O’quv rejada fan bo’yicha kurs ishlari rejalashtirilmagan.
6. Baholash mezonlari. Yuqori baholash balli (YuB) – 100 ball. Minimal ball (MB) – 55 ball. Joriy va oraliq baholashlarga 70 ball beriladi, yakuniy baholashga 30 ball beriladi
6. Fan bo’yicha talabalar bilimlarini baholash va nazorat qilish mezonlari 4-jadval
Baholash usullari Baholash mezonlari
Ekspress testlar, yozma ishlar, og’zaki so’rov, prezentatsiyalar
a) 86 – 100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: -psixologiya fanining mazmuni, mohiyati, psixika va ongning taraqqiyoti, bilish jarayonlari, psixik holatlar yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishi;
-shaxsning hissiy-irodaviy sohasi, individual-psixologik xususiyatlari, muloqot, faoliyat, individual xususiyatlar, Yosh davrlari xususiyatlari yuzasidan tushuncha, tasavvurga ega bo’lish bilan birga, amaliy faoliyatga tadbiq etish yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishi;
-talaba shaxsdagi psixologik jarayon, holatlarni yuzaga kelish mexanizmlari, qonuniyatlari, tuzilishi, tashqi omillar ta`siri kabi o’rganilgan barcha mavzular yuzasidan ijodiy fikrlay olishi;
mustaqil mushohada yurita olishi;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olishi;
b) 71 – 85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: