1 mavzu: C# tili sintaksisi, uning leksik asosi va tarkibiy tuzilishi. O‘zgarmaslar. Ifodalardagi amallar



Yüklə 245,26 Kb.
səhifə5/7
tarix13.11.2023
ölçüsü245,26 Kb.
#132454
1   2   3   4   5   6   7
1 mavzu (4)

Max = 2147483648
Min = 255
Modifikator va atributlar haqida keyin to`xtalamiz.
Satrli o`zgarmaslar
Satrli o`zgarmasni e`lon qilish uchun satrni ("My string") ikkitalik qo`htirnoqqa olish kerak. Buni o`zgaruvchilarga qiymat berishda, funksiyaga parametr sifatida berishda foydalanish mumkin:
System.Console.WriteLine("Pi soning qiymati: {0}", Pi);
string mystring="Hello";


Literallar.
C# tilida 5 xil literal mavjud ; - Butun tipli literal - Haqiqiy tipli literal - Belgili literal - Satr tipli literal - Mantiqiy tipli literal Literallar – bu tilning maxsus tushunchasidir. Har bir literallar to‘plami uchun alohida yozilish qoidasi mavjud. Masalan:
- Butun tipli literallar: 5, 7, 8, -12, 234
- Haqiqiy tipli literallar: 3.6, -56.8, 0.9
- Belgili literallar: ‘a’, ‘b’, ‘?’,
- Satr tipli literallar: “kirish”, “aka”, “abcd”
- Mantiqiy tipli literallar: true. False
C# Identifikator
Odatda dasturlar turli sonli va boshqa tipdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun yoziladi. Bitta dastur tarkibida uchraydigan ma’lumotlarni bir-biridan farqlash uchun nomlash lozim bo‘ladi va bunday nomlar identifikator deb ataladi.
Identifikator muayyan bir vaqtda ifodalab turgan son yoki boshqa turdagi ma’lumot uning qiymati hisoblanadi. Dasturda qatnashgan har bir identifikator uchun kompyuter xotirasidan ma’lum bir joy ajratiladi hamda bu joyga uning qiymati yozib qo‘yiladi va saqlanadi. Identifikatorlar doim lotin harflari bilan boshlanadi. Ularni yozish uchun zarur bo‘lgan keyingi belgilar esa lotin harflari, raqamlar va "_" (tagiga chizish) belgisidan iborat bo‘lishi mumkin:
Y, Yl, d8, asdr12k, ism, daftar_hajmi.
Dastlabki to‘rtta identifikator sintaktik jihatdan to‘g‘ri yozilgan, ammo identifikatorlarni bunday yozish katta hajmli dasturlarni ishlab chiqishda ma’lum bir qiyinchiliklarni tug‘dirishi mumkin. Chunki, ular o‘zlari ko‘rsatayotgan ma’lumotlarni to‘la va tushunarli qilib ifodalay olmaydi. Natijada bunday identifikatorlarni boshqasi bilan almashtirib yuborish ehtimolligi ortadi hamda ana shu dasturni o‘qish va tushunish qiyinlashib ketadi. Shuning uchun identifikatorlarni keyingi ikkitasi kabi belgilash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki ular o‘zlari ifodalayotgan o‘zgaruvchilarni ma’lum bir darajada izohlab turadi va shu bilan bog‘liq anglashilmovchiliklarga barham berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Identifikator tanlaganda ma’lumotlarning shakli va mazmunini hisobga olish ham ana shunday omillardan biri hisoblanadi. Masalan, uchburchak haqidagi masalada ehtiyojga qarab
a_tomon, b_tomon, c_tomon, yarim_perimetr, yuza,Atomon, Btomon, Ctomon kabi identifikatorlar maqsadga muvofiq hisoblanadi. Identifikatorlarni yozishda C# tili kompilyatori katta va kichik harflarni bir-biridan farqlaydi, ya’ni yuza, Yuza, YUZA, YuZa kabi identifikatorlar turli xil deb qabul qiladi. 
Identifikator sifatida xizmatchi so‘zlar, turli tinish va munosabat belgilaridan foydalanib bo‘lmaydi. Shuning uchun ularni quyidagicha yozish noto‘g‘ri hisoblanadi:
4x, X-y, G=dr, !gamma, a?b, k)l.
Eslab qoling, identifikator raqamdan boshlanishi mumkin emas. Demak, 12x identifikatorning nomi bo‘la olmas ekan. Garchi C#da identifikatorning nomi sifatida kalit so‘zlarni ishlatib bo‘lmasada, ularning oldiga @ belgisini qo‘yish bilan, uni ham identifikatorning nomi sifatida kalit so‘zlarni ham ishlatish mumkin bo‘ladi. Masalan, @for identifikator hisoblanadi. Aslida bu holatda for identifikator hisoblanadi, @ belgisi esa hisobga olinmaydi. Istisno tarzida maxsus maqsadlar uchun zarur bo‘lmasa, kalit so‘zlarni boshlang‘ich @ belgisi bilan ishlatish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, @ belgisini ixtiyoriy identifikator nomidan oldin qo‘yish mumkin, lekin uni maxsus zaruriyatsiz ishlatish tavsiya etilmaydi.

Yüklə 245,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin