1-mavzu: Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining nazariy asoslari Reja



Yüklə 25,65 Kb.
səhifə4/7
tarix26.11.2023
ölçüsü25,65 Kb.
#136410
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining nazariy asosla-fayllar.org

Nazariy vazifa: ijtimoiy pedagogik bilimlarni toʻplab zamonaviy jamiyatda oʻrganayotgan jarayon va xodisalarning toʻliq tasvirini tuzishga intilishda namoyon boʻladi.
Amaliy vazifalarga: - ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliy-pedagogik va psixologik yoʻnalishlardagi ta’sirini samarali takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan ishlar kiradi. Bunday ishlar qatoriga bolalar (yoshlarda) ongida, xatti-harakatida ijobiy fazilatlarning shakllanishiga yaqindan yordam beruvchi, yoʻl – yoʻriq, shakl, vositalarini aniqlash va ularni tadbiq etish, har qanday vaziyatdan mustaqil chiqib ketishning samarali yoʻllarini aniqlash, atrofdagi kishilar bilan muomala qilishni oʻrganish, hayot mazmuni va maqsadini aniklashga doir tavsiyalar berish; ularda jamiyatdagi xuquq va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish, hamda mustaqillik, oʻziga ishonch xissini shakllantirish;
Insonparvarlik vazifasi - shaxsning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtirish uchun maqsadlarni ishlab chiqishda oʻz ifodasini topadi. Zamonaviy ijtimoiy pedagogikaning insoniyligi bola va pedagog oʻrtasidagi munosabatlarni qattiqqoʻllik bilan emas, oʻzaro tushunish orqali hal qilishga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy, axloqiy va ma’naviy kuchlariga dalda berish, unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaning vazifalari kengayib bormokda.. Shunga koʻra bunday vazifalar qatoriga tarbiyaviy, ijtimoiy-xuquqiy, ijtimoiy reabilatatsiya ishlarini koʻrsatish mumkin.
Tarbiyaviy vazifa bolani atrof muhitga qoʻshilish, uning ijtimoiylashuv jarayoni, oʻquv va tarbiya jarayoniga koʻnikishini koʻzda tutadi.
Ijtimoiy - huquqiy vazifa - davlatning bolalarga gʻamxoʻrligi, ularning huquqiy himoyasini bildiradi.
Ijtimoiy reabilitatsion vazifa - nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega bolalar bilan tarbiyaviy va oʻquv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy ijtimoiy vazifalarni pedagog bajaradi. Shunday ekan, oʻzining pedagogik faoliyatida quyidagilarga oʻz e’tiborini qaratishi lozim:
  • falokatga uchragan bola(oʻsmir)larga yordam koʻrsatish. Inqirozdan chiqish yoʻllarini topish, qiyin vaqtda qoʻllab-quvvatlash;


  • bola(oʻsmir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini oʻrganish;


  • bolani oʻrab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy tarbiya holatini tahlil qilish;


  • ilgʻor pedagogik tajribalarni oʻrganish, tahlil qilish, oʻzlashtirish, ommalashtirish;


  • u bola(oʻsmir) faoliyatini oʻz-oʻzini tarbiyalash, oʻz-oʻzini oʻqitish va oʻz hayotini mustaqil tashkil qilishni bilishga qaratishi ;


  • bola (oʻsmir) muammolarini hal qiluvchi, uning inqirozi, huquqlariga aloqador tashkilot, mutaxassislarni birlashtirish bilan ham shugʻullanish;


  • ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini oʻrganishni tashkil qilish, bu borada takliflarni kiritish;





Yüklə 25,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin