1-mavzu : yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari mavzu o‘quv maqsadi : Ta’limiy



Yüklə 2,16 Mb.
səhifə135/176
tarix26.11.2023
ölçüsü2,16 Mb.
#136389
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   176
1 mavzu yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi 1

GLOSSARIY
Avtoritarizm - buyruq asosidagi talablarga o‘ylamasdan ko‘r-ko‘rona bo‘ysunish.
Akseleratsiya – bolalar va o‘smirlarda oldingi avlodga nisbatan bo‘y nisbati va jinsiy taraqqiyotning tezlanishi, jadallashishi.


Andragogika - kattalar ta’limini tashkil etish masalalari bilan shug‘ullanadi.
Asab tizimi – hayvon va odam organizmining barcha funksiyalarini o‘zaro hamda tashqi muhit bilan to‘g‘irlab, uyg‘unlashtirib turuvchi a’zolar tizimi. U organizmning ichki muhitida ro‘y beradigan o‘zgarishlar va tashqi muhit ta’sirida qo‘zg‘alib, turli a’zolarga ta’sir etgan holda ularning faoliyatini kuchaytirib yoki susaytirib turadi.
Aqliy harakatlarning bosqichma-bosqich shakllanishi nazariyasi - rus psixologi P.YA.Galperin tomonidan ishlab chiqilgan va uning shogirdlari tomonidan rivojlantirilgan ta’limot bo‘lib, bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanishining umumiy psixologik asoslari bosqichma-bosqich ma’lum dastur asosida rivojlanadi.
Axloq - shaxsning jamiyatga va boshqa kishilarga nisbatan burchini belgilab beruvchi me’yorlar tizimi, ma’naviy hulq qoidalari.
Bilishpsixik aks ettirish jarayoni, bilimlarni egallash va uni o‘zgartirishni ta’minlaydi.
Bine – Simon testi – bolalar aqliy rivojlanish usuli. Fransuz psixologlari Bine va Simon tomonidan ishlab chiqilgan. Ular ilk bor eksperimental psixologiyaga asos solishgan.
Biografik metod – odamni uning tarjimai holi bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar orqali o‘rganish usuli.
Birinchi signal tizimi – narsa va hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etishi natijasida bosh miya yarim sharlari qobig‘ida hosil bo‘ladigan shartli muvaqqat nerv bog‘lanishlari. U sezgi va idrok turlarida namoyon bo‘ladi.
Borliq – ob’ektiv olamning ongdan holi bo‘lgan holda mavjudligini bildiruvchi falsafiy tushuncha.
Bosh miya – markaziy nerv tizimining old qismi bo‘lib, u bosh miya qobig‘ida joylashgan oliy nerv tizimining moddiy asosi. Bosh miyaning o‘rtacha og‘irligi 1470 g.

Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin