1-mavzu : yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari mavzu o‘quv maqsadi : Ta’limiy



Yüklə 2,16 Mb.
səhifə141/176
tarix26.11.2023
ölçüsü2,16 Mb.
#136389
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   176
1 mavzu yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi 1

Taraqqiyot omillari – bolaning psixik va xulq-atvor rivojlanishini belgilaydigan omillar tizimi.Taraqqiyot omillari, ta’lim va tarbiya mazmunini,o‘qituvchi va tarbiyachilarning pedagogik tayyorgarligini, ta’lim va tarbiyaning usul va vositalari va boshqa ko‘pgina bolaning psixologik taraqqiyotiga bog‘liq narsalarni o‘z ichiga oladi.
Taqlidchanlik - namuna bo‘lib hisoblanadigan ob’ekt xulq-atvoridan tezda nusxa olish natijasidaro‘y beradigan o‘rganish turi.
Test – inson psixologiyasi va xulq-atvorini miqdor hamda sifat jihatdan baholashga mo‘ljallangan psixologik tadqiqotning standartlashtirilgan metodi.
SHaxs - ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi betakror odam.
SHartli reflektor o‘rganish – shartli refleks mexanizmi bo‘yicha yangi qo‘zg‘atuvchilarga reaksiyalarni o‘zlashtirish.
O‘zlashtirish – bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash.
O‘z-o‘zini tuta bilish - shaxsning muayyan sharoitlarda ortiqcha fikr, his-tuyg‘u, xatti-harakatlarni ongli ravishda tiyib turish, o‘z fikr, hissiyot va harakatlarini maqsadga muvofiq yo‘naltira olishdan iborat irodaviy xarakter hislati.
O‘rganish - insoning o‘quv faoliyati natijasida yangi psixologik sifat va xususiyatlarni o‘zlashtirganligini bildiradi.
O‘qish -bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash uchun qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladigan o‘quv harakatlaridir.
O‘quv faoliyati natijasida inson yangi bilim, ko‘nikma va malakalar egallaydi, yoki mavjudlarini o‘zgartiradi, o‘z qobiliyatlarini rivojlantiradigan, takomillashtiradigan jarayondir.
Qobiliyatlar - shaxsga ma’lum faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish, bilimlarni tez va osonlik bilan o‘zlashtirishga yordam beruvchi individual psixologik xususiyat.
G‘oyaviy e’tiqod - bu bilimning, o‘sha shaxsga xos bo‘lgan intellektual, emotsional va iroda sifatlarining sintezi, g‘oyalar va xatti-harakatlar bir butunligining negizidir.

Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin