fahmiy bilim, IB-idrоkiy bilim.
41 А. Журавлёв, Н. Павлик. Язык и компьютер. – М.:Просвещение,1989. – 160 б. .
42 Qar. : Мащмудов Н. Тил. – Т.: Ёзувчи, 1998. 40 б. Нурмонов А. , Шащобиддинова Ш в.б.Ызбек тилининг назарий грамматикаси. Морфология. – Т.: Янги аср авлоди, 2001. – 164 б. Мащмудов Н. , Нурмонов А. Ызбек тилининг назарий грамматикаси. – Т.: Ы=итувчи, 1995. –232 б. Неъматов Щ., Расулов Р. Ызбек тили систем лексикологияси асослари.– Т.:Ыкитувчи, 1995.– 128 б. Карцевский С. Об асимметрическом дуализме лингвистического знака. //Звегинцев В. А. Мазкур асар. 2-т. Б 85-90. Скаличка В. Асиметрический дуализм языковых единиц. //Пражеский лингвистический кружок. – М.: Прогресс, 1967.
43Tilimizda esa nutqning asоsiy shakli оgzaki. Undan tashqari yozma, imо-ishоra v. b. nutq shakllari mavjud.
44 Qar. : Зикриллаев Г. Назария - =уру= о\oч. Исти=лол ва она тили таълими. – Т.:Фан,2000. – Б. 15-26.
Qar. : Кузнецов Б. Г. Эйнштейн. – М.: Изд. АН, 1962. – Б. 468.
45.
46Sensualizim - sens - sezish, tuyish so`zidan, atomizm -atom - alohida zarra so`zidan, empirizm-empiria - tajriba so`zidan,realizm - real - haqiqiy,borliq so`zidan.
47 Qar. : Хайруллаев М., Ща=бердиев М. Манти=.– Т.: Ы=итувчи, 1993. – Б. 92-95.
48 ФА Ызбекистон филиалининг асарлари. Иккинчи серия. Филология. 2-китоб. Т.,1941.
49 Тил ва адабиёт институти асарлари. –1-китоб. Т.1949.
50 Ызбек тили грамматикаси. – 1-2 т. Т.: Фан. 1975-76.
51 Vaholanki, " Metafizika" dastlab Arastu asarining 'Fizika" bo`limidan keyingi boblarining nomidir. Arastuda nominalistik yondashish juda kuchli . Bu bo`limda amalda bo`lgan talqin usuli - mutlaqlashtirilgan nominlistik yondashishning salbiy bo`yoq bilan shunday - m e t a f i z i k a deb atalishiga shu asos bo`ldi.
52 Qar.: Qurbоnоva M. Hоzirgi zamоn o`zbеk tili. . . 8-14-bеtlar.
53 Diniy ahkomlarni,tushuncha va qoidalarni ki`r-ko`rona ijrosini qattiq nazorat qiluvchi, behad katta - cheklanmagan huquqlarga, josuslik tizimiga ega bo`lgan, shafqatsiz va so`zsiz ijro etiladigan hukm chiqaruvchi sud va jazo tashkilotlari majmuasi.
54 Hozirgi kunda r u h o n i y (idealistik) sozining MDH davlatlari fuqarolari ongidagi salbiy bo`yog`i bevosita shu bilan bog`liq.
55 Mustabit arabcha so`z bo`lib, sobit, barqaror, turg`n, qat`iy ma`nosiga ega. Muztabit ham arabcha so`zdir va zabt etuvchi, bostiruvchi, zo’rlik qiluvchi ma`nolariga ega.
56 Insoniyatning ko`z ilg`ar tarixi davomida hurfikrli - dinga vijdoniy erkinlik sifatida yondashadigan - kishilar ( jumladan, o`zimizda jadidlar) hech qachon ayeist (dinsiz, xudosiz) emas edilar - ular dinning mutlaq hukmronligi, teokratiya - dunyoviy ishlarni diniy huqtayi nazardan boshqarishga qarshi edilar .
57 Qar. : История лингвистических учений. Средневековый Восток. Отв. ред. А. В. Десницкая. –– Л.:Наука,1983. V.Axveliani va A.Kononov maqolalariga e`tibor bering.
58 "Chahоr kitоb".– Dushanbе: Adib, 1990. – B. 29
59 Kofiir so`zining asl ma`nosi yakka-yu yagona Haqqa, borliqni yaratgan g`yrimoddiy qudrat - xudoga ishonmaslik, ko`pxudoli (politeist) emakdir.Shu ma`noda uning ziddi,antonomi mu`min, iymonli, baiymon so`zlaridir. Islom dinidan boshq dinga sig`inuvchlarri kofir deb atash mutlaqo mumkin emas aslida,chunki ularning iymonlari bor.Bu so`zga ga`yridin na`nosining berilishi ham islomning mustabit va muztabitlashuvi natijasidir.
60 Qar. : Динаршаев М. "Машшоия". Энциклопедияи советии тожик.–– 4-жилд. Душанбе, 1983, Б . 816-817; Степанянц М. Т. Философское аспекты суфизма. –– М.:Наука, 1987. Б. 3-27.
61 Qar. : Амирова Т.А. и др .... Очерли по история лингвистили С.257-318
62 +ар. : Усмон Турар. Тасаввуф тарихи. –– Т.: Исти=лол, 1999. –– Б. 61-125
63
64 Вощидов Р. ва б. Сыз ба\ридаги маърифат. ––T.: Ёзувчи. 2001. Б. 82-91; Одинаев Я. К. Коран. Философское, этическое, эстетическое учение. –– Душанбе.: Маориф, 1991. –– Б. 115-118.
65 Qar. : : Конрад Н. И. Запад и Восток. Статьи. М. 1972.
66Qar. : Мельников Д. Черных А. Преступник №1. Нацистский режим и его фюрер. М. : АПНю 1982. 432-б. Нюрнбергский процесс над главными военными пресупниками. Тт. 1-7. М.: 1957-61.
.
67 Shuning uchun N. S. Gоrbachеv KPSS MKining 1985- yil aprеl Plеnumida siyosiy-iqtisоdiy qayta qurish g`oyasini ilgari surib, оg’izdagi dialеktikadan amaldagi dialеktikaga o`tish vazifasini qo`ygan edi.
68 Qar.: Усмонов C. Умумий тилшунослик. –– Т.,1972. –– Б. 109-114. .
69 Qar. : Поливанов Е. Д. Статьи по общему языкознаниe. ––М.: ИВЛ. 1968. Б. 22. Marrizm tanqidi haqida qar.: Против вульгаризации и извращения марксизма в языкознании.// Сборник статей. Под. ред. В. В. Виноградова, Б. А. Серебренникова. Часть 1. - М.: Изд. АН. 1951.432 б.; Часть 2. - М.: Изд. АН. 1952. 504 б.
70 Bu orada Rossiyadagi tartibsizliklardan qochib Pragada yig’ilgan Roman Yakobson, Nikolay Trubetskoy, Sergey Karsevskiy, kabi qator boduenchilarni chex tilshunosi Vilem Matezius butun dunyoga mashhur-u ma`ruf, zamonaviy struktural tilshinoslik mabdayi (o`chog`i) bo`lgan Praga lingvistik to`garagiga birlashtirib, Vatani tilshunosligi dovrug`ini jahonga yoydi. Hozirgi kunda istagan davlatdagi tilshunoslik bu to`gagak talqinlari ta`siridan chetda emas. Qar. Пражский лингвистический кружок. –– М.: Прогресс. 1967. 488 стр.
71 Qar. : Вопросы теории языка в современной зарубежной лингвистики. –– М.: Изд АН, 1961. ––254 б. .
72 Qar. : Совет даври ызбек адабий тилининг тарак==ёти. Уч томлик. 1-т. Морфология. –– Т.: Фан.1988. 232 б. 2-т. Синтаксис. Т.: Фан. 1989. 180 б. 3-т. Сыз ясалиши ва лексика. ––Т.: Фан,1991. 188 б.
73 Qar.: Н. Мащмудов, М. Миртожиев. Тил ва маданият. –– Т.:1992.
Менглиев Б. Лисоний тизим яхлитлиги ва унда сатщлараро муносабат. ДДА. –– Т. ТАИ. 2002. +урбонова М. Щозирги замон ызбек тили. –– Б. 3-8; Иванов С. Н. Родословное древо тюрок..... Б. 7-13.
74Узбекская ССР. –Т.: Глав. ред. Уз.СЭ. 1981. Б. 349.
75 Познер А. Р. Истины и парадоксы. – М.: ИПЛ. 1977. Библер В. С. От науковедения к логике культуры. Два философических введения в двадцать первый век. –М.:ИПЛ. 1991. Библер В. С. Мышление как творчество. Введение в логику мысленного диалога. – М.: ИПЛ. 1975. Qiyos.: "Наука - не только физилка, наука в целоьм - должна сейчас выдвгать "бкзумные", т.е. радикально отказываущиеся от традиционных взглядов и поэтому иесьма парадоксальные идеи." ( Кузнецов Б.Г. Эйнтшейи. - М. Изд.АН. 1962. С.7.).
76 В. Ивин. Введение в философию истории. – М. , 1999.
77 Qar.: Косериу Э. Синхрония, диахрония и история. «Новое в лингвистике». Вып. III. – М.: ИИЛ. 1963. Б. 198-232.
78 Qar.: Степанянц М. Т. Мазкур асар; Бертельс Е. Э. Суфизм ва суфийская литература. –М.: ИВЛ. 1953; Мухаммадходжаев А. Мировозрение Фаридуддина Аттора. – Душанбе,1974; Щазрат=улов М. Тасаввуф. –– Душанбе.: Маориф,1988; Комилов Н. Тасаввуф I китоб. – Т.: Ёзувчи, 996; II китоб – Т.: Ызбекистон, 1999.
79 Qar. : Диалектика теория познания. Об элементах диалектики. Под общей редакцией Б. М. Кедрова. – М.: Наука, 1965; Копнин П. В. Диалектика как логика и теория
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
Обсудить данную работу
Похожие:
Tabiiy geografiyada qo‘llaniladigan tadqiqot metodlari, ularni tasniflash. Geografik tadqiqot metodlarining rivojlanishi
Tabiiy geografik tadqiqot usullari (metodikasi) fanining maqsadi, vazifalari, O‘rganish predmeti
Fanidan laboraтoriya ishlari (Тexnika oliy o’quv yurtlarining ixtisosligi kimyogar bo’lmagan ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar uchun mo’ljallangan)
«Kimyo» fanidan tuzilgan ushbu laboratoriya ishlari birinchi bosqich talabalariga kimyodan laboratoriya ishlarini mustaqil bajarishlariga...
Документы
1. /N.M.Dolimova. R.Toshimov. Pedagogik psihologiyada psihologiyani uqitish metodikasi fanidan...
Документы
1. /Pedagogika fanlarini o'qitish metodikasi fanidan amaliy mashg'ulot dasturi.doc
Документы
1. /Pedagogika fanlarini o'qitish metodikasi fanidan amaliy mashg'ulot dasturi.doc
4 – sinf “Musiqa madaniyati” o’quv fanidan 1 – yarim yillik mavzu rejalari
Malaka ishi mavzusi: Geografiya o`quv fanidan amaliy mashg`ulotlar o`tkazish
Psixologiyada muammo, gipotеza, kontsеptsiya, nazariyalar. Psixologiyada tadqiqot mеtodlari tizimi. Tadqiqot mеtodlari klassifikatsiyasi
remarkalar mavjud bo’lib, yozuvchi tomonidan kitobхonga, asarni
sahnalashtiruvchi rejissyorga yoki aktyorlarga «yordam» ma’nosida kiritilgan
bo’ladi. Remarkada yozuvchining qahramonlar qiyofasi, hatti-harakati, yoshi,
voqea joyi hamda, nutq jarayoni haqidagi izohlar beriladi. Asosan dramatik
asarlar tiliga хos:
Chin sevish
Hind iхtilolchilari turmushidan oling’an
5 pardali ishqiy-hissiy fojiadir
Kimsalar:
Nuriddinхon – faylasuf tabiatli, 35 yashar o’qumish(li) bir yigit (Hindning
o’rtaholli kishilaridandir).
Ahmadхon – 25 yashar o’qumish(li) bir yigit (Nuriddinning inisi).
Sarvarхon – o’qumish(li) bir yigit (Nuriddinning o’rtog’i).
Zulayho – 16 yashar, o’qumish(li) bir qiz. (…)
Voqea Hindistonning Dehli shahrida
Birinchi parda
85
Erta bilan Uchmoх ko’runishli bir bog’cha. O’rtada bir uzun masoning
tegrasinda o’rinduqlar qo’yulg’an. Og’och taginda qo’yilg’on bir o’rindig’da
Zulayho qizil ipakli bir ko’ylak bilan o’tiribdir. Qo’linda kichkina bir bitik
(Fitrat).
O’tkir Hoshimov kichik hajmli «Bolalik – poshsholik» deb ataladigan
qatralarida ham remarka usulidan foydalanganligini ko’rish mumkin:
Yulduz.Uch yashar.
- Nima eysan, Yulduz, nokmi, shokoladmi?
- Nokolad!
Jahongir. Olti yashar.
-Ayajon. Nega dadajonning sochlari yo’q?
-Dadajoning ko’p o’ylaydilar-da, o’g’lim. Dadajon aqllilar!
-Bo’lmasa, nega sizning sochingiz ko’p?
-O’chir ovozingni, zumrasha!
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Badiiy matn deb nimaga aytiladi?
2. Matnning tarkiblanishi va gapning tarkiblanishi o’rtasidagi
umumiylik va хususiylik haqida ma’lumot bering.
3. Badiiy nutq uslubi deganda nimani tushunasiz?
4. Badiiy nutqning qanday ko’rinishlari bor?
5. Muallif nutqi va qahramonlar nutqi qaysi хususiyatlariga ko’ra
farqlanadi?
6. Dialogik va monologik nutq, ichki, tashqi va parallel nutq deganda
nimani tushunasiz?
7. Remarka va ularning matnni shakllantirish imkoniyatlari haqida
ma’lumot bering.
MATNNI LINGVOSTATISTIK USULLARDA O’RGANISH
Matnni o’rganishning yana bir usuli – lingvostatistik usul hisoblanadi.
Matnni tadqiq qilishda statistik metodlardan foydalanilar ekan, bunday
metodlar muayyan bir matnda so’z yoki ibora, bo’g’in yoki gap singari til
birliklarining qo’llanishida o’ziga хos qonuniyatlarni aniqlashga qaratiladi.
Til o’ziga хos sistemaga ega bo’lgan ijtimoiy hodisa bo’lganligi tufayli til
birliklari muayyan sistemada joylashgan bo’ladi. Ularni o’lchab, hisoblab,
ularning ma’lum bir matnda tarqalish darajasini, chegarasini aniqlash
mumkin. Og’zaki va yozma nutq jarayonida har bir til belgisi muayyan
qo’llanish chastotasiga ega.
www.ziyouz.com kutubxonasi
86
Nutq oqimida takrorlanuvchi til birliklarining bo’lishi til va nutq
muammolarini o’rganishda statistik vositalardan foydalanishga imkoniyat
yaratadi. Lingvostatistik tahlil imkoniyatlari til birliklarining qonuniyatlarini
kuzatish va shu kuzatish natijalarini qayta ishlash jarayonida aniqlanadi.
Bunda tabiiy fanlarning metodlaridan foydalaniladi. SHuning uchun
lingvostatistik metodlar tabiiy-ilmiy metodlar tarkibiga kiradi.
Til muammolari statistik jihatdan aхborot nazariyasi metodlari
yordamida ham o’rganiladi. R.G. Piotrovskiy “YOzma matnni informatsion
o’lchash” nomli asarida bu haqda quyidagilarni ta’kidlagan edi:” Til aloqa
vositasi bo’lgani uchun uning birliklari lingvostatistik metodlar yordamida
hamda informatsion usullar orqali baholanadi va o’lchanadi”.
1
Bunday
o’lchash va baholash quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Nutqiy muloqotga aloqa kanali sifatida qaraladi. SHu kanal orqali
harflar, tovushlar, morfemalar va b. til birliklari yordamida informatsiya
uzatiladi.
2. Lingvistik birliklar bu yerda ayrim kodlarning simvoli vazifasini
bajaradi.
Til va nutq hodisalarini o’rganishda statistik metodlardan foydalanish
tilshunoslik uchun yangilik emas, bu jarayon ikki asrlik tariхga ega. O’z
vaqtida mashhur rus matematigi V.Ya.Bunyakovskiy 1847 yilda
ehtimollar
nazariyasidan
grammatik
va
etimologik
tadqiqotlarda
foydalanishga tilshunoslarni da’vat etgan edi. P.B.Struvьening fikricha,
filologik tadqiqotlarda statistik metodlardan foydalanish tilshunoslarni
matn haqidagi aniq ma’lumotlar bilan qurollantiradi.
Rus
tilshunosligida
XX
asr
boshlarida
statistik
metod
yordamida tilning tovush tarkibini o’rganish ilk bor yo’lga
qo’yildi.
Masalan,
rus
tilshunoslari
V.Petrov
va
P.Aleksandrovlar 1911 yilda Qozon shahrida frantsuz va nemis
tillarining
tovush
sostavini
statistik
jihatdan
o’rganishga
bag’ishlangan maqolalarini e’lon qilgan edilar. Bu maqolalarda
har bir mingta tovush oqimida frantsuz va nemis tillaridagi
unli
hamda
undosh
tovushlarning
qo’llanilish darajasi aniqlab
chiqilgan edi. V .A.Bogoroditskiy, A.M.Peshkovskiy, A.Bulaхovskiy kabi
olimlar 20-30-yillarda, rus tilidagi ilmiy va badiiy matnlarda unli hamda
undosh
tovushlarning
qo’llanilish
darajasini
aniqlashga
oid
ishlarni
amalga
oshirdilar. Masalan, A.M.Peshkovskiy rus tili og’zaki matnida
qo’llangan unli va ayrim undosh tovushlarning ohangdorligini
I.I.Turgenevning
«Sadaqa»
hikoyasi
matnidagi
ohangdorlik
1
Piоtrоvskiy R.G. Infоrmatsiоnnоe izmerenie pechatnоgо teksta // Entrоpiya yazika
i statistika rechi. –Minsk, 1966. -S.5-86.
www.ziyouz.com kutubxonasi
87
bilan
qiyoslagan
edi.
Uning
ta’kidlashicha,
I.I.Turgenev
hikoyasi matnidagi ohangdorlik og’zaki matndan ancha yuqori.
Chunki hikoya matnida shovqinli undoshlarga nisbatan jarangli va
sonor undoshlar ancha ko’p qo’llangan. A gar V. Y a. Bu nyak ovsk iy
tils hun os likda s ta tis tik metodlardan foydalanish lozimligini ilk bor
ta’kidlagan bo’lsa, yana bir mashhur matematik olim A.A.Markov 1912
yilda birinchi bo’lib til materialiga statistik metodni sof matematik
nuqtai nazardan qo’lladi. U «Evgeniy Onegin» she’riy romani 1 - va 2-
boblarining har biridan o’n olti satrni hisoblab, ular miqdorini 20.000
harfga yetkazdi. Ana shu harflar zanjiri tarkibida qaysi undosh yoki unli
tovush yonma-yon kelish ehtimollik darajasini aiiqladi. Keyinchalik u ishlab
chiqqan metod Markov zanjiri deb yuritiladigan bo’ldi.
N.A.Morozov 1915 yilda badiiy asarning haqiqiy muallifi va
ko’chirmachi (plagiat)ni farqlash maqsadida matnni o’rganishning
statistik metodidan foydalandi. Bu ishni u «Lingvistik spektr» deb
nomlaydi. Muallif u yoki bu yozuvchi asarlari matnida yordamchi
so’zlarning qo’llanish chastotasini grafiklarda aks ettiradi, bu grafiklarni
o’zaro qiyoslab, har qanday matnning kimyoviy (morfologik) tarkibini,
uning haqiqiy muallifini aniqlash mumkin. Bu usulni N.A.Morozov
«stilemetrik etyud» deb nomlagan edi. Olim N.Karamzin, A.S.Pushkin,
N.Zagoskin, N.V.Gogol, L.N.Tolstoy, I.I.Turgenev asarlarining birinchi
1000 so’zi tarkibida yordamchi so’zlar miqdorini aniqlaydi. N.A.Morozov
tadqiqotlaridan shu narsa ma’lum bo’ladiki, yozuvchilarning asarlarida
(badiiy matnlarda) eng ko’p qo’llanadigan, chastotasi yuqori bo’lgan
yordamchi
so’zlar v, na, s predloglaridir.
1929 yilda Krasnodar shahrida V.Chistyakov va B.Kramorenkolarning
«Tilshunoslikda statistik metodni qo’llash tajribasidan» nomli asari 350
nusхa nashr etilgan edi. Bu sobiq Ittifoqda lingvostatistika bo’yicha
nashr etilgan dastlabki alohida risoladir. Asarda til materialini
lingvostatistik metodda o’rganish bo’yicha juda ko’plab grafiklar,
diagrammalar keltirilgan.
Linvostatistika bo’yicha tadqiqotlarning markazida chastotali
lug’atlar yaratish turadi. 1898 yilda Frants Keding nemis tilining
dastlabki chastotali lug’atini yaratgan edi. Buning uchun u 11
million so’zshaklning qo’llanishini tahlil qilib, shu asarda ularning
chastotasini belgilagan. 1951 yilda Pragada F.Malerj rus tilining
chastotali lug’atini nemis tilida nashr yettirdi. Bu asar gazeta va
jurnal materiallaridan tanlab olingan 100.000 so’zqo’llash
(slovoupotreblenie) asosida tayyorlangan.
Amerika olimi G.Yosselьson birinchi bo’lib EHM
yordamida rus tilining chastotali lug’atini tuzgan (1953). Olim
bir asrlik davrga tegishli proza, poeziya va drama,
www.ziyouz.com kutubxonasi
88
materiallarini bir хil miqdorda tanlab, хuddi shu
materiallarni litva, frantsuz, nemis va ingliz tillaridagi
tarjimalari bilan qiyosladi. SHu asosda rus tili grammatik
qurilishiga doir bir million so’zqo’llashda mustaqil va yordamchi
so’zlarning chastotalarini belgilab bertan edi.
O’tgan asrning 40-yillaridan boshlab lingvostatistik metodlar
yordamida eng qadimgi Hind-Yevropa tillari, ugor-fin tillari va Kavkaz
tillarining shakllanish davrini aniqlash bo’yicha ko’pgina ishlar amalga
oshirildi. Bunga tilshunoslikda glottoхronologik metod deb yuritiladi.
1905 yilda E.Arnold «Vedalarning vaznlari haqida» nomli asarini
eьlon qildi. Bunda olim qadimgi hind diniy qo’shiqlari «Rigveda»
shakllarining eng qadimgi ko’rinishlarini glottoхronologik metod
yordamida aniqlashga intildi. Tilshunos olim Gerхard Zolta nemis tilida
yaratilgan «Arman tilidagi qadimgi so’zlarning miqdori» nomli asarida
qadimgi arman tilida o’nta til (yunon, qadimgi hind - sanskrit, german,
boltiq, slavyan, lotin, irland, kelьt, alban, toхar)dan o’zlashgan so’zlar
mavjudligini glotgoхronologik metod yordamida aniqlagan edi.
Yana bir tilshunos G.Berejskiy esa mariy tilida qadimgi fin-ugor
bobo tilidan o’zlashgan 682ta bir o’zakli so’zlar mavjudligini shu
metod yordamida aniqlashga muvaffaq bo’lgan.
Rus
tilshunosligidagi
tillarga
o’qitish yo’nalishida lingvistik
statistikadan ham keng foydalanilgan. Ma’lumki, ona tilidan tashqari ikkinchi
bir tilni o’rganayotganda, avvalo, ushbu tilning lug’at boyligiga murojaat
qilinadi. Ammo har bir tilning lug’at boyligida ming-minglab turli so’zlar
mavjud bo’lib, ularning hammasini eslab qolish mumkin emasligi tabiiy. Shu
sababli o’rganilayotgan tilning dastlab eng asosiy hamda tez-tez qo’llanib
turadigan so’zlarinigina o’zlashtirishga kirishiladi va muntazam ravishda
bosqichma-bosqich so’z boyligi orttirib boriladi. Buning uchun esa
leksikostatistik manbalar-ma’lumotlar asosiy poydevor vazifasini o’taydi.
L.N.Zasorinaning
ta’kidlashicha,
leksikostatistikaning
markaziy
muammosi jonli (funktsional) tilning statistik qonuniyatlarini va matnning
statistik strukturasini aniqlashdir. Matnning statistik strukturasi deyilganda,
shartli ravishda, ma’lum matndagi turli so’zlar miqdori bilan shu matnda
uning qaytarilish-qaytalanish chastotasi orasidagi munosabat tushuniladi
3
.
SHunga ko’ra statistik ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash kabi murakkab
jarayondagi barcha ishlarni EHMga yuklash zaruriyati kelib chiqqan holda
kompyuter lingvistikasida statistik yo’nalish yuzaga keldi. U rus
tilshunosligida avtomatik tarzda tilga o’qitish yo’nalishi bilan hamohang
tarzda rivojlanib borgan .
Zasоrina L.N., Berkоv V.P. Ko’rsatilgan asar, 32-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
89
Kompyuterdan foydalanilgan holda ko’plab chastotali lug’atlar ham
yaratildi,
5
ular o’z navbatida mashina tarjimasi uchun zamin bo’ldi.
Matnni matematik usullarda tekshirish Qozog’istonda ham izchil
rivojlangan. Bunda prof.Q.B.Bektayevning хizmati katta deb aytish mumkin.
Olim ilmiy faoliyati davomida matematik va injener lingvistikasiga oid
o’nlab asarlarni yaratgan
.
Bu asarlarda til va nutq birliklarini EHM yordamida
tadqiq etishning har tomonlama muhimligi ta’kidlanib, ularda amaliy ishlar-
dastur va lug’atlar ham aksini topgan. Q.B.Bektayev rahbarligidagi
«Lingvostatistika va avtomatlashtirish» guruhining a’zolari M.Avezovning
«Abay yo’li» romani (4 kitob) tilining chastotali lug’ati so’zligini kompyuter
yordamida 50 soat davomida tuzib chiqqanlar. Mazkur chastotali lug’atda
20000 dan ziyodroq leksema va 60000 so’z shakli («glossema») mavjud
bo’lib, u 466 000 marta qo’llanilgan. Guruh a’zolari bu lug’atni tuzish uchun
atigi sakkiz oy vaqt sarflaganlar. Vaholanki, shu ish oddiy qo’l kuchi bilan
bajarilganda, mazkur guruh a’zolari tinimsiz 10 yil, bir tilchi esa kamida 100
yil ishlagan bo’lar edi. SHu tariqa ushbu ulkan ish qozoq tilshunosligida
kompyuter lingvistikasining rivojlanishiga asos bo’ldi.
O’zbek tilshunosligida matnni tekshirishda lingvostatistik metodlardan
foydalanish
Rus va o’zbek tillarining qiyosiy fonetikasi bo’yicha dastlabki statistik
tadqiqot V.M.Popovning “O’zbek va rus tillarini qiyosiy o’rganishda statistik
metodni qo’llash” nomli maqolasi (1949) sanaladi. Bu maqolada har ikki
tildagi tovushlarning nutkdagi o’rni, ishlatilishi, miqdori, yumshoqlik va
qattiqlik хususiyatlarini aniqlash bo’yicha olib borilgan tekshirishlarning
natijalari keltirilgan.
A.Pankratyeva 60-70-yillarda rus va o’zbek tillarida so’zlarning qo’llanish
chastotalarini M.Sholoхovnining «Tinch Don» epopeyasi misolida tahlil
etgan edi. Olimaning hisob-kitoblariga qaraganda, o’zbek tilida 187 ta
rang bildiruvchi so’z mavjud, rus tilida esa 147 ta rang ifodalovchi so’z
bor. Ana shu 147 rang bildiruvchi so’zlardan 45 tasi, ya’ni 33,0 % i
o’zbek tilida o’z ekvivalentiga ega emas.
Alekseyev P.M. Chastоtniy Slovar angliyskоgо pоdyazika elektrоniki. –L., 1965;
Vоlkоva N.О., Ginzburg R.S., Perebeynоs V.I. Chastоtniy Slovar sоchaemоsti sоvr.
angliyskоgо yazika. –M., 1972; Gasparоva E.M. Chastоtniy Slovar nemetskiх tekstоv pо
selskoхоzyaystvennоmu mashinоstrоeniYu. –StRAAT, 1971; Eshan L.I. CHastоtniy
Slovar angliyskоgо podyazika elektrоniki. –L., 1971; Zamanskiy A.A. CHastоtniy Slovar
angliyskiх tekstоv pо terapii. –StRAAT, 1981; Kоchetkоva V.K., Skremina L.I.
Chastоtniy Slovar fransuzskоgо podyazika elektrоniki. –L., 1982; Shteynоreldt E.A.
Chastоtniy Slovar russkоgо literaturnоgо yazika (2500 naibоlee upоtrebitelniх slоv).-
Tallin, 1963.
www.ziyouz.com kutubxonasi
90
Tilshunos olim B.Bafoyevning Alisher Navoiy asarlari
leksikasiga oid monografiyasining dastlabki bobi "Alisher Navoiy asarlari
leksikasini statistik o’rganish natijalari" deb nomlanadi. Ishning "So’z
boshi" qismida Alisher Navoiy asarlari tilini statistik jihatdan o’rganish
bo’yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar, e’lon qilingan lug’atlar, "Abushqa",
"Sangloh", "Badoeul - lug’at" singari bir qator qo’lyozma lug’atlardagi
izohlangan so’zlar miqdori haqida qisqacha ma’lumot berilgan. B.Bafoyev
Alisher
Navoiy
asarlari
tilida
forscha-tojikcha
va
arabcha so’zlar miqdori haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun
shoirning "G’aroyib us-sig’ar" devoniga kiritilgan bir g’azaldagi
100 ta so’zni olib, ularning 55 tasi o’zbekcha, 20 tasi arabcha, 19 tasi
forscha-tojikcha ekanligini qayd etadi hamda bu ma’lumotlarni ulug’
shoirga yaqin zamondosh bo’lgan Gadoiy, Atoiy, Lutfiy, Sakkokiy,
Husayniy
she’riyatidan
olingan
хuddi
shunday
miqdoriy
ko’rsatkichlar bilan qiyoslaydi va quyidagi haqqoniy хulosaga
keladi:
1)
barcha
ijodkorlar
ijodida,
arabcha,
forscha-tojikcha
so’zlar deyarli bir хil sonni tashkil qiladi; 2) Alisher Navoiy o’z
asarlarida arabcha, forscha-tojikcha so’zlarni, ko’p qo’llagandek
tuyulsa-da, bu ko’plik uning asarlarining hajmi bilan bog’liqdir.
1
Eng
muhimi,
bu
monografiyada
Alisher
Navoiyning
24
ta
asari
qo’lda, EHMsiz miqdoriy tahlil qilinib, ularda jami
26035 ta so’z qo’llangani haqidagi aniq statistik ma’lumotlar keltirilgan.
O’zbek tilshunosligida matnning lug’aviy tarkibini miqdoriy
jihatdan o’rganish sohasida V.V.Reshetov (1934), A.K.Borovkov
(1940), F.Abdullayev (1949), M.Mirzayev (1951), I.Rasulov (1951),
G.Muhammadjonova (1972), N.G’ulomova (1975) kabi olimlar amalga
oshirgan ishlar keyinchalik ayrim olimlar tomonidan tanqid qilindi.
Masalan, prof.E.Begmatov matn leksikasini tahlil qilishning
bunday
miqdoriy usullarini o’z mohiyatiga ko’ra noilmiy, nazariy jihatdan yetarli
asoslanmagan bir urinish, deb hisoblaydi. Prof.E.Begmatov o’zining bu
fikrini quyidagi dalillar bilan asoslashga intiladi: 1. Matnlarda ko’p bor
takror qo’llanuvchi so’zlar (masalan bog’lovchilar, atoqli otlar va b.)
miqdoran qanday hisoblangani bu ishlarda noaniq. 2. O’zlashma so’zlar
asosida o’zbek tilida yasalgan so’zlarning o’z qatlamga kiritilgani yoki
o’zlashma qatlamga kiritilgani ham noma’lum. 3. Olib borilgan
tahlillarda asosiy diqqat o’zlashma qatlamning miqdoriy nisbatini
aniqlash va baholashga qaratiladi, хolos.
2
1
Yo’ldоshev B. Matnni o’rganishning lingvоstatistik metоdlari. –Samarqand,
2008.-B. 26.
2
Yo’ldоshev B. Matnni o’rganishning lingvоstatistik metоdlari. –Samarqand,
2008.-B. 26.
www.ziyouz.com kutubxonasi
91
Shulardan kelib chiqib, E.Begmatov leksikaning miqdoriy nisbatini
belgilash uchun qo’llanilgan statistik usul tilshunoslik fani
manfaatlariga emas, balki ko’proq mafkuraviy, siyosiy manfaatlarga хizmat
qilib keldi, degan хulosani bayon etadi. Bu хulosada qisman jon bor,
chunki
totalitar
tuzum
davrida
liigvostatistiq
metod
natijalari
haqiqatdan
ham
ruscha-
baynalmilal
so’zlar
mikdorining
tilimizda
ko’payib
borayotganligini ta’kidlash uchun хizmat qilgan. Lekin shunga
asoslanib, lingvostatistik metodlardan foydalanishni cheklash mumkin
emas.
Keyingi yillarda mamlakatimizda lingvostatistik metod
yordamida bir qator leksikografik ishlar ham amalga oshirildi
Jumladan, bir guruh olimlar ''Hozirgi o’zbek tili faol
so’zlarining izohli lug’ati" ni yaratishda leksik birliklarni to’plash,
ularni kompyuter хotirasiga kiritish, muayyan maqsad ostida
ularga ishlov berishda kompyuter teхnologiyalaridan unumli
foydalandilar. Hozirgi o’zbek tili materiallarining ijtimoiy-
siyosiy matnlarda eng ko’p aks etishini inobatga olib "Yoshlik",
"Tafakkur", "Guliston", "Sharq yulduzi" kabi jurnallar hamda bir
qator gazetalarda qo’llangan barcha so’zlar maхsus dastur asosida 94
ta faylda sahifalab chiqildi. Bu fayllar ichidan ajratib olingan
so’zlar 8168 sahifani tashkil etdi. Har bir sahifada 200 tadan so’z
mavjud bo’lib, jami ishlatilgan so’zlar (turli grammatik shakllarda)
1633600 tani tashkil etdi. Kompyuter yordamida bu so’zlarning
qo’llanish chastotasi aniqlab chiqildi. Eng kamida 4 marta qo’llangan
lug’aviy birlikka nisbatan faol so’z deb qaraldi va bunday lug’aviy
birliklar lug’atga kiritish uchun tanlab olindi. Natijada bunday faol
so’zlar tilimizda 15000 tani tashkil qilishi aniqlandi, shu asosda
lug’atning so’zligi yaratildi hamda alifbo tartibi bilan muayyan
leksemalarga izohlar yozildi.
1
Sh.Egamova Alisher Navoiy asarlari tilidagi qadimgi turkiy
leksikaning lingvostatistik tahlilini amalga oshirdi. Olib borilgan bu
lingvostatistik tahlil natijasida Navoiy asarlari tilida tahminan 1400 ga
yaqin qadimgi turkiy va eski turkiy tilga taalluqli so’zlarning qo’llanishda
davom etganligi aniqlandi. Ot turkumiga oid leksemalar yuqorida
keltirilgan 1400 ta leksik birlikning deyarli 25,1 % ini, ya’ni 583 tasini
tashkil qiladi. Sifat kategoriyasiga oid 116 ta qadimgi turkiy leksema
Navoiy asarlarida qo’llanishda davom etgan. Qadimgi turkiy tildagi son
turkumiga oid so’zlarning 44 tasi Navoiy asarlarida ham qo’llangan.
1
Yo’ldоshev B. Matnni o’rganishning lingvоstatistik metоdlari. –Samarqand,
2008.-B. 28.
www.ziyouz.com kutubxonasi
92
Statistik tahlil Navoiy asarlari so’z boyligida 33 ta olmoshlar keng
qo’llanganligidan dalolat beradi. Navoiy asarlarida qo’llanishda davom
etgan leksemalarning 557 tasi (24,0 %)ni fe’l kategoriyasiga oid so’zlar
tashkil etadi, bu fe’llarning 183 tasi tub, qolgan 374 tasi esa yasama
ekanligi aniqlandi.
1
O’zbek tili materiallari bo’yicha statistik tadqiqotlar olib borgan yana
bir olimlar S.Rizayev va S.Muhamedovlardir. Mazkur olimlar ham asosan
kompyuter lingvistikasining statistik tahlil yo’nalishi bo’yicha ishlarni amalga
oshirishgan. S.Muhamedov o’zining R.R.Piotrovskiy bilan hammualliflikda
yozgan
«Injenernaya lingvistika i opыt sistemno-statisticheskogo
issledovaniya uzbekskiх tekstov» nomli kitobida lingvistik modellar,
modellashtirish va uning umumiy tamoyillari haqida fikr yuritib, o’zbekcha
matnlarning kvantitotiv modellarini keltiradi . Mualliflar, shuningdek,
mazkur asarda turk gazeta matnlarining leksik-morfologik mashina
tarjimasini ham berganlar (ishning oldingi sahifalarida qayd etilgan
A.Babanarovning tadqiqotlariga munosabat sifatida). Mazkur asarda sun’iy
intellekt yaratish va injener lingvistikasi metodlari bilan o’zbekcha nutqni
avtomatik qayta ishlash jarayonida foydalanish uchun zaururiy bo’lgan
o’zbekcha matnlarning leksik – morfologik tuzilishining statistik tahlili
natijalari keltirilgan. Albatta, bunday yirik, jiddiy ilmiy asarni yaratishda
S.Muhamedov bu sohadagi o’z izlanishlariga suyangan. Ya’ni uning
«Statisticheskiy analiz leksiko–morfologicheskoy strukturi uzbekskiх
gazetnix tekstov» (nomzodlik dissertatsiyasi) va «O’zbek tilining alfavitli–
chastotali lug’ati (gazeta tekstlari asosida)» asarlari yuqoridagi asarning
yozilishida manba bo’lib хizmat qilgan.
S.Rizayev «Kibernetika va tilshunoslik» asarida tilshunoslikda aniq
metodlarning qo’llanilishi va bunda EHMni qo’llash, til va nutq hodisalariga
statistik yondashishining sabablari hamda matnlarni avtomatik qayta ishlash
va mashina tarjimasi muammolari, shuningdek, harflar chastotasini
aniqlashda EHMdan foydalanishga doir ma’lumotlar bergan
5
.
S.Rizayevning
ko’plab boshqa ilmiy ishlari ham asosan kompyuter lingvistikasining statistik
tahlil yo’nalishiga oiddir
.
Shu jumladan, olimning nomzodlik dissertatsiyasi
ham o’zbek adabiy tilining grammatik va fonologik sistemasini statistik
tekshirishga bag’ishlangan. S.Rizayev 2008 yilda “O’zbek tilining statistik
tadqiqi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Doktorlik ishida
fonetik, morfologik va leksik sath birliklarini statistik tadqiq qilish metodlari
ko’rsatilgan.
1
Yo’ldоshev B. Matnni o’rganishning lingvоstatistik metоdlari. –Samarqand,
2008. -B. 29.
Qo‘shimcha material:
Sunnatulla Jumaqulov «Dulbarchin talqinlari» / «Zarafshon», 2011 yil 11yanvar’
-o‘z qadrini bilgan so‘z qardini biladi.
-qadimgi turkiy (urxun-enasoy) yozuvining istifodadan chiqib ketishi tarixi tarixiy zaruratga boғliqmi, uning yo‘qolib ketishiga nima sabab bo‘lgan?
-akad.Bartol’d: turk tili tabiatiga xos, ayniqsa, singarmonizm qonuniga moslashtirilgan bu yozuv, uning o‘rnini egallagan uyғur va arab yozuvlariga nisbatan ancha mukammal edi.
-bu yozuvni dastlab XVII asrda Evropa olimlari ko‘rishgan va «run yozuvi» - sirli yozuv deb atashgan.
-eramizning VI asrida Ettisuv va SHarqiy Turkistondagi turkiylarni birlashtirgan Istami hoqon Vizantiya imperatori Uostin II ga ana shu yozuvda xat yozgan. Demak, u davlat miqyosida qo‘llangan.
-ibn Arabshoh «Ajoyib ul-maqdur finavoyibi Taymur (Temur falokatlarida qismat o‘yinlari)» asarida «Xitoyda turklarning «dulbarjin» deb atalgan yozuvini ko‘rdim, harfi – qirq bitta», deb fikr bildirgan (ҒA.AR.Qadimgi turkiy til).
-Klosan J.: Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan bitiklarning ijrochilari Yuoik-tegin va boshqalar maxsus maktabda o‘qitilgan. Bu maktabning asosiy vazifasi saltanat idorasi uchun – oddiy yozuvdan farqli o‘laroq chiroyli va qulay alfavit yaratish edi.
-«dulbarchin» yozuvining topilishi ham antiqa. Bu haqda dastlab (1962) amsterdamlik olim N.Vidzen xabar bergan. 1772 yilda D.Megsershmidt buni kel’t yozuvi, P.Pallas uni enasoy dashtlaridagi ko‘chmanchi qadimiy got qabilalariniki, deydi.
-oradan bir asr o‘tgach, farang olimi J.Abel’-Remyuzi Xitoy yilnomasidagi bir jumlaga asoslanib, bu yozuvlar turkiylarga xos, u enasoy qirғizlariga aloqador, deydi. J.Abel’-Remyuzining to‘ғri taxmini XIX asr o‘rtalariga kelib tamoman rad etildi.
-rus xitoyshunos V.Vasil’ev munosaraga yakun yasadi. Sibir’ yozuvlarining turkiyligi ayon bo‘ldi. Muғulistondan topilgan yozuvlarni V.Tomsen o‘qidi va tarjima qildi.
- J.Abel’-Remyuzining fikri nima uchun inobatga olinmadi? CHunki arab yozuvining mavqei baland edi. Arab istilochilari M.Osiyoga o‘zlari bilan madaniyat, ilmu urfon emas, balki mo‘ғullar kabi dahshat, yonғin, ғorat olib keldi, kutubxonalarga o‘t qo‘yishdi. eng tubanligi toshga bitilgan yozuvlarni «begona yozuv» deb ularni muttasil yo‘qotib yuborishdi. Boburning arab yozuvini isloh qilish, uni turkiylashtirishga bo‘lgan orzulari sarobga aylandi.
-«dulbarchin» yozuvi sharqu ғarbda hamon o‘rganilmoqda.
14-ma`ruza: TILSHUNOSLIK NAZARIYALARI VA TILNI
ILMIY TADQIQ QILISH METODLARI
Reja:
Tilshunoslik nazariyalari uchun zarur tushunchalar. Sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, lingvokulturologiya, paralingvistika, etnolingvistika, antropololingvistika.
Tilshunoslik metodlari. Qiyosiy-tarixiy metod. Tarixiy metod. Qiyosiy metod. Tavsif qilish metodi. Distributiv metod. Transformatsiya metodi. Komponent tahlili metodi. Maydon metodi.
Hozirgi davr tilshunosligida ko‘pgina ilmiy taqlimot va nazariyalar hamda tillarni ilmiy tadqiq qilish metodlari va tillarni amaliy o‘rganish metodikalari mavjud. Ularni asta-sekin tilning har sathini o‘rganish jarayonida o‘rganiladi. SHu sababli tilshunoslik nazariyalariga doir eng zarar ma`lumotlarni keltirib, uning ilmiy tadqiq qilish metodlarini izohlab beramiz.
2.Tilshunoslik nazariyalari uchun zarur tushunchalar. Tilshunoslik nazariyalari uchun eng zarur tushunchalar tilning sistemasi va strakturasidir. Tilning sistemasi undagi barcha birliklar va bosqichlar (sathlar) o‘rtasidagi o‘zaro ichki boғlanishlar va munosabatlarning majmui sifatida izohlanadi.
Tilning strukturasi esa shu boғlanish va munosabatlarning qay tarzda ekanligini ifodalaydi. Ba`zan sistema va struktura tushunchalari farqlanmaydi. Aslida til sistemasi boshqa fanlar sistemasi kabi o‘z strakturasiga ega. Ko‘pincha "struktura" tushunchasini "tarkib" sifatida qaraladi. Lekin aslida tarkib tildagi bosqichlar, hodisa va jarayonlar tarkibi bilan chegaralanib qoladi. Struktura tushunchasi tarkibni ham qam-rab oladi va fonemalar, morfemalar, gap tarkibi kabilarni o‘z ichiga olib, ularning o‘rtasidagi boғlanishlarni va shu jumladan til bosqichlarining (sathlari) o‘zaro munosabatlari qanday tarzda tuzilganini izohlaydi. Sistema va struktura tushunchalari bir mavzuga - tilga qaratilgani birisiz ikkinchisi bo‘lmasligini ko‘rsatadi. SHu sababli til - sistemaviy – strukturaviy tuzilma sifatida qaraladi. Tilning har bir bosqichi (fonologiya, mor-fologiya, sintaksis, leksika, stilistika) ham o‘z sistemasiga, to‘ғriroғi "kichik sistema"siga ega.
SHu sababli til butun bir sistemalar sistemasi sifatida izohlanadi.
Tilshunoslikda ko‘p qo‘llanadigan yana bir tushuncha "ramziy belgi"dir. Tilshunoslikda strukturalizm oqimining poydevorini yaratgan shvetsariyalik buyuk olim Ferdinand de Sossyur: "Til - tushunchalarni ifodalovchi belgilar sistema-sidir" - deb taqrif bergan edi. CHunki tildagi tushunchalarni ifodalovchi belgilar undagi barcha birliklarni (fonema, mor-fema, so‘z, so‘z birikmasi, gap) qamrab oladi. Belgilar sistemasini va shu jumladan tildagi belgilarning umumiy va xususiy xususiyatlarini o‘rganuvchi fan - semiotika (grekcha semi - belgi, tika - fan) deb ataladi (Ba`zan uni "semiologiya" deyiladi). Tildagi belgilar o‘zining ikki jihati bilan ajralib turadi: a) eshitilish (oғzaki nutq) yoki ko‘rish mumkinligi (yozma nutq belgilari) va b) ma`no jihati. So‘z tilning markaziy birligi sifatida eshitilishi - akustik tomoni, yozuvda alohida belgilar - harfiar bilan yozilishi bilan ajralib turadi. Tildagi bu sunqiy belgilarni hayotimizdagi tabiiy belgilardan farqlash zarur.
Turli sohalarga tegishli shartli belgilar, xususan ko‘cha qoidalarini ifodalovchi belgilar, matematikadagi turli funksional va differensional hodisalarni ifodalovchi belgilar va h.k. Tilshunoslikda til belgilari sistemasi o‘ziga xos murakkabligi bilan izohlanadi. Tildagi belgilarni sodda va murakkab, erkin va ramziy, to‘ғri va yordamchi, tematik va notematik, statik (tinch) va dinamik (rivojlanishda), sharoitga boғliq va boғliq emas, ochiq va yopiq kabi turlarga bo‘linadi.
Ko‘rinadiki, til murakkab belgilar sistemasi hisoblanadi. Hozirgi davr tilshunosligida an`anaviy va struktural hamda bularning har ikkisidan foydalanib alohida tilshunoslik nazariyalari ishlab chiqilgan.
Struktural tilshunoslik oqimlari jahondagi turli mamlakatlarda o‘ziga xos ko‘rinishda mavjud. Ular qatorida Praga tilshunoslik taqlimoti (V.Matezius, N.S. Trabetskoy, V.Vaxek va boshqalar), Amerika Qo‘shma SHtatlaridagi deskriptiv (L.Blumfild, Z.Harris, G. Glison va boshqalar), tagmemika (K.Payk), stratifikatsion (S.M.Lamb), generativ tilshunoslik (N.CHomskiy, S.SHein, M.Xalle va boshqalar) oqimlari bor. Bulardan tashqari Fransiya, Germaniya, Angliya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda ham nom qozongan ilmiy tilshunoslik taqlimotlari bor. Bu tilshunoslik yo‘nalishlarini keyincha "Umumiy tilshunoslik" kursida o‘rganiladi.
Hozirgi davr tilshunosligidagi eng dolzarb yo‘nalishlar qatorida sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, lingvokulturologiya, paralingvistika, etnolingvistika, antropololingvistika kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Sotsiolingvistika. Til va jamiyat, til va tafakkur (ong) o‘rtasidagi boғlanish eng murakkab va doimo dolzarb hisoblanadi. Tilning jamiyatdagi xizmatini o‘rganish sohasi sotsiolingvistika (lotincha sotsio - jamiyat, tika - fan) deb ataladi. Sotsiolingvistika tilning jamiyatdagi o‘rni va xizmati, uning jamiyatning turli tabaqalari va kasb egalari tomonidan qo‘llanishidagi xususiyatlarni irmly tadqiq qiladi. Sotsiolingvistika tillarning jamiyatda qo‘llanishiga ko‘ra rasmiy, davlat, elat, qabila tillarini farqlaydi. Odatda umummilliy tillar davlat va rasmiy tillar sifatida qabul qilinadi.
Ba`zi davlatlarda ikki, uch va undan ortiq tillar rasmiy til deb eqlon qilingan. Hindistonda tillar ko‘pligi tufayli 14 ta til rasmiy deb eqlon qilingan va ikkinchi rasmiy til sifatida ingliz till qabul qilingan.
O‘zbekistonda o‘zbek tili davlat tili maqomiga ega va bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida ko‘rsatib qo‘yilgan.
Kognitiv tilshunoslik (inglizcha cognize - bilmoq, anglamoq, tushunmoq) falsafadagi bilish nazariyasi bilan cheklanmay, balki tilni tafakkur (ong) bilan boғlab, uning hosil bo‘lishidagi psixologik, biologik va neyrofiziologik jihatlarning ijtimoiy, madaniy, lisoniy hodisalar bilan uzviy aloqasini chuqur ilmiy tadqiq etadi. Kognitiv tilshunoslik psixologiyadagi tushuncha va kontsept birliklari bilan ish ko‘radi. Kontsept tushunchasi asosida ma`no va obraz yotadi va ular bilim ummumlashmasi sifatida "kvant" deb ataladi. Kontsept - ong - belgi o‘rtasidagi boғlanish miya faoliyati orqali boshqariladi.
Masalan, yaxshilik kontsepti barcha yaxshi narsa, belgi, xislat, odat va boshqalarni ifodalab, o‘z "tushunchalar maydoni"ni tashkil etsa, "yomonlik" kontsepti buning aksini ifodalaydi.
Psixolingvistika - psixologiya va tilshunoslik o‘rtasidagi boғlanishlar asosida hosil bo‘lgan sohadir. "Psixolingvistika" termini 1946-yilda birinchi marta AQSHda N.Pronko tomonidan uning maqolasida qo‘llangan va keyincha 1953-yilda Indiana Universitetida o‘tkazilgan ilmiy anjumanda keng qo‘llangan. Hozirgi davrda psixolingvistika sohasida jahonning turli mamlakatlarida qo‘llanilayotgan nazariya va metodlar mavjud.
Psixolingvistika nutqning hosil bo‘lish va eshitib his etish jihatlanni nutq faoliyatining jamiyat va shaxsning rivojlanishi bilan boғliq ravishda murakkab sistema va straktura sifatida ilmiy tadqiq etadi. Psixolingvistikaning asosiy o‘rganish mavzusi nutqning hosil bo‘lishi, uning ongli eshitib his qilinishi va bolalar nutqining shakllanishidir [Belyanin V.P. Psixolingvistika. M.: Flinta, 2003, s. 11].
Psixolingvistikaning xorijda-gi taqlimotiga ko‘ra boshqacha taqrif ham mavjud. "Psixolingvistika til va nutqning inson ongidagi tabiati va strukturasiga ko‘ra ko‘zgusi" deb ta]rif beradi T.Skove [Scovel T. Psyholinguistics. Oxford Univ. Press, 1998, p.4]. Psixolingvistika so‘zlovchi va eshituvchining psixologiyasi, uning sharoitga boғliqligi oddiy va ehtirosga berilgan holati, matnning struk-turasi bilan munosibati, turli nutq buzilishi bilan boғliq kasalliklar (afaziya)ni ilmiy o‘rganadi.
Lingvokulturologiya - til va madaniyat, o‘zaro madaniy aloqa masalalarini ilmiy tadqiq etadi, chunki: "Til madaniyat bilan juda zich boғlangan, u madaniyatga etib boradi, unda rivojlanadi va uni ifodalaydi" [Maslova V.A. Lingvokul’turologiya. 2-izdanie. M.: Akademiya, 2004, s. 9]3. Bu soha faqat madaniyat bilan emas, balki u orqali turli milliy urf-odatlar, diniy hodisalar, mil-liy kontseptlar, dunyoning til orqali ongli his qilish vositalarini o‘rganadi. Dunyoning til xaritasi umuman ularning insonlar ongidagi mantiqiy ifodasi bilan mos keladi. Bu masalani keng va chuqur ilmiy o‘rganish lingvokulturologiya va lingvokog-nitologiya bilan boғliqdir.
Etnolingvistika - tilshunoslik, etnografiya va sotsiologiya bilan boғliq bo‘lib, tilning etnos (xalqning kelib chiqishi) bilan aloqasi va uning jamiyatdagi o‘rnini o‘rganadi. etnolingvistikada til vositalari va kategoriyalarining etnik va ijtimoiy jarayonlarni o‘rganishda qo‘llanishi o‘rganiladi. Bu soha: - xalq va elatlarning kelib chiqishi (etnogenez va etnik tarix); - xalqlarning moddiy va madaniy tarixini (narsalar, odatlar, tushunchalar, belgilar, ramzlar va h.k.); - xalq tafakkuri tarixining shakllanishi; - til siyosati; - tilning tarqalish jarayoni va boshqalarni o‘rganadi [Gerd A.S. Vvedenie v etnolingvistiku. Izd. Sankt-Peterburgskogo Universiteta. 2005, s. 7].
Antropolingvistika - yozuviga ega bo‘lmagan tillarni o‘rganish sohasidir. SHu bilan birga u etnolingvistika va sotsiolingvistika bilan boғliq bo‘lib, tilning inson madaniyati va ishonchiga doir andozalar (modellar) yordamida o‘rganadi.
Antropolingvistika nutq jamoasini ijtimoiy, diniy, hududiy va qarindoshlik guruhlari sifatida farqlashda lisoniy xususiyatlarning o‘zgarishlarini o‘rganadi. Bunda turli ijtimoliy sharoit, kundalik muloqot, urf-odat, nutq madaniyati va savod kabilar eqtiborga olinadi.
Paralingvislika - (grekcha para - atrof, lingvistika - fan, ya`ni "lingvistika tevaragidagi fan" ma`nosini anglatadi) tilni boshqarib borishda qo‘llanuvchi vositalarni o‘rganadi. U uchga bo‘linadi: 1) Kinesika, ya`ni imo-ishora, mimika, inson organizmidagi biror muravatni qimirlatish vositasida biror tushunchani ifodalash; 2) Fonatsiya - inson ovozidagi o‘zgarishlar, masalan, bo‘ғizni qisish, "oh", "uh", "voh" kabi turli ehtiroslarni ovoz yordamida ifodalash;
3) Paragrafemika - yozuvda shaxsiy belgilar yordamida turli tushunchalarni bildirish. Paralingvistik vositalar turli tillarda so‘zlashuvchi xalqlar tomonidan har xil ifodalanadi. Oғzaki va yozma nutqda ifodalanadigan turli paralingvistik vositalar doim bir-biriga to‘ғri kelmaydi. Masalan, qosh va ko‘zning vositasida ifodalanadigan tushunchalar tildagi so‘zlar va gaplardan ko‘ra kuchliroq mazmunni bera olishi mumkin. Paralingvistik vositalar milliy, shaxsiy, diniy, psixologik, etnik, urf-odat va madaniyat bilan boғliq.
2. Tilshunoslik metodlari. Tilshunoslikda metodologiya, metod va metodika tu-shuncha va terminlari farqlanadi. Metodologiya - (grekcha methodos - bilish yo‘llari, ilmi) qanday nazariya va prinsiplar asosida ilmiy tadqiq qilish poydevorini yaratishdir.
Metod - har bir fan uchun xususiy va barcha fanlar uchun umumiy bo‘lgan (masalan, qiyoslash metodi), manbaqlarni to‘plash va tasnif qilish, ulardagi eng asosiy xususiyatlarni o‘rganish uchun tildagi barcha birliklar, sathlar va rivojlanish jarayonlarini, o‘zgarishlarni bilish va aniqlash uchun qo‘l7 lanadigan uslub va yo‘llar majmuidir. Metodika - ilmiy metod natijasida aniqlanganlarni amalda tadbiq etishdir. SHu mazmunda xorijiy tillarga o‘rgatish ham o‘z metodikasiga ega. Ularni interaktiv metodika, tarjima vositasida tilga o‘rgatish metodikasi va hakozalar deb ataladi.
Endi tilning turli bosqichlarini o‘rganishda qo‘llanadigan metodlarni izohlab chiqamiz.
Qiyosiy-tarixiy metod - XIX asr boshida taklif etilgan bu metodning vazifasi qarindosh bo‘lgan tillardagi qonuniyatlarni aniqlashdan iborat. Bu metod yordamida eng qadimiy qarindosh tillardagi so‘zlar va ularning shakllarini tiklash uchun harakat qilingan (Tillarning geneologik tasnifiga qarang). Masalan, "ikki" so‘zi lotincha duo, grekcha duo, uels tilida dau, inglizcha tvo, islandcha tveir, datcha tvee shaklida bo‘ladi.
Tarixiy metodni ko‘pincha qiyosiy tarixiy metoddan farqlaydilar. Bizningcha bu ikki metodni birlashtirish mumkin. CHunki tarixiy metod ham timing har bir sathidagi o‘zgarish-larni o‘rganadi. Bu ayniqsa so‘zlar va ularning shakllarini ichki tiklashda ko‘rinadi. Tarixiy tilshunoslikda ichki tiklash metodi yordamida so‘z va ularning shakllaridagi fonetik va semantik o‘xshashliklari aniqlanadi va ular bir o‘zakdan paydo bo‘lganli-gi taxmin qilinadi.
Tavsif qilish metodi tildagi turli hodisa va ma`lumotlarni, uning sathi va birliklarini izohlab beradi. Bu metod yordamida turli tillarning fonetika va stilistikasi sharhlab beriladi.
Qiyosiy metod - tillarning qarindoshligini hisobga olmay, ulardagi o‘xshashlik (uni "izomorfizm" deyiladi) va farqlanish-larni (uni "allomorfizm" deyiladi) aniqlaydi. Bu metodning asosiy vazifasi ikki va undan ortiq tillarning sistema va strukturasini turli til bosqichlari bo‘yicha qiyoslashdir. Ba`zan bu metodni qiyosiy-tipologik, choғishtirma, kontrastiv, konfronta-tiv nomlari bilan ataydilar. Aslida qiyosiy metod tillarni tipologik o‘rganish metodining bir qismi hisoblanadi. Tillar tipologiyasi o‘nlab va yuzlab tillarni qiyoslaydi, qiyosiy-tipologik metod ikki yoki uch tilni qiyoslash bilan chegaralanadi.
Qiyosiy tilshunoslik tillarni tipologik o‘rganishdan farqlanib, bir yo‘la nazariy va amahy (lingvodidaktik) vazifalarni qamrab oladi [YUsupov U.K. Teoreticheskie osnovғ sopostavitel’noy lingvistiki. Tashkent, Fan, 2007, s. 13]. Tillarni qiyoslashda ulardagi kichik sistemada qanday o‘xshashlik va farqlar borligini tashqi jihatdan (unli va undoshlar soni, kelishiklar soni kabi) farqlarini topib, so‘ngra ulardagi ichki o‘xshash va farqli belgilar aniqlanadi. Odatda ikki tilni qiyoslashni mantiqiy jihatdan binar qiyoslasb deb ham yuritila-di. Tillarni qiyoslashda yaxshiroq o‘rganilgan tilni etalon (andoza) qilib olib, unga to‘ғri keluvchi xususiyatlarni ikkinchi tilda topib tahlil qilinadi. Ba`zan esa biror tipologik belgini qiyoslanayotgan tillarda aniqlashga harakat qilinadi [Arakin V.D. Sravnitel’naya tipologiya angliyskogo i russkogo yazғkov. L.: 1979, s.]. Qiyoslash metodi nazariy va amaliy jihatdan juda foydali bo‘lib, u xorijiy tillarni o‘rganishning lisoniy asoslarini yaratishda katta ahami-yatga ega.
Oppozitsiya - qarama-qarshi qo‘yish, zidlov metodi tildagi birliklarning paradigmatik tasnifi uchun qo‘llaniladi. Tildagi barcha birliklar bir-birlariga qarama-qarshi bo‘lib, o‘zaro so‘z, morfema, so‘z birliklari, turli grammatik konstruktsiyalarni va gaplarni farqlaydi. Oppozitsiya metodi yordamida tildagi birliklar o‘rtasidagi turli qarama-qarshiliklarning umumiy turlarini aniqlash mumkin (bir o‘lchovli - a: b; ko‘p o‘lchovli- a: b:c:d: kabi). Bu zidlovlarning a`zolari o‘rtasidagi munosa-batlarni proportsional va vakkalangan. privativ (+, - belgisi bo‘yicha), poғonali (gradual) (masalan, |i-a|o‘rtada |e|ni "sakrab" o‘tiladi, yoki qaratqich kelishigi bilan chiqish kelishi-gi oppozitsiyasi o‘rtasidagi boshqa kelishiklarni tushirib qoldirishga asoslangan), teng huquqli (ekvipolent) oppozitsiya (masalan, jp-t||t-k|bir hil belgili: portlovchi, jarangsiz) sifatida qaraladi [Bu oppozitsiyalar lisoniy va mantiqiy jihatdan asoslangan. Qarang: Trubehkoy N. S. Osnovi fonologii. M.: I960, s. 31-84.].
Distributiv metodi (inglizcha distributsiya - taqsimot) yordamida tildagi birlik va elementlarning qo‘llanish o‘rinlari va holati tushuniladi. Tildagi biror unli tovushning distributsiyasi uning so‘zning boshi, o‘rtasi va oxirida, urғuli yoki urғusiz holatda, ochiq yoki yopiq bo‘ғinda bo‘lishini ko‘rsatadi. Biror elementning umumiy distributsiyasi deganda, uning barcha qo‘llanish holatlari va boshqa elnmentlar bilan birikib kelishi tushuniladi.
Odatda to‘rt turli distributsiya farqlanadi:
1. Ikki elementdan biri uchragan o‘rinda ikkinchisi uchramasa, ular bir-birlariga nisbatan to‘ldiruvchi distributsiyada bo‘ladi. Masalan, |p,t,k| undosh tovushlari unlilardan oldin, ikki unli o‘rtasida so‘z oxirida kelganda, aspiratsiyali, boshqa o‘riniarda, undoshlar biian yonma-yon kelsa, aspira-tsiyasiz tovushlar hisoblanadi. Demak, aspiratsiyali |ph,th,kh| tovushlar uchragan o‘rinda aspiratsiyasiz |p,t,k| tovushlari uchramaydi. SHu sababli bu tovushlar |p,t,k| fonemalarining ikki turli allofonlari hisoblanadi.
2. Kontrast distributsiya go‘yo zidlovni eslatadi. Bir o‘rinda qo‘llanib, ma`noni farqlashga xizmat qiluvchi elementlar kontrast distributsiya deyiladi: tok-pok-nok so‘zlari boshidagi undoshlar kontrast distributsiya bo‘lib, shu so‘zlarni farqlaydi. Bunday so‘zlar minimal juftlikdagi so‘zlar deyiladi. So‘z boshidagi |p,t,k| tovushlari fonemalarning allofonlaridir.
3. Erkin variatsiya. Bir xil o‘rinda uchrasa ham ma`noni farqlay olmaydigan elementlar erkin variatsiyada bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tilida |e| unlisi so‘z boshida ochiq (eshik, echki kabi) va boshqa hoiatlarda yarim ochiq talaffuz etilishi uning turli variatsiyalarini ko‘rsatadi. Bu distributsiya ba`zan ekvivalent (muqobil) distributsiya deb ataladi.
4. Qisman ekvivalent distributsiya ikki turli element bir o‘rinda ba`zan ishlatilishi, lekin ma`noni farqlay olmasligi bilan izohlanadi. Masalan, "taroq" so‘zi |taroq| va |taroғ|, "cholғu" so‘zi |cholғu| va |chalғu| kabi talaffuz etilishi shu so‘zlarning ma`nolarini farqlamaydi. Aslida esa, talaffuzda almashilgan tovushlarning har biri turli fonemalarning allofonlaridir.
Transformatsiya metodi tildagi elementlar va birliklarning turli gaplarda boshqacha yo‘l bilan qayta tuzishda qo‘llaniladi. Tranformatsiyaning sintaksisdagi elementlarni o‘zgartirishda qo‘llanuvchi oddiy turlari: o‘rin almashtirish, qo‘shish, qisqartirish va tushirib qoldirishdir. Bu metodni AQSH olimi Z.Xarris taklif etgan va keyincha uni shogirdi N.CHomskiy alohida ilmiy tadqiq etgan. Bu metod matematika va mantiqdagi ba`zi tushuncha va tamoyillardan foydalanadi [Zasorina L.N. Vvedenie v strukturnuyu lingvistiku. M.: 1974, s. 252].
Agar bir turdagi elementlarga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq konstraktsiyalar bir xil o‘rinda uchrasalar, ularni transfor-malar deyiladi. Masalan, quruvchilar Toshkentda juda ko‘p chiroyli binolar qurdilar - gapida transformalar quyidagicha bo‘lishi murakin: Toshkentdagi juda ko‘p chiroyli binolar quruvchilar tomonidan qurildi (passiv konstruktsiya). Juda ko‘p Toshkentdagi chiroyli binolarni quruvchilar qurdilar. Juda ko‘p chiroyli binolarni Toshkentda quruvchilar qurdilar va h.k.
YUqoridagi transformalar gapning biror ma`nosini o‘zgar-tirishga ham xizmat qiladilar. Agar shu gap asosida dialog tuzsak, undagi elementlar o‘z o‘rnini o‘zgartiradi, tushib qoladi va to‘ldiradi. -Binolarni kim qurgan? -Toshkentdami? -Ha, ularni quruvchilar qurgan. -Ha, o‘sha chiroyli binolarni...
Tranformatsiya metodi faqat sintaksisda emas, balki stilistik transformatsiya shaklida ham qo‘llanmoqda. Unda sintaktik stilistika uchun eng zarariy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Komponent tahlili metodi ko‘proq semantikada so‘zlarning ma`nolarini chuqurroq o‘rganishda qo‘llanadi. Bunda so‘zlarning ma`nolari ularning farqlanuvchi semantik belgilari - semalar yordamida tahlil qilinadi. Masalan, chelak va butilka so‘zlarining senia tarkibini tahlil qilsak, chelak - aylana shaklda, qo‘l ushlagichi bor, oyoғi yo‘q, qopqoғi bor yoki yo‘q, bo‘yni yo‘q idish bo‘lsa, butilka - oynadan qilingan, suyuqlik solinuvchi, chuqur, qo‘l ushlagichi va oyoғi yo‘q idish hisoblanadi. Komponent tahlil asosida tildagi so‘z turkumlarining va hatto gap tarkibida ishtirok etgan bo‘laklarning semantik belgilari aniqlanishi mumkin.
Maydon metodi. Bu metodni leksik-semantik maydon yoki grammatik-leksik maydon [Guliga E.V., SHendel’s E.N. Grammatiko-leksicheskie polya v nemetskom yazike. M., 1968, - s. 5-17] va ba`zan maydon nazariyasi [Our G.S. Teorii polya v lingvistike. M., 1974], deb yuritishadi. Albatta, uning qo‘llanishiga ko‘ra nomini atash mumkin. Jumladan, so‘zning barcha ma`nolarini aniqlashda semantik maydon metodi qo‘llanadi. Grammatikada turli so‘z turkumlarining ma`nolari o‘rganilsa, ularni grammatik-leksik maydon metodi yordamida o‘rganiladi. Bunda eng ko‘p qo‘llanuvchi leksik-grammatik birlikning ma`nosi uning, yadrosi, kam qo‘llanuvchilari pereferiyasi deb nomlanadi.
Tilshunoslikda hali noma`lum bo‘lgan tillarni ilmiy o‘rganishda qo‘llanuvchi "maydon tilshunosligiq"ni maydon metodi bilan aralashtirmaslik kerak. Maydon tilshunosligi o‘rganilayotgan til ona tili bo‘lgan shaxsni (uni odatda "informant" deyiladi) turli anketa va testlar yordamida savollarga javob olish yo‘li bilan material to‘playdi, fonetik transkriptsiya qo‘llaydi, tildagi asosiy fonologik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlarni to‘plab tahlil qiladi, ba`zi taxminiy fikrlarini keltiradi va zarur bo‘lsa tarjimadan foydalanadi.
Maydon tilshunosligida qo‘llanuvchi tamoyil va vositalar tillarni qadimiy o‘rganish yo‘llarini eslatadi. Bu usullar qalam va qoғoz yordamida tilni biluvchi shaxslarning talaffuziga quloq solib, ulardagi xususiyatlarni aniqlashni yodga soladi. Tilni o‘rganishda, umuman, kuzatish, tavsif qilish, qiyoslash, tajriba (eksperiment) o‘tkazish, distributsiya, tranformatsiya, ma`no maydonini aniqlash, xarita tuzish (til yoki shevaning tarqalgani haqida - uni lingvogeografiya deyiladi), turli til birliklari, elementlari va vositalarini statistik tekshirish yordamida qancha va qaerda uchrashi metod va tamoyillari qo‘llanadi. [Kibrik A.E. Metodika polevғx issledovaniy (k postanovke problemғ). Izd. MGU, 1972, s. 179].
Адабиётлар
Азизов О. Тилшуносликка кириш.- Тошкент: Ўқитувчи, 1996, 148-166 - бетлар.
Абдуазизов А.А. Тилшуносликка кириш, I қисм. Фонетика ва фонология. Маъруза матни. – Т.:Университет, 1999. –72 б.
Абдуазизов А.А. Тилшуносликка кириш, II қисм. Лексикология ва семасиология. Грамматика. Маъруза матни. – Т.:Университет, 1999. –58 б.
Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш.- Тошкент: Ўқитувчи,1992.
Миртожиев М. Ўзбек тили лексикологияси ва лексикографияси. – Т.,2000.
Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси. – Тошкент: «Mumtoz so’z», 2010. – 288 б.
Содиқов А, Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. Тошкент: Ўқитувчи,1981. 194-199 - бетлар.
Элтазаров Ж. Сўз туркумлари ҳақидаги лингвистик назариялар. - Самарқанд:СамДУ нашри, 1996. –128 б.
Қўшимча адабиёт
Ҳожиев А. Лингвистик терминларнинг изоҳли луғати.- Тошкент:Ўқитувчи, 1985.
Абдурасулов Ё. Туркий тилларнинг қиёсий-тарихий грамматикаси. – Тошкент: Фан, 2009.
Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Тошкент, 2006. -70 б.
Грамматик категория, грамматик маъно, грамматик форма.- Самарқанд, 1991.
Ҳамидов З. Луғатшунослик тарихи ва қўлёзма луғатлар. – Тошкент: Адолат, 2004. -36 б.
Ўринбоев Б.,Йўлдошев Б. “Тилшуносликка кириш” курсидан методик тавсиялар.- Самарқанд, 1988, 56-57 - бетлар.
Abdyllayev Y. Sovg’a. – Toshkent: “O’qituvchi”, 1996. -80 b.
Ҳасан Ато Абуший. Туркий қавмлар тирихи. – Тошшкент: «Чўлпон» нашриёти, 1993. -240 б.
III bo`lim. Lingvistik tadqiq metodlari
14-maruza
Umumiy mulohazalar.
Reja:
1.Metod tushunchasining sharhi.
2.Lingvistik metodlar haqida umumiy ma’lumot.
3.Xulosa.
O`quv fanimizning birinchi ma`ruzasida belgilaganimizdek, biz metod va metodologiya tushunchalarini keskin va izchil farqlaymiz. Metod deganda tadqiq manbayining b i r o r qirrasini o`rganishga xoslangan u s u l , y o` l tushuniladi, xolos. Tadqiqotchining maqsadi ( fahmiy yoki idrokiy bilim hosil qilishi), tadqiq manbayiga dialektik yoki nominalistik yondashishi, materialistik yoki idealistik dunyoqarashi kabi, asosan, subyektiv ( tadqiqotchining bevosita o`ziga aloqador) omillar bilan bog`liq bo`lgan m e t o d o l o g i y adan farqli ravishda metodlar obyektiv (haqqoniy, tadqiqotchining o`zi bilangina aloqador bo`lmagan) tabiatlidir va juda ko`p hollarda tadqiqotchining metodologik tamoyillariga nisbatan befarqdir. Fikrni bitta yorqin misol bilan oydinlatamiz:
Faraz qilamizki, ko`z oldimizda turgan ( bevosita kuzatishda berilgan) bir xarsang tosh yoki qoyani o`rganmoqchimiz - bizni bu toshning butun tarkibidagi o`rni, tarixiy taraqqiyoti, abadiy yoki muvaqqatligi, atrofidagi narsa-hodisalar bilan aloqadorliklarini emas, balki toshning tabiiy xususiyatlarini bilish qiziqtiradi. Boshqacha qilib aytganda, bizni shu xarsang tosh haqida fahmiy bilimlar qiziqtiradi. Bu xarsang tosh serqirra bir narsadir - unga vazn, ko`lam, shakl, tarkib, holat kabi o`nlab belgi-xususiyat xos bo`lib, ulardan har biri o`ziga xos vosita yordamida aniqlanishi va tavsiflanishi mumkin. Masalan, vaznni o`lchash va belgilash vositalari ( tarozu, tortish kuchi, bosim v. h. ) yordamida ko`lamni aniqlah va tavsiflash mumkin emas - vazn va ko`lam bir-biriga o`xshash bo’lmagan alohida mezon va usullar bilan o`lchanadi. Mana shu mezon va usullar xarsang toshning turli qirralarini o`rganish metodlaridir. Masalan, vaznni belgilashning eng oddiy usuli - tarozu va toshlar, o`lchov birliklari hozirgi kunda jamiyatimizda obyektiv tabiatga ega va hamma, dunyoqrashidan qat`iy nazar, ulardan bemalol foydalanadi. Tadqiq metodlari ham shunday - ulardan bir- biriga zid duhyoqarashlarda turgan, turli maqsadlarni ko`zlagan tadqiqotchlar amaliyotda bir xil foydalanishi mumkin.
Til o`ta serqirra ijtimoiy-ruhiy-fiziologik hodisadir. Uning minglab qirralari, rang-barang ijtimoiy, tabiiy (biologik, fizik, genetik v. b. ), ruhiy hodisalar bilan juda murakkab aloqa-munosabatlari bor. Tilning o`zi ham behad murakkab butunlik bo`lib, uning lisoniy va nutqiy tomonlari, ularning har birining fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis, so`z yasalishi, stilistik qo`llanilish kabi tarkibiy qismlari bor. Tilshunoslikda ikki tushuncha -
a) tilshunoslik bo`limlari (sohalari),
b) tilshunoslik yo`nalishlari (maktablari, oqimlari)ning farqlanishi bevosita shu bilan bogliqdir.
Tilshunoslik bo`limlari (sohalari, qismlari - ruscha - разделы, отрасли языкознания) deganda tilning qurilish (struktur) birliklari va ularning o`zaro munosabatlarini o`rganuvchi, tilshunoslik tarkibiga kiruvchi
a) fonetika (fonologiya),
b) morfologiya (morfemika),
d) leksikologiya (semasiologiya, leksikografiya),
e) frazeologiya (paremiologiya),
f) sintaksis,
g) so`z yasalishi (derivatsiya),
h) stilistika (uslubiyat, uslubshunoslik, lingvopoetika) kabi nisbatan mustaqil fanlar tushuniladi va ular bitta murakkab fanga - tilshunoslik (lingvistika) faniga birlashadi. Tilshunoslik bo`limlari til sathlari - yaruslari bilan uzviy bog`liqdir.
Tilshunoslik yo`nalishlari (oqimlari, maktablari, turlari - ruscha: направления, школы, виды языкознания ) deganda insoniy tilning ayrim qirralarini chuqurroq tadqiq qilishga (o`rganish va tavsiflashga) ixtisoslashgan, o`ziga xos tadqiq metodlariga ega bo`lgan tilshunoslik turlari tushuniladi 87. Esdan chiqarmaslik lozimki, tilshunoslik yo`nalishlari hamisha ma`lum bir tadqiq m e t o d i bilan bog`liqdir. Tadqiq metodi tilshunoslikning ma`lum bir yo`nalishini birlashtiruvchi eng asosiy omildir. Shu asosda tilshunoslik yo`nalishlari shu yo`nalishda yetakchi bo`lgan metod nomi bilan tarixiy tilshunoslik, qiyosiy tilshunoslik, tipologik tilshunoslik v. h. deb yuritiladi.
Odatda lingvistik tadqiq metodlari tilshunoslikning barcha bo`limlari uchun umumiydir, ya`ni ayni bir usul bilan tilning fonetik qurilishi ham, leksik, morfologik v. b. tomonlari ham tadqiq qilinadi. Chunonchi, tarixiy tilshunoslikda tarixiy fonetika, tarixiy fonologiya, tarixiy morfemika, tarixiy sintaksis, tarixiy stilistika v. b. bo`limlar mavjud. Shu bilan birga tilning ayrim sath birlik (bo`lim, soha)larini o`rganishga ixtisoslashgan tadqiq usullari ham bor. Chunonchi, eksperimental fonetika, semantik sintaksis, lingvistik semantika.
Tilshunoslikda lingvistik tadqiq metodi juda ko`pdir. Tom ma`noda tilshunoslik tarixi - bu tilni tadqiq etish usullarining bosqichma-bosqich almashinib, yangilanib borish, bir-birini to`ldirib, til mohiyatiga chuqurlasha borish tarixidir; tilshunoslik tarixiga bag`ishlangan har qanday tadqiq va qo`llanma ayni zamonda tilning tadqiq metodlari masalalarini ham o`z ichiga oladi. Bu yo`nalishda XX asrning 80-yillarigacha qilingan ishlar haqida ma`lumotlarni Siz quyidagi kitob va ma`lumotnomalaridan, bundan keyingi davrlarga oid axborotni Internet tarmog`ining Lingvistika vebsaytining "Tarix " va "Metodlar" bo`limlaridan topishingiz mumkin:
a) Общее языкозание. Библиографический указатель литературы. . . Отв. ред. Б. А. Серебренников.- М.: Наука. 1965. 276 стр. ;
б) Амирова Т. А. , Ольховников Б. А. , Рождественский Ю. В. Очерки по истории лингвистики. - М.: Наука. 1972. 560 стр. ;
в) Звегинцев В. А. История языкознания ХIХ–ХХ вв. в очерках и извлечениях. Части 1-2. – М.: Просвещение. 1965-1966.
г) Лингвистический энциклопедический словарь. – М.: СЭ. 1990 (Qayta nashrlari 1995, 1998, 2001).
д) Виноградов В. В. История русских лингвистических учений. – М.: Высшая школа. 1978.
е) Березин Ф. М. Очерки по истории языкознания в России конца Х1Х начала ХХ веков. –М.: Наука. 1968.
ж) Кондрашов Н.А. История лингвистических учений.–М.:Просвещение. 1970.
з) История лингвистических учений. Отв. ред. А. И. Десницлая, С. Д. Кацнельсон 1-ая книга. Древний мир. – Л.: Наука. 1980.;2-ая книга. . Средневековый Восток. –Л.: Наука. 1981.; 3-тья книга. Средневековая Европа. – Л.: Наука. 1985.
и)Звегинцев В. А. История арабского языкознания. – М.1958.
к)Основные направления структурализма. Отв. ред. О. С. Ахманова. –М.: 1965.
л)Апресян Ю. Д. Идеи и методы современной структурной лингвистики. – М.. 1966.
Tadqiq metodlari tilshunoslik yo`nalishini belgilashi va ilmiy maktab ko`p hollarda metod nomi bilan atalishi sababli "Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik", "Naturalistik tilshunoslik" , "Komparativistika", "Geneologik tilshunoslik", "Formal tilshunoslik", "Funksional tilshunoslik", "Areal tilshunoslik", "Struktur tilshunoslik", "Deskriptiv tilshunoslik", "Matematik tilshunoslik", "Kompyuter tilshunosligi", "Psixologik tilshunoslik" (psixolingvistika) v. h. kabi yo`nalishlarga bag`ishlangan ish va fayl-u saytlarda shu yo`nalish uchun yetakchi bo`lgan tadqiq metodlari haqida ma`lumot olish mumkin.
Bundan tashqari lingvistik tadqiq metodlariga maxsus bag`ishlangan ishlar ham oz emas. Chunonchi, "Общее языкознание. Методы лингвистических исследований.– М.:Наука. 1973. Bunday ishlar o`zbek tilida ham bor. Jumladan, С. Усмонов. Умумий тилшунослик.–Т.:Ы=итувчи.1972; Баскаков Н. А. , Соди=ов А. , Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. –Т.:Ы=итувчи, 1979 darslik va qo`llanmalarida bu masalaga maxsus boblar ajratilgan.
Yana shuni eslatib o`tish lozimki, ma`lum bir lingvistik tadqiq metodini o`zlashtirish tilshunoslikning ma`lum bir yo`nalishini mukammal o`zlashtirish bilan barobar. Oldingi ma`ruzamizda aytilganidek, Siz shunday yo`nalishlarning 5–6 tasi bilan maxsus shug`ullanasiz, ularning metodlari bilan chuqurroq tanishasiz. Tilshunoslik (masalan, ona tili, o`zbek tili grammatikasi) bo`yicha zig`ircha bilimga ega bo`lgan kimsa albatta uning bir turli tadqiq usulidan ham (uqilmagan holda bo`lsa ham) xabardor bo`ladi. Bu o`quv fani ma`ruzalari Sizga metod va metodologiya masalalariga ongli munosabatda bo`lish, xilma-xil usul (metod)lar bilan qo`lga kiritilgan bilimlarni til hodisalari mohiyatini anglash va izohlash jarayonida birlashtira olish madaniyatini singdiradi. Olim, orif va tadqiqotchi uchun - xususan, ko`p fikrlilik va demokratik munosabatlar to`laqonli amalga kirayotgan jamiyatda bunday mdaniyat juda zarurdir: tadqiq manbayining bir qirrasi haqida bir tadqiqotchi tomonidan bayon etilgan fikr yoki xulosa shu manbaning boshqa qirrasi uchun haqqoniy bo`lmaskigi mumkin. Olim va orif esa bu qarama-qarshi hukmlarni birlashtira olish, har bir hukm va xulosaning haqqoniylik va tatbiq chegarasini bilish madaniyatiga ega bo`lmog’i lozim. Shu bilan bog`liq ravishda diqqatingizni yana bir daf`a "Lisonut tayr"da keltirilgan ko`zi ojizlar tavsifida fil va bu tavsiflarning orif tomonidan qabul qilinishi haqidagi rivoyatga qarataman.
Tilshunoslik tarixi shuni ko`rsatib turibdiki, dialektik bilish tadqiq manbayi mohiyatiga bosqichma-bosqich uzluksiz chuqurlasha borish, soddaroq (oddiyroq) mohiyatdan murakkabrog`iga qarab to`xtovsiz siljish demakdir. Shu asosda tadqiq metodlari ham fan tarixida bir birini almashtirib turadi. Bir metod asosida ochilgan qonuniyatlar boshqa bir metod bilan aniqlangan hukmlarni rad va imkor qilgan hollarda ham bunday inkorni to`g`ri - dialektik tushunmoq lozim - bu qat`iy, mutlaq inkor emas, balki nisbiy, dialektik inkor - inkorning inkori, narsa mohiyatiga chuqurlasha borishning bir bosqichidir, xolos. Buni bir oddiy hayotiy misol bilan tushuntirishga intilaman. Tilning turli qirralari haqida turli usullar (metodlar) bilan hosil qilingan bilimlar va ochilgan qonuniyatlar bir katta binoning old, orqa, yon, ust tomonlaridan olingan suratlari bilan qiyoslanishi mumkin. Bu fotosuratlar bir biriga mutlaqo o`xshamasa-da, ularning barchasi bitta zotda - bir binoning shaklida birlashadi; bu fotosuratlar bir-birini to`ldirib, bino shakli haqida bilimlarimizni mukammal bo`lishiga xizmat qiladi. Binoning to`rt tomonidan suratini chizgan olimlarning birortasi ham xato yoki noto`g`ri ish qilmagan. Xatoga binoning bir tomonidan olingan tasvirini ( resp. tilning bir qirrasi haqida ma`lum bir metod bilan o’rganiladigan qonuniyatni) binonig o`zi bilan tenglashtirishdadir - kim bunga yo`l qo`ygan bo`lsa, albatta xato qilgan bo`ladi. Shuning uchun Mir Alisher "Lisonut tayr"da:
O`z borur yo`lida har bir muftaxir,
Yo`lni aylab o`z yolig`a munhasir
(Har bir yo`lovch o`z yo`lini to`gri deb biladi va umuman yo`lni o`z yo`li bilan cheklaydi88 ), " - deb yozadilar . Mir ta`birlaricha , oriflik bilan johillik farqi ham shundadir - orif o`zaro o`xshash bo`lmagan tasvirlar bir binoga mansub ekanligini tushunadi, johil esa zohiriy farq asosida ularning birligini rad etadi. Ko`p fikrlilik, taleranlik ( bag`ri kenglik), ustuvor demokratik tamoyillar har qanday qarashga - xususan, ilmiy talqinlarga - oriflik nuqtayi nazaridan yondashishni talab qiladi. 89 Shu bois istagan fanda tadqiq metodlarining almashinib turishi fanning uzluksiz taraqqiyoti belgisi sanalishi lozim. Ma`lum bir tadqiq usulini mutlaqlashtirish shak-shubhasiz fetishizmga olib keladi. Uning xunuk oqibatlari haqida yuqorida bahs yuritildi. Bugungi kunda bu o`ta dolzarb, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy rivojimizda muhim ahamiyat kashf etuvchi masala bo`lganligi sababli uning ustida yana ham batafsilroq to`xtalishni ortiqcha deb sanamaymiz.
Mir Alisher "Lisonut tayr"ning "Ma`rifat vodiysining vasfi"ga bag`ishlangan 153–154-boblaridagi “ko`r"lar johil, dialetik metodologiya bilan qurollanmagan tadqiqotchilar timsolidir. Dialektik (ma`rifiy) metodologiya bilan ish tutuvchi va hukm chiqaruvchi orif komil biyno shaxsdir. U "ko`r"lar bir-birini inkor qilishga intilib munozara qilsalar-da ( "Bir-birining so`ziga aylab xilof, gar jadal qildilar"), ularni kechiradi ("erdilar maof"), chunki "ko`r"lar narsani yaxlit, serqirra sifatida qabul qila olmas edilar ("Solmag`on erdi biri pil uzra ko`z").
Bu hikoyat o`zgacha shaklda Jaloluddin Rumiyning "Masnaviyi ma`naviy", undan oldinroq Fariduddin Attor, hatto Nizomiy Ganjaviy asarlarida keltiriladi va hamisha ma`rifatni (ayni zamonda tariqatni) va jaholatni ( ayni zamonda shariatni) farqlash maqsadlarida ishlatiladi. Shariat va mafkuraviy hukmronlik o`z talqinlaridan o`zgacha fikrlashni kufr (ishonchsizlik, isyon) deb biladi va ularni ta`qib etadi. Bu haqda Ibn Sino bir ruboiylarida shunday yozadilar90:
O`zin dono bilgan uch-to`rtta nodon
Eshak tabiatin aylar namoyon.
Ular davrasida sen ham eshak bo`l,
Bo`lmasa kofir deb qilurlar e`lon.
(Sh. Shomuhammedov tarjimasi).
Fan taraqqiyoti tarixida ham bunday hollar juda ko`p uchraydi. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida. Bu fanlar bo`yicha chiqarilgan xulosalar ko`p hollarda fahmiy usul bilan qabul qilinishi mumkin emas. Fan cho`qqisida turgan "daho"larning qarashlari esa oldingi taraqqiyot bosqichi asosida shakllangan va kamdan kam hollarda ular o`z qarashlari inkorini to`g`ri qabul qila oladilar. Ko`pincha esa bu "jo’jaxo’rozlar daholarga o`rgatmoqchi" qabilida ish tutib, taraqqiyotga to’sqinlik qiladi. Dialektik metodologiya bilan qurollanib, yangi taraqqiyot yo`lidan borayotgan shijoatli tadqiqotchilar ularni (Mir Alisher hikoyatidagi orif singari) "maof tutish"lari va izlanishlaridan chekinmasliklari lozim. Fanda xilma-xil metod va talqinlarning mavjudligi uning rivojlanganlik belgisi va taraqqiyotining yagona usulidir.
Lingvistik tadqiq metodlari rang-barang bo`lgani holda fanimizda ularning mukammal tasnifi haligacha berilmagan. Lingvistik tadqiq metodlari odatda sixronik va diaxronik tadqiq usullari sifatida ikki guruhga ajratiladi.
Sinxronik tadqiq va tahlilda tilning ma`lum bir davrdagi turg`un holati va uning hodisalari tadqiq manbayi sifatida olinadi. Bu davr hozirgi kun ham, bundan bir necha asr muqaddam ham bo`lishi mumkin. Sinxronik tahlilda bir davrda yonma-yon turgan lisoniy hodisalar tavsiflanadi.
Diaxronik tadqiq va tahlilda bir lisoniy hodisa turli taraqqiyot davrlarida olib ko`riladi va unda hodisalar orasida birin-ketinlik (oldin-keyinlik) munosabatlari o`rganiladi. Chunonchi, " Hozirgi ( yoki X11 asr) o`zbek tilida unli fonemalar" tadqiq mavzusi sinxronik tahlilga aloqador bo`lsa, o`zbek tilida /a/ fonemasining (yoki unli fonemalarning) taraqqiyoti" mavzusi diaxronik tadqiq va tahlilga mansubdir.
Ilmiy adabiyotlarda har bir davrda - xoh hozirgi kun bo`lsin, xoh bundan ikki yuz yil muqaddam - tahlil usullarini a n ` a n a v i y (oldingi, eski, avvalgi) va y a ng i (hozirgi, zamonaviy) sifatida ikkiga ajratib tasnif etishni juda ko`p uchratish mumkin. Bunday bo`linish mohiyatan noto`g`ri, lekin ilmiy adabiyotda keng tarqalgan. Hamma davrlarda a n ` a n a v i y deganda o`sha davrda keng ommalashgan, ta`lim muassasalarida ommaviy ravishda o`qitilayotgan tadqiq va tahlil usuli tushunilgan. Y a ng i (hozirgi, zamonaviy) atamasi bilan oldingi tadqiq va tahlil usullarining inkori sifatida shakllangan tadqiq usullari nomlangan XVIII asr uchun mantiqiy-grammatik (Por-Royal) tahlil usullari ana`anaviy, komparativistik tadqiqotlar yangi bo`lgan bo`lsa, X1X asrda komparativistik tadqiqotlar an`anaviy, yosh grammatiklarning tadqiq usuli (neogrammatika) yangi mavqeyini oldi. XX asr boshlarida neogrammatika an`anaviy nomi bilan, strukturalizmning turli oqimlari yangi deb ataldi91. Shu sababli an`anaviy - zamonaviy atamalariga juda ehtiyot bo`lish, ulardan foydalanmaslikka intilish lozim; har bir tadqiq usuli (metodi) o`z nomi (atamasi)ga ega va har bir narsani o`z nomi bilan atagan ma`qul.
Mana shunday umuiy mulohazalardan keyin navbatdagi ma’ruzada lingvistik tadqiq metodlaridan eng ommaviy (va menga yaqin , tanish) turlaridan ayrimlarining asosiy tamoyillari, serqirra tilning qaysi tomonini chuqurroq o`rganishga xizmat qila olishi haqida suhbatga o`tamiz . Tanishishni sinxronik formal tavsifiy metoddan boshlaymiz.
Tayanch tushunchalar:
metod, davr ehtiyojlari, sinxronik tahlil, diaxronik tahlil, tadqiq manbayining serqirraligi, biri-biriga zid bo`lgan hukmlarning bir-birini to`ldirishi, dialektik inkor, hukmning muayyanligi, oruf va johil, taleranlik
Mustahkamlovchi savollar:
1.Tilshunoslikning qanday tadqiq metodlari bor?
2.Diaxronik va sinxrinik tadqiq metodlari haqida nima bilasiz?
3.Tadqiq usulining an’anaviy va yangi deb nomlanishiga munosabatingiz qanday?
15-ma`ruza
Lingvistik tadqiq metodlari haqida
Sinxronik formal
tavsifiy metod92
XX asrning 40-yillaridan deyarli hozirgacha hozirgi o`zbek ta`limiy tilshunosligida (ya`ni "Ona tili" va "Hozirgi o`zbek adabiy tili" o`quv fanlari darslik va qo`llanmalarida) o`z aksini topgan tasvir usuli bo`lib, uning ildizlari X1X asrning oxirlari XX asrning boshlarida shakllangan Moskva (formal) lingvistik maktabiga (buyuk namoyandalari Filipp Fortunatov, Aleksey Shaxmatov, Aleksey Peshkovskiy, Viktor Vinogradov) borib taqaladi. Turkiyshunoslar Nikolay Dmitriyev, Nikolay Baskakov, Yevgeniy Polivanov, Aleksandr Borovkov, Andrey Kononovlar bu metodni fanimizga olib kirdilar. Lekin ulardan ham oldinroq bu tavsif usulidan X1X o`rtalarida yozilgan "Oltoy tili grammatikasi" (bosh myallif ko`rsatilmagan bo`lsa-da, u Nikolay Ilminskiy /1822–1891/ bo`lgan) mualliflari foydalanishgan.
O`zbek tilshunosligida bu tadqiq usulining yetuk namoyandalari Ayyub G`ulomov, Zokir Ma`rupov, Faxri Kamolov, Sobirjon Ibrohimov, G’anijon Abdurahmonov, Mazluma Asqarova, Mustaqim Mirzayev, Fattoh Abdullayev, Shonazar Shoabdurahmonov, Azimjon Hojiyev 93 , ularning ko`p sonli shogird va izdoshlaridir.
Bu metodning asosiy tamoyillari:
- tilga ijtimoiy hodisa sifatida yondashish,
- til va nutq hodisalarini bir-biridan farqlamay, birgalikda tavsiflash,
- tilning ma`lum bir davrdagi turg`un (statik) holatini tavsiflash,
- falsafiy tushunilgan shakl (moddiy tashqi, zohiriy belgi, forma) - chunonchi so`z yoki qo`shimchaning shakli, tovushlarning talaffuz xususiyatlari - umuman, til birliklarining his organlariga ta`sir etadigan tomonlariga tayangan holda ularning turli qurshovlardagi shakliy, ma`noviy va vazifaviy xususiyatlarini tavsiflash, kuzatish natijasida qo`lga kiritilgan hodisalarni sistemalashtirish.
Bu metodning metodologik asosi fahmiy (empirik)-nominalistik-materialistik bo`lib, hodisalarni sistemalashtirish ratsional (idroliy) usullarda amalga oshirladi.
Shu metod bilan hozirgi o`zbek adabiy tilining, o`zbek xalq sheva va lahjalarining, XI–XIX asr yozma yodgorliklarining, alohida adiblarning tili va uslubi xususiyatlari tavsiflandi, alohida sathlar va davrlarning mukammal tavsifini beruvchi ulkan tadqiqotlar, turli murakkablikdagi grammatika, darslik, qo`llanmar, lug`at, o`quv-tadrisiy adabiyotlar yaratildi, nazariy izlanishlar amalga oshirildi va keng ommalashtirildi. Yaqin kunlargacha "Muosir ( ma`nodoshlari - yangi / zamonaviy / hozirgi / XX asr / sovet v. h. ) o`zbek tilshunosligi" deganda, asosan, shu tadqiq usuli bilan amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar va ularning mahsuli tushunilar edi. Buning sabablari, jumladan, sovet tilshunosligida hukm surgan va ma`ruzalarimining ikkinchi bo`limida qisman muhokama etilgan sovet fetishizmi bilan bog`liqdir.
Bu metod fanimizda statistik ( matemamik) va eksperimental (akustik va rentgenografik) tahlil usullari bilan murakkablashtirilgan ko`rinishlarda ham qo`llaniladi. Uning statistik tahlil korinishi sohasida Bahrom Bafoyev (Alisher Navoiy asarlari leksikasi), Xosiyat Nazarova (Bobur asarlari leksikasi ), Sunnatilla Rizayev (turli xil matnlarda harflar, so`zlar chastotasi, bo`g`in turlari), Ilya A. Kissen (so`zlar chastotasi), Ziyodulla Hamidov, Nurmatulla Ahmatov, Rashid Zohidov, Noibaxon Mamadaliyeva (ayrim yozma yodgorliklar leksikasi), eksperimental fonetika sohasida Soraxon Otamirzayeva, Ahmadjon Mahmudov kabi tadqiqotchilar ancha ishlarni amalga oshirishdi.
Seminar mashg`ulotlari uchun 14-ma`ruzada ko`rsatilganlardan tashqari zaruriy adabiyotlar:
Нурмонов А. Ызбек тилшунослиги тарихи. – Т.:Ызбекистон, 2002.
/уломов А. Морфологияга кириш. –Т.: Фан, 1995 .
Шукуров Ш., Базарова Д. Узбекское советское языкознание. – Т.:Фан. 1984.
"Ызбек тили ва адабиёти" журналининг 1972, 1974, 1982, 1984 йиллардаги 4-5-6-сонларидаги умумлаштирувчи (обзор) ма=олалар.
Qiyosiy-chog`ishtirma
tavsifiy usul
Tilshunoslik tarixidan ma`lumki, bu fanning rivoji qadimgi hindlarda ham, yunon-u rimliklarda ham, arablarda ham qonunlashtirilgan (muqaddaslashtitilgan, ilohiy) asarlarni (yunoniylarda Homer asarlari, hindlarda vedalar, islomiy o`lkalarda Qur`oni karim) to`g`ri - diniy odat talab qiladigan - shaklda o`qish-uqish bilan bog`liqdir. Bu esa me`yoriy imlo va talaffuz bilan, bir tomondan, sheva (jonli so`zlashuv) nutqi farqlarini aniqlash va tavsiflashni, ikkinchi tomondan, o`zga xalqlar va o`z (diniy) tillarini qiyoslashni talab etardi. Cunki bu dinni o`zga xalqlar qabul qilgach, bu xalqlarga o`z ona tillarida din asoslarini ommalashtirish vazifasi turardi. Bu esa,o`z navbatida, bu xalqlar tilini o`z (diniy) tillari bilan qiyoslashni, lug`at va qo`llanmalar tuzishni talab qilar edi. Qadimgi hindlarda eramizdan oldingi V–IV, yunonlarda e. o. IV–I, arablarda eramizning VIII-IX asrlarida qiyosiy-tavsiviy usulning rivojlanish sababi shunda. Bu usulning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
- Til ilohiy (g`ayritabiy) hodisa bo`lib, uning yashash va rivojlanishi jamiyat ehtiyojlari bilan uzviy bo`gliqdir.
- Me`yoriy talaffuzni akustik-artikulasion, kombinator, pozitsion o`zgarishlar jihatlardan mufassal tavsiflash va sharhlash, har bir mustasno holatlarni va variantlilikni qayd etish va tushunturishga, asoslashga imtilish,
- so`zlarning turli-tuman qoshimchalar bilan birikishlarini tavsiflash, so`z va qo`shimchalarni farqlash,
- sheva va o`zaro yaqin bo`lgan tillar orasida tovush almashinuvlari va mos kelishlarini tavsiflash,
- qat`iy belgilangan adabiy til me`yorlarini ishlab chiqish va ularga rioya qilish va o`rgatish metodikasini shakllantirish,
- rasmiy diniy til,talaffuz, imlo bilan shevalar va boshqa tillar orasidagi farqlarni ilg`ay olish va chog`ishtirma - bir tilda ifodalangan ma`no yoki vzifani boshqa tilda qanday usul va vosita bilan berilishi mumkinligi aniqlash ustida izlanishlar olib borish,
- bir tilli (izohli) va ko`p tilli tarjima lug`atlari tuzish.
Bu tadqiq va tavsif usulidan foydalanishda arab (islom) tilshunosligi VIII–IX asrlarda juda katta yutuqlarni qo`lga kiritib, Yevropa tilshunosligi lingvistik tahlilga XIX asrning o`rtalarida olib kirgan p a r a d i g m a tushunchasini Y111 asrdayoq ochdi va arab tilining morfologik tavsifida undan juda keng foydalandi Arab tilining murakkab morfologik tizimi 5–6 ta fe`lning formalari siralari sifatida tavsiflandi. Arab tili morfologiyasini sodda va ixcham jadvallar sirasi sifatida berish an`anasi o`sha davrlarda shakllandi va hozirgacha arab tilshunosligida amaldadir. XX asrda shunday paradigmalar asosida struktural tilshunoslikning eng asosiy tushunchalaridan biri - paradigma va paradigmatik munosabatlar rivojlantirildi. Arab tilshunosligida asosan shaklga ko`p e`tibor berilgan bo`lsa, structural tadqiqotlarda asosiy diqqat mazmun va vazifaga qaratildi.
Bu tadqiq usulining metodologik asosi fahmiy-nominalistik-materialistik bo`lib, paradigmalarni ajratish va tavsiflashda idrokiy bilimlardan keng foydalaniladi. Tilning kelib chiqishi masalalarida bu usul diniy-ruhoniy nuqtayi nazarda turadi.
Arab tilshunosligi yutuqlari va an`analarida ta`lim olgan Mahmud Koshg`ariy, Mahmud Zamahshariy, Abu Hayyon, Ibn Muhanna kabi turkiyshunoslar ham asarlarida shu tahlil usulidan foydalanishgan, shu asosda turkiy tillar tavsiflarini berishgan94.
X-X1Y asrlarda arab (islom) tilshunosligi doirasida shakllangan va rivojlangan eronshunoslik va mo`g`ulshoslikda ham yetakchi tadqiq usuli qiyosiy-chog`ishtirma metod edi.
X1X-XX asrlarda turkiy xalqlar va ularning tillari rus davlati va tili bilan yaqin munosabatlarga kirishgach,tirkiy va rus tillarining qiyosiy-chog`ishtirma o`rganish jarayonida bu metod zamonaviy (o`z davri) tahlil va tavsif talablari bilan mukammallashtirildi va sovet chog`shtirma tilshunosligida ma1lum bir taraqqiyot bosqichini belgiladi - 1930-70-yillarda rus tilshunosligida rus va muayyan turkiy tillarni, milliy turkiyzabon tilshunosliklarda (o`zbek, totor, boshqird, qozoq, ozorbayjon, chuvash v.h. tilshunosliklarida) nilliy turkiy tillar va rus tili qurilishini chog`shtirma o`rganish yo`nalishlari rivojlandi.
Mavzular. Lisoniy tadqiq metodlari Reja Bilish. Hissiy bilish va ilmiy bilish. Bilish bosqichlari. Bilish usullari va tilshunoslik metodlari
11-13--mavzular. Lisoniy tadqiq metodlari
Reja
1. Bilish. Hissiy bilish va ilmiy bilish. Bilish bosqichlari. Bilish usullari. Bilish usullari va tilshunoslik metodlari.
2. Metod va metodologiya.
3. Tilni bilish metodlari. Qiyosiy metod. Qiyosiy-tarixiy va qiyosiy-chog`ishtirma metod.
4. Struktur metod va uning yo`nalishlari.
5. Glossematika. Funktsional lingvistika.
6. Deskriptiv tilshunoslik. Distributsiya.
7. Bevosita ishtirokchilar metodi. Transformatsiya.
Har qanday fan asosida kishilarning olamni bevosita kuzatishi yotadi. Inson o’zini qurshab turgan olam uzvlarini sezgi organlari yordamida his qiladi, boshqalariga solishtiradi, farqli va o’xshash belgilarini aniqlaydi, so’ngra muayyan xulosaga keladi. Demak, har bir fan insonlarning olamni kuzatishi, bilishi jarayonida, uning natijasida paydo bo’ladi.
Fanning asosi bo’lgan bilish uzoq vaqtlardan buyon mutafakkirlarni qiziqtirib keladi. Jumladan, bizning bobokalonlarimiz ham bu sohada o’zlarining qimmatli fikrlarini bayon qilganlar.
Dunyo allomalari ichida ikkinchi muallim nomi bilan mashhur bo’lgan Forobiy bilishning ikki darajasini ajratadi. Xususan, u “Ilmlarning kelib chiqishi to’g’risida» («Ixso al-ulum») asarida ilmning kelib chiqish sabablari haqida fikr yuritib, quyidagilarni bayon qiladi: Olamda substantsiya (javhar) va aktsidentsiya (oraz) hamda substantsiya va aktsidentsiyani yaratuvchi Marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo’qdir”.
Forobiyning tilga olgan javhar va oraz haqidagi bu fikri bilish nazariyasida buyuk inqilob edi. Chunki bizni qurshab turgan olam va uning unsurlari javhar va orazlarning o’zaro dialektik munosabatidan tashkil topgandir.
Forobiy tilga olgan javhar va oraz tushunchalari ostida nima yotadi? Har qanday narsa dastlab bizning sezgi organlarimizga ta’sir qiladi. Ana shu sezgi organlarimiz yordamida his qilish mumkin bo’lgan belgilar oraz sanaladi. Oraz Aristotel falsafasidagi aktsidentsiyani bildiradi.
Forobiyning tushuntirishicha, orazni besh sezgi organlari yordamida his etamiz.
Xususan, rang ko’rish sezgi organi orqali; ovoz eshitish organi orqali; maza-ta’m – maza sezgi organi orqali; predmetlarning holati: sovuq-issiqligi, qattiq-yumshoqligi tana sezgisi orqali, hid hidlash organi orqali xis etiladi.
Bu sezgi organlari insondan tashqari hayvonlarda ham mavjuddir. Demak, yuqoridagi sezgi organlari barcha jonzotlarga xos. Ular orqali har qanday jonzot o’zini qurshab turgan olamni amaliy biladi, unga moslashadi.
Har qanday fan amaliy bilish ustiga qo’yilgan nazariy bilimga asoslanadi. Bilish esa falsafa fanining asosi sanaladi. Nazariy falsafa asoschisi I.Kant uning o’rganish predmeti narsalar (tabiat va jamiyat) emas, balki insonning bilish faoliyatini ilmiy tekshirishdan, inson aqliy faoliyatini aniqlashdan iborat ekanligini ta’kidlagan edi.
Falsafa insonning o’z mohiyatini anglashi, borliqning turli sohalariga oid bo’lgan hodisa va voqealar haqida, ularning tub mohiyatini ifodalaydigan umumiy xulosalar chiqarishi demakdir. Falsafiy tafakkur olamidagi narsa va hodisalarni fikrda umumlashtirib, o’zaro bog’liqlikda va rivojlanishda o’rganish, ularning mohiyatini chuqurroq va to’laroq bilishdir. Falsafa markazida borliq va uni bilish muammosi yotadi.
I.Kantning ta’kidlashicha, bizning ongimizdan tashqarida, unga bog’liq bo’lmagan holda «narsalar olami» mavjud. Bunday narsalarni u «narsa o’zida» deb nomlaydi. Bilish ana shu «narsa o’zida»ning sezgi organlarimizga ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Uning fikricha, sezgi organlarimizga ta’sir qiladigan «narsa o’zida»ning sir-asrorlarini bilish mumkin emas.
Gegelning fikricha, dastlab olam va tafakkur ayniyati bo’lgan va bu ayniyat dunyoning substantsional (zotiy) asosini tashkil etgan. Tafakkur faqat sub’ektiv inson faoliyatigina emas, balki ob’ektiv mohiyat, barcha mavjudotning birlamchi manbai bo’lgan. Tafakkur modda, tabiat holida o’zini «begonalashtiradi». «Absolyut g’oya»ning oliy taraqqiyot bosqichi «absolyut ruh», ya’ni insoniyat, insoniyat tarixi sanaladi.
Gegelь tarixiy jarayonning dialektik Harakterini tadqiq qilar ekan, til taraqqiyotiga alohida ahamiyat beradi. U tilni nazariy aqlning yaratuvchisi hisoblaydi, Chunki til uning tashqi ifodasi sanaladi.
Insonning sezgi organlari yordamida hosil bo’lgan bilimi hissiy yoki amaliy bilish sanaladi. Bulardan tashqari, inson xayol surish, nutq yordamida ham bilimga ega bo’lishi mumkin. Bilishning bu yo’li quvvai notiqa va quvvai mutahayyila deyiladi. Notiqa quvvati boshqa barcha quvvatlarning (sezgilarning) yetakchisidir.
Hissiy bilim bilish jarayonining markaziy nuqtasi sanalsa ham, lekin u ko’pincha aldab qo’yishi mumkin. Masalan, Quyosh yer atrofida aylanayotganday ko’rinadi, aslida esa aksincha.
Shuning uchun bizning ajdodlarimiz hissiy bilish bilan idrokiy bilishni ajratganlar. Idrokiy bilish hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish, hissiy bilimlarning hosil bo’lishiga asos bo’lgan orazlar (aktsidentsiyalar) zamirida yashiringan mohiyatni – javharni aniqlash orqali hosil qilinadi. Masalan, tanada isitmaning ko’tarilishini aniqlash hissiy bilim sanaladi. Lekin har qanday harorat o’z-o’zidan ko’tarilmaydi. Uning ma’lum ichki sabablari bor. Ana shu sababni aniqlash isitmaga o’xshash, u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish orqali amalga oshiriladi va isitma nimaning alomati ekanligi aniqlanadi.
Solishtirish, qiyoslash, mantiqiy umumlashtirish orqali hosil qilingan bilim idrokiy, nazariy bilim sanaladi. Bu bilim orqali orazlar zamiridagi javhar belgilanadi. Har qanday fan ana shu belgilarni keltirib chiqaradi.
Bundan ko’rinadiki, hissiy (faxmiy) bilim tajriba, amaliyot, bevosita kuzatish bosqichi sanalib, haqiqiy nazariy (idrokiy) bilim amaliy bilimlarning o’zaro munosabatini o’rganish, umumlashtirish orqali hosil qilinadi va bu bilimga ega bo’lish har qanday fanning bosh maqsadidir. Bilishning bu ikki bosqichi hozirgi davrdan barcha fan vakillari tomonidan e’tirof qilinadi. Jumladan, tilshunoslikda ham bu ikki usulga amal qilinadi. Qaysi usulga tayanishga ko’ra tilshunoslik amaliy va nazariy tilshunoslikka bo’linadi.
Tilni o’rganish metodologiyasi va metodlari
Ob’ektni bilish jarayonida tadqiqotchi unga muayyan metodologiya va tekshirish metodi asosida yondashadi. O’rganilayotgan ob’ektni qay darajada ob’ektiv izohlash tadqiqotchining qanday metodologiya va tadqiqot metodiga tayanishiga bog’liq. Shuning uchun har qanday fanda metodologiya va metod tayanch nuqta bo’lib xizmat qiladi.
Metod yunoncha methodos so’zidan olingan bo’lib, tadqiqot usuli demakdir. Metodologiya esa yunoncha methodos “tadqiqot usuli” va logos “ta’limot” so’zlaridan olingan bo’lib, fanning tadqiqot usullari haqidagi ta’limotdir.
Metodologiya umuman ilmiy metod haqidagi ta’limot hamda xususiy fanlar metodlari haqidagi ta’limot, ya’ni bilish faoliyati yo’llari haqidagi ta’limot sifatida har qanday fan nazariyasi va amaliyotida katta ahamiyatga ega.[1]
Ko’rinadiki, metodologiya va metod tushunchalari o’zaro uzviy bog’liqdir. Xususiy fan metodlari bilan umumiy ilmiy metod bir-biri bilan munosabatdadir.
Bilish usullari umumiy va xususiy bo’ladi. Shuning uchun u falsafiy metod, ya’ni umuman bilish usuli haqidagi metod va umumilmiy metodlarga bo’linadi. Birinchi holatda metodologiya u yoki bu falsafiy sistemaga xos bilish metodi tamoyillariga muvofiqligi sifatida tushunilsa, ikkinchi holatda esa metodologiya u yoki bu fan tarmog’iga xos tadqiqot metodlari haqidagi ta’limot sifatida tushuniladi.
Fan metodologiyasi bilishning falsafiy metodining muayyan fan doirasida o’rganilayotgan ob’ekt xususiyatlaridan kelib chiqqan holda konkret qo’llanilishidir.
Falsafiy metod, ya’ni bilish metodi tabiat, jamiyat va tafakkurning umumiy qonuniyatlari haqidagi ta’limot sanaladi.
Umummetodologik tamoyillar turli fanlar bergan ma’lumotlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi.
Har qanday fan maxsus tadqiqot metodlarini ishlab chiqadi. Bu ilmiy tadqiqot metodlari falsafiy va mantiqiy metodlar bilan umumilmiy metodlar orqali muvofiqlashadi.
Xususan, tilshunoslikda qo’llaniladigan metodlar matematika yoki fizikada qo’llaniladigan metodlardan farq qiladi. Fizikada asboblar yordamidagi eksperiment metodi ustuvorlik qilsa, tilshunos matn tahlili va uni umumlashtirish usulidan ko’proq foydalanadi.
Tilshunoslikda tavsifiy, qiyosiy-tarixiy, struktur singari metodlar qo’llaniladi va ulardan qaysi birining ustuvor metodga aylanishiga ko’ra tilshunoslik tarixi ham turli bosqichlarga bo’linadi.
Metod atamasi bilan metodika atamasi ko’p hollarda sinonim sifatida ishlatiladi. Lekin metod va metodika bir-biridan farq qiladi. Metod bilish usuli bo’lsa, metodika bilish usulida qo’llaniladigan yo’l-yo’riqdir.
Tavsifiy metod. Tavsifiy metod tilshunoslikda eng qadimiy va eng keng tarqalgan metod hisoblanadi. Ayniqsa bu metod til o’qitish tajribasi uchun katta ahamiyatga ega.
Tavsifiy metodning o’ziga xos jihati shundan iboratki, u ob’ektni bevosita sezgi a’zolari bergan ma’lumotga asoslanib o’rganadi. Xususan, tilshunoslikda o’rganish ob’ekti matn hisoblanadi. Matndan gaplar, gaplardan so’zlar, so’zlardan morfemalar, morfemalardan tovushlar ajratiladi va ular muayyan guruhlarga birlashtirilgan holda tavsiflanadi.
Tavsifiy metod ma’lumotlari boshqa barcha metodlar uchun tayanch nuqta bo’lib xizmat qiladi. Xususan, struktur metod tavsifiy metod xulosalariga tayangan holda ish ko’radi. Yoki qiyosiy-tarixiy metod uchun ham qiyoslanayotgan ob’ekt haqidagi izohni tavsifiy metod beradi. Demak, u ham tavsifiy metod xulosalari asosida ish ko’radi.
Qiyosiy-tarixiy metod. Olamni bilishda o’rganilayotgan ob’ektni qiyoslash katta rolь o’ynaydi. Oldin o’rganilgan ob’ektni yangi o’rganilayotgan ob’ektga qiyoslash bilishning eng asosiy usullaridan biridir. Qiyoslash natijasida qiyoslanayotgan ob’ektlarning umumiy va o’ziga xos jihatlari aniqlanadi. Bunday usul tilshunoslikda ham qardosh va qardosh bo’lmagan tillarning umumiy va o’ziga xos jihatlarini yoritishda keng qo’llaniladi. Shuning uchun ham qiyoslash umumilmiy tafakkur jarayoni sifatida lingvistik tahlilning barcha metodlarida uchraydi.
Lekin lingvistik tadqiqot metodikasida bir tilning ichki tuzilishi bo’yicha qiyoslash va tillararo qiyoslash jiddiy farqlanadi. Bir tilning ichki tuzilishi bo’yicha qiyoslash shu tilning turli grammatik hodisalari va kategoriyalarini o’z ichiga oladi. Masalan, sifat bilan ravish qiyoslanadi va ularning umumiy hamda o’ziga xos jihatlari aniqlanadi.
Tillararo qiyoslashda turli tillar bir-biriga taqqoslanadi.
Tillararo qiyoslash, bir tomondan, qardosh tillarni, ikkinchi tomondan, noqardosh tillarni o’rganish va o’qitish tajribasi ta’sirida maydonga keldi.
Tillararo qiyoslash o’ziga xos tadqiqot usullari sistemasiga ega. U ikki xil tilshunoslik metodini vujudga keltirdi. Birinchisi, qardosh tillarni qiyoslash, ikkinchisi esa noqardosh tillarni qiyoslash.
Birinchi tipdagi qiyoslashda qardosh tillardan bittasini boshqasiga qiyoslash yo’li bilan ularning tarixiy taraqqiyoti, ular o’rtasidagi farqlanish jarayoni ochib beriladi. Bunday qiyoslash qiyosiy-tarixiy metod asosida olib boriladi. Bu metod tillarning genetik umumiyligiga asoslanadi.
Ikkinchi tipdagi qiyoslash turli sistemadagi tillar asosida olib boriladi va uning natijasida tipologik kategoriyalar aniqlanadi. Bunday metod qiyosiy-chog’ishtirma metod sanaladi.
Struktur metod va uning yo’nalishlari. Tilshunoslik tarixida strukturalizm XIX asrning 70-yillaridan boshlab hukm surgan yosh grammatikachilarning pozitivistik qarashlariga qarshi maydonga chiqa boshladi. Ularning yosh grammatikachilarga qarshi chiqishiga frantsuz “sotsiologik maktabi” va Fosslerning “nemis neofilologik maktabi” qarashlari ma’lum darajada zamin yaratdi. Garchi bu maktablar yosh grammatikachilar qarashlaridan tamoman uzilmagan bo’lsa ham, lekin tilni, bir tomondan “sotsial fakt”, ikkinchi tomondan, psixologizm deb tushunish strukturalizmning maydonga kelishiga turtki bo’ldi.
Har qanday ilmiy oqim kabi strukturalizm ham o’z g’oyaviy asoslariga ega. Struktur tilshunoslikning paydo bo’lishiga I.A.Boduen de Kurtene va F.de Sossyur qarashlari asos bo’lib xizmat qildi.
I.A.Boduen de Kurtene tilshunoslikka funksionallik tamoyilini olib kirdi. Uning ma’nosi shuki, lingvistik vositalar nutq jarayonida bajaradigan vazifasiga qarab belgilanadi. Bunday tamoyil fonetika sohasida fonema tushunchasining tug’ilishiga olib keldi.
U nutqiy jarayondagi fiziologik tavsifi bilan teng bo’lmagan tovush haqida fikr yuritdi. Natijada fonema tushunchasiga asos soldi.
SHveytsariya tilshunosi F.de Sossyurning tilshunoslik oldidagi buyuk xizmati shundaki, u sinxroniya bilan diaxroniyani aniq farqladi. Shuningdek, sinxron nuqtai nazar ma’lum bir tilning muayyan bir davrida mavjud bo’lgan elementlarning o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan sistemani hosil qiladi, degan fikrga kelishiga imkon tug’dirdi. Uning fikricha, til qismlari sinxron munosabatda o’rganilishi mumkin bo’lgan sistemadir.
Garchi sinxroniya va diaxroniya o’rtasidagi munosabat, tilning sinxron holatiga xos sistemaviylik dastlab Boduen tomonidan olg’a tashlangan bo’lsa ham, lekin Sossyur tomonidan aniq ifodasini topdi va uning bu ikki bosh g’oyasi, ya’ni tilning sinxron tahlili, til sistemasi hamda til strukturasi va til funktsiyasi haqidagi g’oyalar yangi tilshunoslikning shakllanishida tayanch nuqta bo’lib xizmat qildi.
V.Matezius fikriga ko’ra, Boduen, Sossyur g’oyalariga asoslangan fuktsional va struktural nuqtai nazar hozirgi kunda tilshunoslik istiqboli uchun puxta zamin yaratuvchi yagona nazariyadir.
F.de Sossyurning tilga elementlar munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida yondashuvi, nutqiy faoliyatning til va nutq o’rtasidagi o’zaro munosabatdan tashkil topgan butunlik deb e’tirof etishi, tilning sinxron va diaxron holatini aniqlab berishi va uning belgilik tabiatini yoritishi struktur tilshunoslikning tug’ilishiga zamin yaratdi.
Shuning uchun A.A.Xolodovich F.de Sossyur kitobining tilshunoslik tarixidagi ahamiyati haqida fikr yuritar ekan, uning dunyoga kelishi tilshunoslik tarixida yangi davrning boshlanishiga olib keldi, deydi.
Bundan tashqari, struktur tilshunoslikning paydo bo’lishiga XX asrda tabiiy fanlar qo’lga kiritgan yutuqlar ham sabab bo’ldi. Xususan, XX asrning birinchi choragida fizika fanida eng kichik zarrachalar kashf etildi. Buning natijasida bevosita sezgi a’zolarimiz ta’siriga beriladigan har qanday hodisalar o’z ichida ichki tarkibiy qismlardan tashkil topishi va bu tarkibiy qismlarning o’zaro munosabati strukturani hosil qilishi haqida fikr yuritildi. Shunday qilib, struktura atamasi ostida muayyan butunlik tarkibida ishtirok etgan elementlar o’rtasidagi munosabatlar usuli, Harakteri, qonuni tushunila boshlandi.
Bu davrda struktura tushunchasi barcha fanlar uchun ommaviy tushunchaga aylandi. Bundan tilshunoslik ham istisno emas. Ana Shunday umumiy tendentsiya ta’sirida sistemaviy-struktur tilshunoslik maydonga keldi.
Barcha fanlarda struktura atamasi keng qo’llanayotgan bo’lsa ham, lekin bu atama talqinida xilma-xillik vujudga keldi. Ana Shunday xilma-xillik tilshunoslikka ham o’z ta’sirini ko’rsatdi.
Tilshunoslikda struktura atamasi turli ma’noda talqin qilinadi. Ulardan keng tarqalgani ikki xildir:
Birinchisida struktura deb o’zaro bog’langan va shartlangan munosabatda bo’lgan elementlardan tashkil topuvchi butunlik tushuniladi. Strukturaga bunday yondashuv o’rganilayotgan ob’ektni uni tashkil etgan elementlar o’rtasidagi ichki aloqa va bog’liqlikni yoritishni talab etadi.
Ikkinchi yo’nalishda esa struktura sof shakllar va sof munosabatlar sifatida tushuniladi. SHakl esa konkret qo’llanilishdan uzilgan holda talqin qilinadi.
Ana shundan kelib chiqqan holda struktur tilshunoslikning turli tarmoqlari dunyoga keldi. Ular funksional lingvistika, glossematika va deskriptiv lingvistika yo’nalishlaridir.
Glossematika. Struktur lingvistikaning muhim tarmog’i glossematikadir. Bu yo’nalish F.de Sossyur kontseptsiyasi asosida, lekin uning qarashlariga bir tomonlama yondashgan holda maydonga keldi.
Glossematika yunoncha glossa “til” so’zidan olingan bo’lib, bu yo’nalish tarafdorlarining e’tirof etishiga ko’ra, ob’ektni o’rganishda o’ta sub’ektivizmga yo’l qo’ygan va Shuning uchun noilmiy bo’lgan an’anaviy tilshunoslikka qarama-qarshi ravishda paydo bo’ldi.
Glossematikaning asosiy tamoyillari V.Brendalning “Struktural lingvistika”, L.Elmslevning “Til nazariyasi tezislari”, “Boshqaruv tushunchasi”, “Lingvistikada struktur tahlil metodi”, “Til va nutq” singari bir qator asarlarida bayon qilingan.
V.Brendal yuqorida ko’rsatilgan asarida struktural lingvistikaning paydo bo’lish sabablari haqida yozar ekan, bu yo’nalish maydonga kelgunga qadar bo’lgan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, yosh grammatikachilar qo’llagan tekshirish metodlariga baho beradi. Adabiy oqimlarning naturalizm va realizm davriga xos eng kichik faktlarni aniq va sinchkovlik bilan tahlil etish tamoyilidan ilhomlangan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik sof pozitivistik xususiyatga ega bo’lgani, u bevosita kuzatishga beriluvchi hodisalarni, ya’ni tovushli nutqni o’rganish bilan cheklanganligiga tanqidiy baho beradi.
XX asrda ko’zga ko’ringan gnoseologlar pozitivistik nuqtai nazarning kuchsiz tomonlarini ochib tashladi. Bunday kontseptsiya hozirgi fanning ravnaqi uchun endi xizmat qilolmasligi aniq bo’lib qoldi.
Natijada barcha fanlarda, Shuningdek, lingvistikada ham antipozitivistik ruh kuchaydi.1 Ana Shunday sharoitda struktur tilshunoslik paydo bo’ldi.
Strukturalizm nomi bilan ma’lum bo’lgan yangi nuqtai nazarning Harakterli belgisi, uning fikricha, butunlik tushunchasiga ta’kid berishdir.
Glossematikaning asosiy tamoyillari uning yirik vakili bo’lgan L.Elьmslev asarlarida yorqin tarzda o’z ifodasini topgan.
Uning fikricha, struktura o’z ichki tartibiga asoslangan ierarxiya ekanligi va yagona tayanch nuqtaga egaligi bilan Harakterlanadi. Bu ierarxiyani faqat deduktiv yo’l bilan yoritish mumkin.
Xuddi Shunday ierarxiyani o’rganishga mo’ljallangan deduktiv metodni esa empirik yoki immanent-semiologik metod deb hisoblaydi.
Empirik yoki immanent-semiologik metod belgilar funktsiyasini lingvistik tadqiqotlarning asosiy predmeti deb hisoblaydi. Bu metod, L.Elmslev ta’biri bilan aytganda, semiologik hodisalar bilan semiologik bo’lmagan hodisalarni farqlamasdan, ularni aralashgan holda o’rganuvchi har qanday metoddan afzallikka ega. Empirik metod bu soddalik tamoyiliga asoslangan metoddir.
Struktural lingvistika tilshunoslikda yangi yo’nalish sanalib, uning metodi bir vaqtning o’zida deduktivlik va empirik tamoyilga asoslanishini bayon qiladi.
“Tilshunoslik va struktur tahlil metodi” asarida hozirgi tilshunoslikning asoschisi ko’p jihatdan F.de Sossyur hisoblanishi, Chunki u birinchilardan bo’lib, tilni struktur o’rganishga, ya’ni til birliklarini bevosita nutq jarayonida qanday voqelanishidan qat’i nazar, ular o’rtasidagi munosabatni o’rganishga da’vat etganini bayon qiladi.
Ana shundan kelib chiqqan holda, u real til birliklari tovush yoki harf va ma’nolar emas, balki tovush yoki harf va ma’nolar yordamida gavdalangan munosabat elementlaridir, degan xulosaga keladi. Muhim narsa tovush yoki harflardan iborat emas, balki nutq zanjirida va grammatikadagi paradigmalarda mavjud bo’lgan munosabatlardir. Xuddi ana shu munosabat til sistemasini tashkil etadi, ana shu ichki sistema ma’lum bir tilni boshqa bir tildan farqlab turuvchi Harakterli belgi sanaladi.
Shuning uchun munosabatlar tugunini o’rganish lingvistikaning bosh maqsadi bo’lishi kerakligini, bu munosabatlar tugunining konkret namoyon bo’lishi til uchun muhim emasligini bayon qiladi. Uning fikricha, ma’lum bir qiymat turli moneta, qog’oz pul, cheklar orqali namoyon bo’lishi mumkin. Lekin ular qanday gavdalanishidan qat’i nazar qiymat o’zgarmaydi.
Funksional lingvistika. Praga strukturalizmi. Struktur tilshunoslikning shakllanishi va rivojlanishida Praga lingvistika maktabi alohida o’rin egallaydi. Bu maktab negizida 1926 yilda mashhur chex tilshunosi V.Matezius (1882-1945) tashabbusi bilan tashkil etilgan Praga lingvistik to’garagi a’zolarining qarashlari yotadi. Praga lingvistik to’garagining nazariy qarashlari 1929 yilda Pragada bo’lib o’tgan slavyanshunoslarning I xalqaro se’zdida tavsiya etilgan “Praga lingvistik to’garagi tezislari”da bayon qilingan.
Praga lingvistik maktabining o’ziga xos xususiyati strukturlik va funksionallikdadir. Bu maktab vakillari tilning strukturligiga tayanish bilan birga, til va uning birliklarining vazifasiga jiddiy e’tibor beradilar.
Praga maktabi lingvistik kontseptsiyasining ikki muhim jihati mavjud. Ularning har ikkisi Praga maktabining lingvistikaga olib kirgan yangiligi uchun bir xil qimmatga ega. Bu muhim ikki jihatning birinchisi strukturallikdir. Praga lingvistlari lingvistik muammolar qatoriga struktura muammosini, ya’ni tilning struktur Harakteri va uning qismlari o’rtasidagi munosabat muammosini olib kiradi.
Ikkinchi jihat shundan iboratki, Praga lingvistik maktabi funksionaldir. “Funktsiya” atamasi bu o’rinda tobelilik (“zavisimostь”) ma’nosida emas, balki vazifa ma’nosida qo’llaniladi.
Shunday qilib, strukturlik va funksionallik Praga lingvistik maktabining ikki muhim xususiyati hisoblanadi. Shuning uchun ham Praga lingvistik maktabi funksional lingvistika nomi bilan yuritiladi.
“Praga lingvistik to’garagi tezislari”da bayon qilinishicha, til inson faoliyatining hosilasi bo’lishi bilan birga, ma’lum maqsadga yo’naltirilganlik xususiyatiga ega bo’ladi. Shuning uchun lingvistik tahlilga funksional nuqtai nazardan yondashmoq lozim. Ana shu jihatdan til muayyan maqsadga xizmat qiluvchi ifoda vositalari sistemasi hisoblanadi.1
Tezisda tildagi hech bir hodisa shu til mansub bo’lgan sistemani hisobga olmasdan turib to’g’ri tushunilishi mumkin emasligi, Shuning uchun tilga funksional sistema sifatida yondashish lozimligi ta’kidlanadi.
N.S.Trubetskoy til va nutq dixotomiyasini e’tirof etgani holda, nutqiy jarayonning bu ikki aspekti o’rtasida katta tafovut mavjudligini, Shuning uchun nutqiy jarayonning tovush tomonini turli fanlar o’rganishi lozimligini ko’rsatadi.
Ana shu asosda N.S.Trubetskoy til tovushlari va nutq tovushlarini ajratadi. Uning fikricha, nutq tovushlari haqidagi ta’limot konkret moddiy hodisalar bilan ish ko’rganligi tufayli tabiiy fanlarning tekshirish metodi bilan ishlash lozim bo’lsa, til tovushlari, aksincha, sof lingvistik metod bilan ish yuritadi. Shunga ko’ra, nutq tovushlari haqidagi ta’limotni fonetika, til tovushlari haqidagi ta’limotni esa fonologiya deb nomlanishini ta’kidlaydi.1
Funktsiya tushunchasini Praga lingvistlari tilni funksional sistema sifatida talqin etishda rivojlantirdilar.
Boduen de Kurtene tashqi va ichki lingvistikani bir-biridan ajratar ekan, tilni tildan tashqaridagi borliqdan ajratib o’rganishga qat’iy qarshi chiqadi. Shuning uchun u adabiy til bilan xalq shevalari o’rtasidagi munosabatni o’rganishga alohida ahamiyat beradi.
Praga lingvistlari Boduenning bu qarashlarini rivojlantirdilar. Ular hech qanday til bo’shliqda yashamasligi, uning til jamoasi o’rtasida mavjud bo’lishini, jamoaning kommunikativ va ekspressiv ehtiyojini qondirish uchun yashashini ta’kidlaydilar. Ana shundan kelib chiqib, Praga tilshunoslari nutqiy faoliyatni ikki asosiy funktsiya bajarishini ko’rsatadi: 1) sotsial funktsiya (individlar o’rtasidagi munosabat); 2) ekspressiv funktsiya (hayajon ifodalash, so’zlovchiga ta’sir etish).
Nutqiy faoliyatning sotsial funktsiyasi, o’z navbatida, yana ikki guruhga ajratiladi: 1) axborot funktsiyasi. Bunda so’zlovchining butun e’tibori ma’lum axborotni uzatishga qaratiladi; 2) poetik funktsiya. Bunda asosiy e’tibor axborotni uzatish shakliga qaratiladi, ya’ni nimani ifodalash bilan birga, qanday ifodalashga asosiy e’tibor qaratiladi.
Tildan kommunikativ funktsiyada foydalanish jarayonida unga tilga yondosh (ekstralingvistik) hodisalar ham yordamga keladi. Bunday hodisalar qatoriga imo-ishoralar, mimika, nutq vaziyati singari hodisalar kiradi.
Bunday tilni Praga tilshunoslari amaliy til deb hisoblaydilar va uni ma’lum nutqiy vaziyatdan holi bo’lgan sistemadan iborat nazariy tilga qarama-qarshi qo’yadilar. Nazariy til aniq va to’liq, ko’pincha grafik belgilar va simvollar orqali ifodalangan bo’ladi. Xususan, ilmiy uslub orqali namoyon bo’lgan til ana Shunday xususiyatga ega bo’ladi.
Praga tilshunoslari funktsiyaga alohida e’tibor berganliklari holda, nutqiy faoliyatning turli funktsiyalari mavjud ekanligi, ularning har biriga turli funksional tillar to’g’ri kelishi lozimligini ta’kidlaydilar.
Til funktsiyalari nazariyasi va u bilan bog’liq adabiy tilning funksional farqlanishi masalasi Praga lingvistik maktabi vakillarining ilmiy va amaliy faoliyatida muhim o’rinni egallaydi.
Praga tilshunoslari tilning barcha sath birliklarini funksional o’rganishga alohida ahamiyat berdilar.
Amerika strukturalizmi Struktur tilshunoslikning uchinchi yirik tarmog’i deskriptiv lingvistika nomi bilan yuritiluvchi Amerika strukturalizmidir.
Deskriptiv lingvistika F.Boas (1808-1942), E.Sepir (1884-1939) va L.Blumfild(1887-1949)lar nomi bilan bog’liqdir.
V.A.Zvegintsevning ta’kidlashicha, Amerika strukturalizmi to’g’ridan-to’g’ri F.de Sossyur ta’limotidan kelib chiqqan emas. U Amerika induslarining tilini o’rganish jarayonidagi amaliy ehtiyoj zamirida vujudga keldi.1
Mashhur lingvist va antropolog F.Boas Amerika induslari tilini o’rganish bilan shug’ullanar ekan, barcha tillar uchun umumiy bo’lgan tekshirish tamoyillaridan voz kechish, uning o’rniga o’rganilayotgan konkret tilning ichki xususiyatiga asosiy e’tiborni qaratishga, deduktsiya asosida emas, balki induktiv usul bilan o’rganishga da’vat etadi.
Amerika induslari tilini o’rganish chog’idagi o’z tajribasiga suyangan holda, F.Boas Hind-Evropa tillari materiallari asosida maydonga kelgan tadqiq metodlarini bu tillarga qo’llash mutlaqo mumkin emasligini asoslashga harakat qildi.
Amerika induslari tili, birinchidan, Hind-Evropa tillaridan farq qiluvchi o’ziga xos kategoriyalarga ega. Ikkinchidan, tarixiy taraqqiyotining oldingi davrlari haqida guvohlik beruvchi yozma manbalariga ega emas. Uchinchidan, ularning dunyodagi qaysi tillar bilan qarindoshligi hali noma’lum. Bu faktorlar esa, F.Boasning fikricha, Amerika induslari tilining tashqi, formal tomoniga asoslangan ob’ektiv tekshirish metodlarini ishlab chiqishga ehtiyoj tug’diradi. Ana Shunday tekshirish metodi sifatida deskriptiv (tavsifiy) metod paydo bo’ldi.
Deskriptiv metodni targ’ib qiluvchi tilshunoslarning fikriga ko’ra, tilshunoslikning bosh vazifasi tilni tavsiflash, ya’ni til faktlarini tushuntirish, izohlash emas, balki ro’yxatga olishdan iboratdir. Ana shu vazifadan kelib chiqqan holda, bunday tadqiqot metodi deskriptiv (ingl.to dessribe-“tavsiflash”) metod nomini oldi.
Sepir til va madaniyat munosabati haqida fikr yuritar ekan, til qurilishi bilan madaniyatning to’g’ridan-to’g’ri muvofiqligini topish mumkin emasligi, xalq madaniyati uning tilidagi lug’at tarkibi bilan bog’liq ekanligini bayon qiladi. Uning til va madaniyat yuzasidan olib borgan kuzatishlari keyinchalik tilning xalq madaniyati, urf-odatlari bilan munosabatini o’rganuvchi alohida lingvistik yo’nalish -etnolingvistikaning shakllanishiga asos bo’lib xizmat qildi.
Sepirning fikricha, inson ma’lum darajada o’zi mansub bo’lgan til hukmronligida yashaydi, «real borliq» ma’lum darajada shu jamiyatning til me’yorlarida o’z tuzilishini aks ettiradi. Natijada u tilning qaysi shaklda ekanligi ob’ektiv borliqning qanday bo’linishiga olib keladi, degan g’ayriilmiy xulosaga keladi. Xuddi ana shu g’oya «Sepir-Uorf gipotezasi» nomi bilan mashhur bo’lgan gipotezada ham o’z ifodasini topdi.
Bu gipotezaning Sepir va Uorf nomi bilan yuritilishining sababi shundaki, Sepir bayon qilgan yuqoridagi g’oya B.Uorf (1897-1941) tomonidan ham olg’a suriladi.
L.Blumfild deskriptiv lingvistika sistemasining bevosita yaratuvchisi sanaladi. Yu.D.Apresyanning ta’kidlashicha, Amerika lingvistik maktabining vujudga kelishi E.Sepir va L.Blumfildlar nomi bilan bog’liqdir. Ularning ta’limotlari asosida Amerika lingvistikasining ikki tarmog’i maydonga keldi. Ularning biri Sossyur strukturalizmining davomchilari bo’lib, L.Blumfild qarashlari, ikkinchisi esa E.Sepir qarashlari asosida shakllandi.1 L.Blumfild ta’limoti Sossyur strukturalizmining bir ko’rinishi sifatida maydonga keldi. E.Sepir qarashlari asosida maydonga kelgan ikkinchi tarmoq esa, Sossyur strukturalizmidan birmuncha chetga chiqadi. Chunki bu ta’limotda tilning struktur tahlili natijalari shu til egalari bo’lgan xalqning moddiy va ma’naviy madaniyati struktur tahlili natijalari bilan solishtiriladi.
Blumfild nazariyasiga ko’ra esa inson xulqi variativligi, shu jumladan, nutq variativligi, inson organizmning murakkab sistemaliligi bilan bog’liqdir.2
L.Blumfild o’z oldiga yagona, konstruktiv va izchil qurilgan tushunchalar sistemasini ishlab chiqishni bosh maqsad qilib qo’ydi. Garchi bu sistemaning bir qator jihatlari tarixiylik uchun qiziqish uyg’otsa ham, lekin, umuman, u bir butun holda hanuzgacha o’z qimmatini yo’qotgan emas.
Bu sistemaning bir qator tamoyillari tilshunoslikning keyingi rivoji uchun muhim rol o’ynadi. Ular qatoriga quyidagi faktorlarni kiritish mumkin:
1. L.Blumfild xuddi F.de Sossyur kabi “til” atamasi ostida ifodalanadigan murakkab hodisa tarkibida sof lingvistika ob’ektini ajratib olishga harakat qildi. Uning fikricha, lingvistika ob’ekti bir-biriga bog’lanmagan alohida tovush va ma’nolar emas, balki “ma’lum tovushlarning muayyan ma’nolar bilan bog’lanishi” bo’lishi kerak. Tovush tilshunosni faqat ma’no farqlash nuqtai nazaridan qiziqtiradi. Tovushning (fonemaning) muhim belgisi ma’no farqlashidir.
Xuddi Shuningdek, grammatika va leksikologiyada ham tilshunosni so’z va shaklning konkret ma’nosi emas, balki ikki so’z va shakl ma’nosi o’rtasidagi farqlanish fakti qiziqtirmog’i lozim. Shunday qilib, L.Blumfild tilshunoslikka differentsial ma’no tushunchasini kiritdi. Uning bu tamoyili L.Elьmslevning “kommutatsiya” tamoyili bilan ekvivalentdir.
2. Ma’lum tovushlarning muayyan ma’no bilan bog’langan shakllarini L.Blumfild til shakllari hisoblaydi va ma’no bilan bog’lanmagan fonemalarga qarama-qarshi qo’yadi, fonemalarni til shakli sanamaydi.
Barcha til shakllarini, birinchidan, bog’liq va erkin, ikkinchidan, murakkab va sodda shakllarga ajratadi. Uning ta’kidlashicha, hech qachon alohida qo’llanilmaydigan (morfema va so’zning boshqa qismlari) shakl bog’liq shakl, boshqa shakllardan alohida qo’llaniluvchi (so’z, so’z birikmasi) shakl esa erkin shakl hisoblanadi. Shuningdek, boshqa til shakllariga fonetik-semantik jihatdan qisman o’xshash bo’lgan shakllar (so’z, so’z birikmasi, gap) murakkab, bunday o’xshashlikka ega bo’lmagan shakllar (morfemalar) sodda shakl sanaladi. Ana shu ikki tasnif asosida u o’zi tomonidan ishlab chiqilgan barcha lingvistik tushunchalarni aniqlashga harakat qiladi. Xususan, uning lingvistik ta’limoti markaziy tushuncha bo’lgan sinf va konstruktsiyani belgilashga tayanch nuqta sifatida xizmat qiladi.
3. Ikki murakkab shakl uchun umumiy qism sanalgan til shakli konstituent yoki shu murakkab shaklning qismi (komponenti) sanaladi. Konstituentlar bevosita ishtirokchilar va oxirgi (terminal) ishtirokchilarga bo’linadi. Oxirgi ishtirokchi morfema sanaladi. Bevosita ishtirokchilar tushunchasi Sossyurning sintagma tushunchasiga yaqin bo’lib, quyidagi misol asosida tushuntiriladi: Poor John ran away (“Bechora Djon uzoqqa qochdi”); Bu gap ikkita bevosita ishtirokchiga bo’linadi: Poor John va ran away. Ularning har qaysisi, o’z navbatida yana ikkita yangi bevosita ishtirokchiga bo’linadi: Poor va John, ran va away. Shunday qilib, alohida morfemalar ajratilgunga qadar bevosita ishtirokchilar tushunchasi ostida qismlarga ajratila beradi.
Bevosita ishtirokchilar tushunchasi keyinchalik formal sintaktik tadqiqotlarning rivojlanishini belgilab berdi va deyarli 30 yillar o’tgach, mashina grammatikasi va tilning matematik modellarini hosil qilishda keng qo’llanildi.
4. L.Blumfild, Shuningdek, tilshunoslikka substitut tushunchasini olib kirdi. Uning fikricha, ma’lum sinfga mansub bo’lgan bir shaklning muayyan bir sharoitda boshqasi bilan almashinib kelishi substitut sanaladi. Substitutlar shakllarning sinfini hosil qiladi.
5. Tarkibidagi bevosita ishtirokchilarning hech qaysisi bog’liq shakl bo’lmagan til shakli sintaktik konstruktsiya sanaladi. L.Blumfild tomonidan ishlab chiqilgan lingvistik tushunchalar sistemasi asosan ana shulardan iborat.
Bu tushunchalarning bir qanchasi, xususan, bevosita ishtirokchilar, substitutsiya, ekzotsentrik va endotsentrik konstruktsiyalar kabi tushunchalar struktur tilshunoslikdan boshqa tilshunoslik yo’nalishlarida ham e’tirof etildi.
Blumfild ta’limotida jumla tilshunoslikning asosiy tadqiqot ob’ekti sanalganligi tufayli, uning lingvistik tahlil metodikasida morfema grammatik shakllarning asosiy o’lchov va qo’shilish birligi sifatida e’tirof etiladi. So’z esa til birligi sifatida tahlildan chetda qoldiriladi. Bunday yondashuv nafaqat L.Blumfild, balki ko’pchilik deskriptivchilar uchun ham Harakterlidir. Morfemaning yetakchilik roli ayniqsa jumlani bevosita ishtirokchilar metodi asosida qismlarga ajratishda aniq o’z ifodasini topadi. Chunki u butunning qurilishi uchun asosiy element hisoblanadi. Gap ma’lum qoidalar asosida tashkil topgan morfemalar ketma-ketligi sifatida talqin qilinadi.
Morfemalar erkin va bog’liq morfemalarga bo’linadi. Uning fikricha, jumla bo’lib kelish imkoniyatiga ega bo’lgan shakl erkin, erkin bo’lmagan shakl bog’liq sanaladi. So’zning qismini tashkil etgan bog’liq shakl formant hisoblanadi. Morfemalarning o’zaro qo’shiluvidan tashkil topgan butunlik konstruktsiya hisoblanadi. Konstruktsiyalarning qanday morfemalardan tashkil topishiga ko’ra morfologik va sintagmatik konstruktsiyalar turlari va ularni o’rganadigan grammatikaning morfologiya va sintaksis bo’limlari ajratiladi.
L.Blumfild fikriga ko’ra, tarkibida bog’liq morfema yetakchilik qilgan konstruktsiyalar bevosita ishtirokchilari erkin morfemalardan tashkil topgan konstruktsiyalardan tubdan farq qiladi. Birinchi tipdagi konstruktsiya morfologik konstruktsiya sanaladi va u tilshunoslikning mustaqil bo’limi bo’lgan morfologiya bo’limida o’rganiladi.
L.Blumfild tilning asosiy birliklari sifatida fonema, morfemalarni e’tirof etadi. Uning fikricha, minimal shakl morfema, uning ma’nosi esa semema sanaladi.
Uning bayon qilishicha, morfologiya ostida bevosita ishtirokchilar sifatida bog’liq morfemalar xizmat qiladigan konstruktsiya tushuniladi. Morfologiya so’z tuzilishi va uning qismlarini o’rganadi. Sintaksis esa so’z birikmalari konstruktsiyalari bilan ish ko’radi.
Bevosita ishtirokchilarining hech qaysi biri bog’liq morfema bo’lmagan konstruktsiyalar sintaktik konstruktsiya sanaladi.
L.Blumfild erkin morfemalarni leksemaga tenglashtiradi. Uning ta’kidlashicha, tilning barcha morfemalar zahirasi shu tilning leksikoni hisoblanadi. man “odam”; cut “kesmoq”, run “yugurmoq”, red “qizil” tipidagi bitta erkin morfemadan tashkil topgan birliklar so’z-morfema hisoblanadi.
L.Blumfild sintaktik birliklarga ham xuddi morfologik birliklar kabi konstruktsiya sifatida yondashadi va uning tarkibiy qismlarini bevosita ishtirokchilarga ajratish yo’li bilan tahlil etadi. Demak, konstruktsiya tarkibini o’rganish morfologik sathda ham, sintaktik sathda ham bir xil tamoyilga asoslanadi.
Shuningdek, til sathlari nazariyasi ham L.Blumfild nomi bilan bog’liqdir. Uning fikricha, tilni tavsiflashni eng quyi sath bo’lgan fonologik sathdan boshlash lozim. Unda fonemalar miqdori aniqlanadi va bu fonemalarning qo’shilish imkoniyatlari belgilanadi. Fonologik sath tavsiflangandan so’ng yuqori sath - semantik sathga o’tildi. Bu sath grammatika va leksikani o’z ichiga oladi. N.Xomskiy esa lingvistik nazariyaning markaziy masalasi “Lingvistik sath nazariyasi” ekanligini ko’rsatadi.1
Shunday qilib, L.Blumfild tilni tadqiq etishning izchil sistemasini ishlab chiqdi. Yu.D.Apresyanning e’tirof etishicha, L.Blumfild ishlab chiqqan sistema lingvistik tahlil texnikasini mukammallashtirishda metodologik asos rolini bajardi. O’tgan asrning 30-yillari oxiri, 50-yillari boshlarida shakllangan va Amerika strukturalizmining eng obro’li tarmog’i sanalgan distributiv lingvistikaning paydo bo’lishi uchun poydevor bo’lib xizmat qildi.
Deskriptiv lingvistikaning tahlil metodlari. Distributiv tahlil metodi.
Deskriptiv tilshunoslik til tuzilishini ifoda va ma’nodan tashkil topgan butunlik, deb tushunadi va ifoda tuzilishini tilning bosh komponenti, deb hisoblaydi.2 Mazmun tuzilishini esa ikkinchi muhim komponent sifatida baholaydi. Lekin mazmuniy tuzilishga munosabat Amerika tilshunosligida bir xil emas. Shuning uchun lingvistik ma’no va uning lingvistik tadqiqotlardagi o’rni masalasi Amerika tilshunosligining fundamental muammosiga aylandi.
Blumfild tilning ifoda va ma’no tomonini e’tirof etgan va ma’noni konkret vaziyat bilan bog’liq ekanligini ko’rsatgan bo’lsa, Yelь maktabini tashkil etgan shogirdlari va izdoshlari (Dj Treyjer, Z.Harris, B.Blok va boshq.) lingvistik tadqiqotlardan mazmuniy tomonni to’la chiqarib tashlash talabi bilan chiqdilar.
Deskriptivchilarning ta’kidlashlaricha, segmentatsiya, substitutsiya, distributiv tahlil tilning har qanday aspektini tadqiq etishda qo’llanilishi mumkin. Bevosita ishtirokchilarga ajratish asosidagi tahlil esa faqat morfologiya va sintaksis doirasida qo’llaniladi.
Til tuzilishini ifoda va ma’no, ya’ni shakl va mazmun tuzilishi munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida e’tirof etuvchi deskriptivchilar ko’proq shakliy tuzilish birliklarini o’rganishga e’tibor qaratadilar.
Mazmuniy tuzilishdan farqli ravishda, shakliy tuzilish bevosita sezgi a’zolarimizga beriladi va uni oson o’rganish mumkin. Shuning uchun akustik va artikulyatsion fonetikada tovushni o’rganishda yuqori darajadagi aniqlikka erishildi.
Distributiv tahlilning birinchi bosqichi jumlani eng kichik qismlarga ajratish-segmentlash va ularni daftarda simvollar bilan ifodalashdan boshlanadi. Masalan, kitobni o’qimoq birikmasini erkin ravishda quyidagi segmentlarga ajratishimiz mumkin: ki-tob-ni o’-qi-moq. Tadqiqotchi informantdan (talaffuz qiluvchidan) bu birikmaning talaffuzini takrorlashni iltimos qiladi yoki shu birikma boshqa informant orqali talaffuz qildiriladi.
Ikkinchi marotaba talaffuz qilinganda, jumla tarkibidagi tovushlar oldingisidan bir oz farqlanishi mumkin. Masalan, o birida cho’ziqroq, ikkinchisida qisqaroq talaffuz qilinishi mumkin. Lekin informantlar har ikki holatda talaffuz qilingan tovushlarni bir xil deb qabul qiladi. Chunki o ning cho’ziq-qisqa talaffuz qilinishi informantlar uchun muhim bo’lmaydi, ma’no farqlamaydi.
So’ngra bu jumladan ajratilgan segmentlarni boshqa jumla tarkibiga qo’yib ko’ramiz va informant uchun Shunday qilish mumkin ekanligini tekshirib ko’ramiz.
Ana shu asosda har bir tovush u yoki bu segmentning vakili ekanligini aniqlaymiz. Bir tovushni turli o’rinlarda qo’llab, ularning qurshovi belgilanadi. Elementning qurshovi yuqoridagi yo’l bilan aniqlangan elementlar qo’shnichiligidir.
Jumlalarni segmentlash natijasida yuzlab ko’rinishlarda talaffuz qilinuvchi fonlar ajratiladi. Bu segmentlarning nisbatan cheklangan miqdordagi sinflarga birlashtirilishi natijasida fonemalar aniqlanadi. Segmentlarni ana Shunday guruhlarga - sinflarga birlashtirishda elementlar distributsiyasi (joylashish tartibi) xizmat qiladi.
Elementlar distrbutsiyasi atamasi ostida shu elementlarning barcha qurshovlari yig’indisi tushuniladi.
Distributiv lingvistikada ikki tovush o’rtasidagi uch xil munosabat ajratiladi. Bunday munosabat tiplari distributsiya modellari deyiladi.1 Demak, distributsiya modellarining quyidagi turlari belgilanadi:
a) kontrast distributsiya;
b) qo’shimcha distributsiya;
v) erkin almashinish distributsiyasi;
Ikki element bir xil pozitsiyada (qurshovda) biri o’rnida ikkinchisi kelib, ma’noni farqlash vazifasini bajarsa, bu elementlar kontrast distributsiya munosabatida bo’lgan hisoblanadi. Masalan, tom, nom, jom so’zlarining birinchi segmentlari t,n,j bir xil pozitsiyada kelib, ma’no farqlash vazifasini bajarib, o’zaro kontrast distributsiya munosabatidadir.
O’zaro kontrast distributsiya munosabatida bo’lgan elementlar ikki mohiyatning vakillari hisoblanadi.
Ikki element bir xil pozitsiyada biri o’rnida ikkinchisi kela olmasa, bu elementlar o’zaro qo’shimcha distributsiya munosabatida bo’lgan sanaladi. Masalan, bil so’zi tarkibidagi i o’rniga shu qurshovda ы ni qo’llab bo’lmaydi, yoki qыl so’zi tarkibidagi ы o’rniga shu qurshovda i ni qo’llab bo’lmaydi. Demak, i va ы tovushlari o’zaro qo’shimcha distributsiya munosabatidadir. Qo’shimcha distributsiya munosabatida bo’lgan ikki segment bir mohiyatning turli vakillari sanaladi. Fonologik sathda bir fonemaning ikki xil varianti hisoblanadi.
Ikki element bir xil pozitsiyada ma’noni o’zgartirmagan holda biri o’rnida ikkinchisi erkin holda almashina olsa, bu ikki segment bir-biri bilan erkin almashinish distributsiyasi munosabatida bo’ladi.
Masalan, gijda so’zidagi portlovchi dj tovushi o’rnida sirg’aluvchi j tovushini almashtirish mumkin, lekin bu almashinish so’zning ma’nosini o’zgartirmaydi. O’zaro erkin almashinish distributsiyasi munosabatida bo’lgan ikki element bir mohiyatning ikki varianti hisoblanadi.
Bevosita ishtirokchilar metodi. Diskriptiv lingvistika vakillari jumlani eng kichik ma’noli qismlarga ajratishda, ya’ni segmentlarga bo’lishda bevosita ishtirokchilar (BI) asosidagi tahlilga ham tayanadilar.
Bu metodga ishora L.Blumfildning “Til” asarida uchrasa ham, uning aniq tamoyillari R.Uellz va Yu.Naydalar tomonidan ishlab chiqildi.
BI metodiga muvofiq, tayanch nuqta konstruktsiya hisoblanadi. Konstruktsiya tarkibidan ishtirokchilar va bevosita ishtirokchilar (BI) ajratiladi.
Konstruktsiya atamasi ostida ma’noli qismlarning ketma-ket munosabatidan tashkil topgan butunlik tushuniladi. Ishtirokchilar deb kattaroq konstruktsiya tarkibiga kirgan so’z yoki konstruktsiya (yoki morfema)ga aytiladi. Muayyan konstruktsiyaning bevosita shakllanishida ishtirok etgan bir yoki bir necha ishtirokchilarga bevosita ishtirokchilar deyiladi. Masalan, SHabboda qurg’ur ilk sahar olib ketdi gulning totini, (H.O.) jumlasi konstruktsiya hisoblanadi. Uning tarkibida ishtirok etgan barcha ma’noli so’zlar ishtirokchilar, bevosita aloqaga kirishgan so’zlar esa bevosita ishtirokchilar (BI) sanaladi. SHabboda so’zi bilan totini so’zi o’rtasida ma’lum ma’noda bog’lanish (biri gapning boshlovchisi, ikkinchisi gapning yakunlovchisi) bo’lsa ham, lekin ular o’rtasida bevosita aloqa mavjud emas. Aksincha, gulning so’zi totini so’zi bilan ilk sahar so’zi olib ketdi so’zi bilan, shabboda qurg’ur so’zi olib ketdi so’zi bilan o’zaro zich bog’langandir.
Bunga muvofiq, nutqning har bir mustaqil parchasi ikki qismdan tashkil topadi. O’z navbatida, har qaysi qism yana o’z ichida ana Shunday qismlardan iborat bo’ladi. Ko’rinadiki, har bir konstruktsiya binar tamoyilga ko’ra qismlarga bo’linadi va bu bo’linish konstruktsiya doirasida graduallik (darajalanish) xususiyatiga ega bo’ladi.
BI tahlilida, avvalo, so’z birikmalari ajratiladi va ular bir gap ichida birlashtiriladi. Shuning uchun BI tahlilini birlashtirish, o’rash deb ham yuritiladi.
Birlashtirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
· bir vaqtning o’zida ikkitadan ortiq bo’lmagan elementlar birlashtiriladi. Masalan, birdaniga olib ketdi gulning totini tarzida birlashtirish mumkin emas. Avval gulning so’zi toti so’zi bilan birlashadi. So’ngra gulning totini so’zi olib ketmoq so’zi bilan birlashadi;
· bog’lanmaydigan elementlarni birlashtirish mumkin emas. Xususan, yuqoridagi gapda qurg’ur, ilk so’zlarini birlashtirib bo’lmaydi;
· BI tahlilini qo’llash tartibi qat’iy belgilangan bo’ladi.
BI metodiga muvofiq, til grammatikasi shakliy to’g’ri gaplarni hosil qiluvchi (tug’diruvchi) kibernetik qurilma hisoblanadi. Har bir tilning grammatikasi belgilarning yopiq (oxirgi) simvollar va bu simvollar zanjirining qayta kodlashtirish qoidalaridan iborat bo’ladi. Qayta kodlashtirish qoidasi X-Y shakliga ega bo’ladi. Bunda X-Y simvollar zanjirini ifodalaydi. Bir guruh simvollar so’z va morfemalarni ifodalash uchun, boshqalari esa sintaktik guruh va gaplarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari # shaklidagi alohida belgi ham ishlatiladiki, u gapning boshlanishi va oxirini ifodalash uchun qo’llaniladi.
BI metodiga asosan gaplarni qismlarga bo’lish so’z birikmalariga ajratishni eslatadi va gap bo’laklariga ajratishdan hech qanday farq qilmaydigandek ko’rinadi.
Aslida esa BIga ajratish gapni bo’laklarga ajratishdan tubdan farq qiladi. F.M.Berezinning fikricha, gap bo’laklari bo’yicha tahlil aniq javob berolmagan narsalarga BI metodi yo’li bilan qilingan tahlil javob bera olishi mumkin.[2]
BI metodi asosan sintaksisda qo’llaniladi. Sintaksisda obro’-e’tibor qozongan bu metod keyinchalik morfologiya va fonologiyaning ayrim masalalarini hal etishda qisman qo’llanila boshlandi.
Transformatsiya metodi. Transformatsiya metodi dastlab deskriptiv lingvistika nazariyotchilaridan biri Z.S.Xerris tomonidan tavsiya qilingan edi.1 Uning fikriga ko’ra, transformatsion tahlil (TT) BI metodi duch kelgan murakkabliklarning bir qancha qismini bartaraf qilishga yordam beradi. TT ko’p jihatdan til tuzilish tahlilining algebraik metodini namoyon qiladi.2
Z.S.Xerris tomonidan tavsiya etilgan TM uning shogirdi N.Xomskiy tomonidan rivojlantirildi.3
L.S.Barxudarov transformatsion lingvistika (TL)ni ham o’z ichiga olgan generativ lingvistikani (GL) struktur lingvistikadan farqlagan holda, uni tilshunoslikning struktur lingvistikadan keyingi bosqich deb hisoblaydi.4
U tilshunoslik tarixini olamni bilishning dialektik nazariyasi belgilab bergan uch bosqichning qaysisiga tayanib ish ko’rish belgisiga ko’ra uch bosqichga - uch grammatik nazariyaga bo’ladi: a) an’anaviy, b) struktur, v) generativ (tug’diruvchi) lingvistika.
Hozirgi kunda empirizm nomi bilan yuritilayotgan tilshunoslik yo’nalishi L.Blumfild nomi bilan bog’lansa, unga qutbiy zidlanishda turuvchi ratsionalizm yo’nalishidagi generativ lingvistika N.Xomskiy nomi bilan bog’liqdir. Bu ikki yo’nalish o’rtasidagi muhim farqlovchi belgilar empirizm va ratsionalizm, mentalizm va antimentalizmdir. L.Blumfild ma’nodan holi bo’lgan shaklni o’rganishni targ’ib qiladi. Shuning uchun uning g’oyasi antimentalistik Harakterga ega.
TMga muvofiq, har qanday tilning sintaktik sistemasini yadro gaplar nomi bilan yuritiluvchi eng kichik (elementar) gaplar tiplari yig’indisi sifatida gavdalantirish mumkin. Yadro gaplar deb sodda, yig’iq, darak gap tushuniladi. Fe’l kesimli gap bo’lsa, kesimi aniq nisbatda turadi. Bu eng kichik gaplar har bir tilning sintaktik sistemasining asosini tashkil etadi.
Yadro gaplardan turli shakliy o’zgarishlar asosida asosiy ma’noni saqlagan holda ikkilamchi sintaktik qurilmalarning hosil qilinishi transformatsiya hisoblanadi. Bu metod gapning shakliy va mazmuniy tuzilishlarining o’zaro munosabati zaminida vujudga keladi.1
TM gapning ichki va tashqi strukturasi va bu struktura birliklarining o’zaro munosabatiga tayanadi. Deskriptiv lingvistikada qo’llanuvchi ichki struktura gapdan anglashilgan ma’no tuzilishini, tashqi struktura esa muayyan mazmuniy tuzilishining shakliy, ifoda tomonini bildiradi.
V.S.Xrakovskiy ta’kidlaganidek, matn tarkibidagi har qanday gap (jumla) nutqiy faoliyatning yakuniy hosilasi sanalib, murakkab, ko’p qirrali xususiyatga ega bo’ladi. Shuning uchun uni turli tomondan atroflicha o’rganish mumkin.2
Bir yo’nalish doirasida nutqiy jarayonda gap hosil qilishga oid masalalar asosiy o’rganish ob’ekti bo’lsa, ikkinchi yo’nalish doirasida gap modellari ro’yxatini, inventarini belgilash bilan bog’liq sof lingvistik masalalar o’rganiladi. A.V.Isachenkoning fikriga ko’ra, sintaktik modellarning yakuniy modellarini izlash ilmiy sintaksisning birlamchi va asosiy vazifasidir. Lekin tadqiqot maqsadi faqat gap modellarining statistik tavsifi bilangina cheklanib qolmasligi lozim. Sistemaviy sintaksis uchun sinxroniyadagi u yoki bu sintaktik modellar o’rtasidagi o’zaro munosabatni yoritish, statistik tavsifni dinamik tavsif bilan to’ldirish zarur bo’ladi.
Transformatsion tahlil ana Shunday zaruriyatni qoplash vazifasini bajaradi. TM uchun yadro gap, transformatsiya qoidasi va hosila gap tushunchalari muhim sanaladi.
Yadro gap, ya’ni transformatsiya uchun asos bo’lgan gap operand, hosila gap transform yoki transformand, operanddan transformandni hosil qiluvchi vosita tansformatsiya operatori deb yuritiladi.
Z.Xerrisning fikriga ko’ra, transformatsiya bir gapning ikkinchi gap shakliga Shunday o’zgarishiki, unda asos gap hosila gap o’rtasida ham leksemalar tarkibi, ham ma’nosi nuqtai nazardan bir xillik mavjud bo’ladi. Demak, mazmuniy mundarija transformandlar uchun invariant sanaladi.
Operand bilan transformand o’rtasida transformatsiya munosabati mavjud bo’ladi. Ular ikkisi o’zaro transformatsiya munosabati bilan bog’langan bo’ladi.
Shunday qilib, o’zaro transformatsiya munosabatida bo’lgan gaplar bir xil leksik maqomga ega bo’lib, bir xil elementar ma’nolar kombinatsiyasidan tashkil topgan holda, turli xil grammatik (shakliy) maqomga ega bo’ladi.
Ko’pchilik mualliflar tomonidan transformatsiyaning to’rtta qoidasi qayd etiladi:
1) O’rin almashtirish transformatsiyasi yoki permutatsiya transformatsiyasi. Bunda yadro gap tarkibidagi sintaktik birliklarning o’rni almashtiriladi. Lekin bu qoida amalga oshirilganda, sintaktik birlikning mohiyati o’zgarmasligi kerak.
2) Substitutsiya, ya’ni yadro gap tarkibidagi bir elementni o’zaro substitutsiya munosabatida bo’lgan boshqa element bilan almashtirish.
3) Ad’yunktsiya, ya’ni yadro gap tarkibiga boshqa elementlarni qo’shish.
4) Ellipsis, ya’ni yadro gap tarkibidan ayrim elementlarni soqit qilish.
TMning DMdan kuchli tomoni shundaki, DM 40-50-yillargacha faqat faktlarni tahlil qilish bilan cheklangan bo’lsa, TM tahlil metodlarini ishlab chiqishga asosiy e’tiborni qaratdilar.1
TMdagi ana shu cheklangan tomonni e’tiborga olgan holda, V.S.Xrakovskiy sintaktik transformatsiya bilan sintaktik derivatsiyani bir-biridan farqlash lozimligini ta’kidlaydi.[3]
S.D.Katsnelьson ham gaplar o’zaro faqat transformatsiya munosabatida emas, balki derivatsiya munosabatida ham bo’lishini bayon qilgan edi.[4]
Shuning uchun V.S.Xrakovskiy sintaktik derivatsiya deb hosila gapning asos gapdan grammatik maqomi va mazmuni jihatidan farq qiladigan shakliy o’zgarishni tushunadi. U derivatsiyaning tarkibiy qismlarini ham transformatsiyaning tarkibiy qismlariga anologiya yo’li bilan quyidagicha belgilaydi: asos gap uchun operand, hosila gap uchun derivat, yasovchi vosita uchun esa derivatsiya operatori atamalarini qo’llaydi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan lingvistik tahlil metodlari Amerika deskriptiv lingvistikasining tulshunoslik nazariyasi uchun bergan eng qimmatli tomonlaridir. Bu metodlar garchi tilning qanday funktsiallashuvi haqida savolga javob bera olmasa ham, lekin uni tavsiflash uchun katta xizmat qildi. Bu tahlil metodlarining ko’p jihatlari bugungi tilshunoslikning tahlil usuli uchun ham foydadan holi emas.
Dostları ilə paylaş: |