C# da “_” simvolini identifikatorning birinchi simvoli sifatida ishlatish mumkin.
C# Izoh Ba`zan dastur kodida shunday matnlarni yozishga to`g`ri keladiki, bu matnlar dastur kodini o`quvchi uchun mo`ljallangan izoh bo`lib, u kompilyator tomonidan inobatga olinmaydi. C# da buni ikki yo’l bilan bajarish mumkin:
/*simvollarni izohini boshlaydi.*/simvollari izohni tugatadi. Bu ko`p qatorli izohlarni hosil qilishda, dasturning bir qismini tahrir qilishda foydalanish mumkin. /* */ izohlar ichma-ich bo`lmaydi.
//simvollarni izohini boshlaydi. Izoh o`zi boshlangan qator oxirida tugaydi. Bu usul qisqa izohlarni hosil qilishda foydali.
namespace UzbekDevs
{
internal class Program
{
static void Main(string[] args)
{
double a, b;
Console.Write("a=");// Bu kod a ni ekranga chiqarib beradi
a = double.Parse(Console.ReadLine()); // Bu a ni kompyuterga o'qityapmiz
Console.Write("b=");// Bu kod b ni ekranga chiqarib beradi
b = double.Parse(Console.ReadLine()); //Bu b ni kompyuterga o'qityapmiz
double c = a + b; // Qo'shish amalini bajaramiz
Console.WriteLine("a+b=" +c);
double d = a - b; // Ayirish amalini bajaramiz
Console.WriteLine("a-b=" + d);
double e = a * b; // Ko'paytirish amalini bajaramiz
Console.WriteLine("a*b=" + e);
double f = a / b; // Bo'lish amalini bajaramiz
Console.WriteLine("a/b=" + f);
Console.ReadKey();
}
}
}
Mana bu misol orqali izohlar to’g’risida sizga ma’lumot berdik.Bu yerdan ko’rinib turibdiki, izoh komplatsiya qilinmas ekan.Endi sizga vazifa ushbu kodni natijasini o’zingiz olasiz.Natijani olish qanaqa bo’ladi? Siz birinchi dasturni komplatsiya qilasiz tugmasi orqali.Keyin a va b larga qiymat berasiz.Qiymat berganingizdan so’ng, tugmasini bosasiz va natija chiqadi. Biz sizga shunga o’xshash masalalarni o’zingiz mustaqil yechishni maslahat beramiz.Shunda sizda ko’nikma hosil bo’ladi.