Amaliy mashgʻulotga topshiriq
1. Sinfda 20 nafar oʻquvchi bor. Sinfdagi har bir oʻgʻil bola har bir sinfdosh qizga bittadan gul sovgʻa qildi.
Eng koʻpi bilan nechta gul sovgʻa qilingan?
Agar sinfda 21 nafar oʻquvchi boʻlsa, javob qanday boʻladi?
2. Mamlakatda 100 ta shahar bor. Har bir shahardan 4 ta yoʻl chiqqan. Mamlakatda jami nechta yoʻl bor?
3. Mahallada 15 ta telefon bor. Shulardan 4 tasining har biri 3 ta boshqa telefonlar bilan ulangan, 8 tasining har biri 6 ta boshqa telefonlar bilan ulangan, 3 tasi har biri 5 ta boshqa telefonlar bilan ulangan boʻlishi mumkinmi?
4. Grafning har bir uchidan 3 tadan qirra chiqmoqda. Undagi qirralar soni 2018 ta boʻlishi mumkinmi?
5. Sehrli mamlakatda har qanday shahar aynan 5 ta boshqa shahar bilan aviareys orqali tutashtirilgan..
Mamlakatda 10 ta shahar boʻlsa, aviareyslar sxemasini chizib bering.
Mamlakatda 50 ta shahar boʻlsa, aviareyslar nechta boʻladi?
46 ta aviareys boʻlgan shahar mavjudmi?
6. Shahmat musobaqasida bir nechta shaxmatchi toq sondagi partiyalarni oʻynashdi. Bunday shaxmatchilar soni juft ekanligini isbotlang.
7. Orolda 15 ta davlat bor. Ularning har birida kamida bitta qoʻshni davlat – hamkor davlat. Shunday davlat borki, undagi hamkor qoʻshni davlatlar soni juftligini isbotlang.
8. Oʻzga sayyoraliklarda qoʻllari soni ihtiyoriy boʻlishi mumkin. Bir kun ular barchasi qoʻllarini shunday tutashtirishdiki, bunda boʻsh qoʻl qolmadi.
Toq sondagi qoʻllarga ega boʻlgan oʻzga sayyoraliklar soni juft ekanligini isbotlang.
9. 77 ta telefondan har biri aynan 15 ta telefon bilan ulangan. Bunday boʻlishi mumkinmi?
10. Fermada har bir bola aynan 3 ta qoʻyga yem berdi. Har bir qoʻy 3 ta boladan yem olganini ma’lum boʻldi. Bolalar soni koʻylar soniga teng boʻlishini isbotlang.
11. 6 ta kompyuterdan har ikkitasi oʻzining simi bilan tutashgan. Shu simlarni 5 ta turli rangga boʻyamoqchi. Har bir kompyuterdan 5 ta turli rangdagi simlar chiqadigan boʻyash mumkinmi?
Javoblar.
1. a) 100; b) 110
2. 100 · 4: 2 = 200.
5. b) 50·5 : 2 = 125.
10. Har bir qoʻy va uni boqqan bola orasida ip tortamiz. Har bir qoʻydan 3 ta ip, har bir boladan ham 3 ta ip chiqqan. Iplar soni bir vaqtda bolalar sonidan 3 marta, qoʻylar sonidan ham 3 marta koʻp. Demak, bolalar soni qoʻylar soniga teng.
11.
Dostları ilə paylaş: |