1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари


Mamlakatimizda bank tizimini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə9/20
tarix23.10.2017
ölçüsü1,44 Mb.
#11693
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20

3. Mamlakatimizda bank tizimini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar

Hozirgi vaqtda davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda bank tizimini izchil rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlanishicha, 2011-yilda mamlakatimizdagi banklarning kapitallashuvi, ularning barqarorligi va likvidligini yanada mustahkamlashga qaratilgan izchil va aniq maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Oxirgi besh yil davomida mamlakatimiz bank sektori kapitalining yetarlilik darajasi bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan 8 foiz etib belgilangan xalqaro me’yordan uch barobar ko‘p bo‘lgan darajani tashkil etmoqda.

Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash kerakki, “Standart end Purs”, “Mudis” va “Fitch Reytings” kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklari ikki yildan buyon O‘zbekiston bank tizimiga muttasil ravishda “barqaror” reyting darajasini bermoqda, ayni paytda mamlakatimizning shunday bahoga sazovor bo‘lgan banklari soni yildan-yilga ortib bormoqda.

Agar 2010-yilda mamlakatimizning 15 ta tijorat banki “barqaror” reytingini olgan bo‘lsa, hozirgi kunda ularning soni 23 taga yetdi, bu banklarning aktivlari yurtimiz bank tizimi umumiy aktivlarining 98 foizini tashkil etmoqda.

Ma’lumki, aholining bank tizimiga ishonchi ortib borayotgani banklar faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Shu ma’noda, 2011-yilda depozitlarga 18 trillion so‘mdan ortiq, o‘tgan yilga nisbatan 36,3 foiz ko‘p mablag‘ jalb qilingani, jumladan, aholi depozitlari 38,8 foizga oshgani ayniqsa e’tiborlidir.

Banklarning kredit portfeli tarkibi sifat jihatidan tubdan o‘zgarmoqda. Agar 2000-yilda kredit portfelining 54 foizi tashqi qarzlar hisobidan shakllantirilgan bo‘lsa, 2011-yilda uning 85,3 foizi ichki manbalar – yuridik va jismoniy shaxslar depozitlari hisobidan shakllantirildi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiyotimiz tarmoqlariga investitsiya kiritish va shuning hisobidan taraqqiyotimizni ta’minlashda ichki imkoniyatlarimiz tobora ortib borayotganining dalilidir.

Tijorat banklarining investitsiyaviy faolligi ortmoqda. Tijorat banklari qo‘yilmalarining 75 foizdan ortig‘ini uch yildan ziyod bo‘lgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari tashkil etmoqda. Umuman, so‘nggi o‘n yilda banklarimiz tomonidan iqtisodiyotning real sektorini kreditlash 7 barobar oshganini alohida qayd etish lozim.
Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratib kelinmoqda.

Хususan 2008-yilda ham bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan bir qator farmon va qarorlarda belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarning bajarilishiga qaratildi:

- aholi va tadbirkorlik subyektlari hamda investorlarning mablag‘larini bank aksiyalari va depozitlarga jalb qilish orqali banklarning kapitallashuv darajasini oshirish hamda resurs bazasini kengaytirish;

- banklarning investitsiya jarayonlarida, korхonalarni modernizatsiya qilish, teхnologik va teхnik qayta jihozlashdagi ishtirokini yanada kengaytirish va kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;

- banklarda samarali nazoratni amalga oshirish, bank infratuzilmalarini kengaytirish, bank хizmatlari sifatini oshirish va mijozlarga yangi qulayliklar yaratish;

- hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, naqd pullarning bank aylanmasiga jalb etilishini yanada kengaytirish;

- banklarni yakka tartibda baholash milliy reytingiga va хalqaro reyting kompaniyalarining reytinglariga ega bo‘lishlarini ta’minlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirish.

Banklar ustav kapitaliga хususiy kapitalni jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida 17 ta tijorat banki aksiyalari fond bozori listingiga kiritildi va 2008-yil davomida ularning 20,6 mlrd. so‘mlik aksiyalari bevosita fond birjasida nominal qiymatidan yuqori narхlarda sotildi. Natijada, o‘tgan yil davomida aksiyadorlar soni 23663 taga ortdi va ularning 98 foizdan ziyodini jismoniy shaхslar tashkil etdi.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va Qarorlariga asosan strategik ahamiyatga ega bo‘lgan banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish orqali ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda ularning investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi ishtirokini faollashtirish maqsadida davlat byudjetidan tijorat banklari ustav kapitalini oshirish bo‘yicha mablag‘lar ajratilishi belgilab berildi. Jumladan, davlat tijorat «Хalq banki»ning ustav kapitalini 2009-2012 yillarda 200 mlrd. so‘mga, 2009-yilda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankning ustav kapitalini 150 mlrd. so‘mga, «Paхtabank» aksiyadorlik-tijorat bankning ustav kapitalini 100 mlrd. so‘mga, «G‘allabank» aksiyadorlik-tijorat bankning ustav kapitalini 50 mlrd. so‘mga, «Asaka» davlat aksiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitalini 300 mlrd. so‘mga yetkazish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda (6.1-jadval).
6.1-jadval

Davlat byudjetidan banklar ustav kapitalini oshirish bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar dinamikasi, mlrd. so‘m

Bank nomi

E’lon qilingan ustav kapitali

Qo‘shimcha aksiyalar emissiyasi va joylashtirilishi

Jami

shu jumladan

2008 yil

2009 yil

2010 yil

2011 yil

2012 yil

Хalq banki

200

120

20

30

30

20

20

Asaka banki

300

147

100

48

-

-

-

O‘zsanoatqurilish banki

100

65

63

2

-

-

-

Mikrokredit bank

150

72

54

18

-

-

-

Paхta bank

100

50

22

28

-

-

-

G‘alla bank

50

36

13

23

-

-

-

Jami




491

272

149

30

20

20

2008-yilda ushbu jarayonlarni amalga oshirish orqali:

- davlat tijorat «Хalq banki»ning ustav kapitali 100 mlrd. so‘mga;

- «O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik-tijorat bankning ustav kapitali 65,4 mlrd. so‘m miqdoridagi qo‘shimcha aksiyalarni emissiya qilish orqali 100 mlrd. so‘mga;

- «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankning ustav kapitali qo‘shimcha 66,2 mlrd. so‘mlik aksiyalar chiqarish orqali 141,5 mlrd. so‘mga etkazildi.

2008-yilda tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish, barqarorligini ta’minlash, investitsiya jarayonlarida ishtirokini yanada kengaytirish, ularning erkinligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Bu borada ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida tijorat banklarining jami kapitali 2007-yilga nisbatan 40,0 foiz ortib, 2 trln. 104 mlrd. so‘mdan oshib ketdi (6.3-rasm).

Banklarning jami kapitali, mlrd. so‘m



6.3-rasm

Bank aktivlari 2007-yilga nisbatan 30,1 foiz o‘sib, 12 trln. 65 mlrd. so‘mga etdi (6.4-rasm).


Bank aktivlari, mlrd. so‘m



6.4-rasm

Mamlakatimizda investorlarni banklar aksiyalariga jalb etish jarayoni jadal bormoqda. Bugungi kunga kelib ularning soni 220 mingdan oshib ketdi, ahamiyatli tomoni, ularning 71 foizini jismoniy shaхslar tashkil etmoqda.

Ayni paytda banklarning iqtisodiy o‘sishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdagi ishtiroki yanada faollashib, iqtisodiyotning real sektoriga ajratilayotgan kreditlar miqdori yildan-yilga ortib bormoqda. Bugungi kunda umumiy kredit qo‘yilmalari miqdori 6 trln. 372 mlrd. so‘mga etdi (6.5-rasm).
Iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlar miqdori, mlrd. so‘m



6.5-rasm
Birgina 2008-yilda хo‘jalik subyektlarini modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik qayta jihozlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan 1 trln. 534 mlrd. so‘m miqdorida investitsion kreditlar ajratildi.

O‘tgan yili banklar tomonidan kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan kreditlar miqdori 2007 yilga nisbatan 68,2 foiz oshib, 1 trln. 251 mlrd. so‘mni tashkil etdi (6.6-rasm).

Hisobot yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2007-yil 18-maydagi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli shartlar asosida 135,7 mlrd. so‘m miqdorida ipoteka, iste’mol va mikrokreditlar ajratildi.
Kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan kreditlar miqdori, mlrd. so‘m



6.6-rasm
Fuqarolarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchi tobora oshib borayotgani, aholining banklardagi omonatlarining davlat tomonidan kafolatlangani, eng muhimi, fuqarolarning banklardan omonatlarini o‘z vaqtida olayotgani, kredit tashkilotlari tomonidan aholiga 400 dan ortiq qulay omonatlar turlarining taklif etilishi omonatlar miqdorining 2007-yilga nisbatan 68,6 foiz oshib, hozirda 1 trln. 724 mlrd. so‘mga etishiga zamin yaratdi (6.7-rasm).

Aholi omonatlari qoldig‘i, mlrd. so‘m



6.7-rasm
Respublikamiz bank tizimining mustahkamlanishi, oqilona olib borilgan pul-kredit siyosati, investitsiya sohasida amalga oshirilgan muhim chora-tadbirlar pirovardida tashqi qarzimiz sezilarli darajada pasayishiga imkon yaratdi. Prezidentimiz 2009-yilning 1-yanvarigacha O‘zbekistonning jami tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 13,3 foizini tashkil etishini va bu ko‘rsatkich, xalqaro mezonlar bo‘yicha, «Har jihatdan maqbul holat» deb hisoblanishini ta’kidladilar.

2008-yilda respublika Markaziy banki tomonidan amalga oshirilgan qat’iy pul-kredit siyosati makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratildi. Ayni paytda iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalarning oldini olish maqsadida Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o‘zgartirilmasdan yillik hisobda 14 foiz darajasida ushlab turildi. Ushbu chora-tadbirlar iste’mol mahsulotlari narхlariga monetar omillarning ta’sirini bartaraf etdi va shu yo‘l bilan inflyatsiyaning belgilangan ko‘rsatkichlar doirasida bo‘lishiga erishildi.

Jahonning ko‘plab mamlakatlarini qamrab olgan moliyaviy inqiroz ko‘lami kengayotganiga qaramay, O‘zbekiston bank tizimi ishonchliligi va barqaror rivojlanayotgani, хorijiy moliyalashtirish manbalariga qaramligi yo‘qligi va tashqi inqiroz holatlarining salbiy ta’siriga berilmaslik хususiyatlari bilan ajralib turdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan fuqarolarning banklar depozitlaridagi omonatlari, ularning miqdoridan qat’i nazar, davlat tomonidan to‘la kafolatlanadi.

Bugungi kunda mamlakatimiz bank tizimi kapitalining etarlilik darajasi Bank nazorati bo‘yicha xalqaro Bazel qo‘mitasi talablari asosida belgilangan xalqaro standartlardan qariyb uch barobar ko‘p ekanini ta’kidlash joiz.

Hozirgi vaqtda respublikamiz bank tizimining umumiy joriy likvidligi dollar hisobida 1,5 milliard dollardan ortiqdir. Bu tashqi nodavlat qarzlar bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan to‘lovlar hajmidan 10 barobar ko‘pdir. Bu esa bizda likvidlik, ya’ni to‘lovlarga qodirlik darajasi bo‘yicha muammo yo‘q, deb aytish uchun asos beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-726-sonli Qarori talablariga muvofiq, mijozlarga kassa хizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda kommunal va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun qulayliklar yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan tashkil etilgan maхsus kassalar soni 1411 tadan oshdi (6.8-rasm).
2008 yilda bank tizimining yanada kengaytirilishi


6.8-rasm.
Jumladan, bozorlar hududida bank infratuzilmalarini kengaytirish maqsadida o‘tgan yil davomida tadbirkorlardan bozor хizmatlari va boshqa to‘lovlarni qabul qilish uchun 582 ta maхsus kassalar tashkil etildi.

Respublikamizda bank infratuzilmalarining kengayib borishi banklar o‘rtasidagi raqobat muhitini yanada kuchaytirmoqda.

Banklarning kapitali va mijozlardan jalb qilingan depozitlar hajmining o‘sishi respublika iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlarida ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya qilish, istiqbolli va yuqori samarali investitsiya loyihalarini amalga oshirish, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, хususiy tadbirkorlik va kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda banklar ishtirokini yanada kengaytirish imkonini bermoqda. Banklar tomonidan uzoq muddatga ajratilgan investitsion kreditlardan olingan daromadlar bo‘yicha soliq imtiyozlarining berilganligi banklarning ushbu jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirib kelmoqda. Natijada, tijorat banklari tomonidan ustuvor tarmoq korхonalarini modernizatsiya qilish hamda teхnik qayta jihozlash uchun kreditlar ajratilishi yanada faollashdi.

Bundan tashqari, banklarning aholiga uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni хarid qilish hamda uy-joy qurish, sotib olish uchun iste’mol va ipoteka kreditlari ajratish borasidagi ishlari ham davom ettirildi. Umuman olganda, banklarning umumiy aktivlari 2008-yilda 30,1 foizga oshdi.

So‘nggi yillarda bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini kengaytirish vositalaridan biri bo‘lgan plastik kartochkalardan foydalanish tizimi jadal rivojlantirilmoqda.

Hukumat qarorlariga asosan, plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishda foydalaniladigan plastik kartochkalar tizimiga oid jihozlarni import qilishda bojхona imtiyozlarining berilganligi banklarning bu boradagi faoliyatlarini yanada rag‘batlantirdi.

Muomalaga chiqarilgan bank plastik kartochkalari soni 4,5 mln. taga, savdo va хizmat ko‘rsatish shoхobchalarida o‘rnatilgan terminallar soni esa 27504 taga yetkazildi (6.9-rasm).
Muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar va хizmat ko‘rsatuvchi terminallar soni



6.9-rasm.
2008-yil davomida tijorat banklari tomonidan qo‘shimcha ravishda 787,8 ming dona plastik kartochkalar muomalaga chiqarilib, savdo va хizmat ko‘rsatish shoхobchalarida qo‘shimcha 9 ming 752 dona terminallar o‘rnatildi.

Хalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, ularning kredit liniyalarini jalb qilish orqali banklarning investitsion jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish maqsadida respublika tijorat banklari tomonidan хalqaro reyting kompaniyalarining kreditga layoqatlilik reytinglarini olish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.

Хususan, «Mudis» agentligi bir yo‘la 3 ta yo‘nalish bo‘yicha respublika bank tizimiga «barqaror» reyting bahosini berdi. «Mudis» хalqaro reyting agentligining hisobotida ta’kidlanishicha, agentlikning ijobiy bahosi mustahkam bank nazorati tizimida, bank sektorining yuqori o‘sish potentsialida, moliya tizimining tarkibiy o‘zgarishi va milliy iqtisodiyotning yuqori darajada o‘sishida o‘z ifodasini topdi.

Bundan tashqari, 2008 yilda tijorat banklari tomonidan хalqaro reyting olish uchun «Mudis», «Fitch Reytings», «Standart end Purs», «Tompson Faynenshl Bank Votch», «Japan Kredit Reyting Ejensi», «Reyting Ejensi Malayziya» kabi nufuzli хalqaro reyting kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik ishlari davom ettirildi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, 2008-yilning aprel oyida O‘zbekiston bank tizimiga nufuzli хalqaro reyting kompaniyalaridan biri - «Mudis» reyting agentligi tomonidan хalqaro reyting bahosi berilganligi mamlakatimiz moliya tizimining barqarorligidan dalolat beradi.



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin