O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NUKUS FILIALI CHIZIQLI ALGEBRA
fanidan Amaliy ishlarni bajarish uchun metodik ko’rsatmalar va yakka topshiriqlar OQUV-METODIK QOLLANMA
NUKUS -2020 Matematika 1 fanidan Amaliy ishlarni bajarish uchun metodik ko’rsatmalar va yakka topshiriqlar. Oquv-metodik qollanma.
Tuzuvchi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali f.-m.i.d., professor N.U.Uteuliev, D.K.Kuvandikova «Tabiiy va umumkasbiy fanlar kafedrasi» assistenti.
Bu oquv-metodik qollanmada«Chiziqli albebra» fanidan «Kompyuter injiniringi», «Kompyuter injiniringi» (AT-servis), Dasturiy injiniring», «Telekommunikatsiya texnologiyalari», «Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasbiy ta’lim», «Axborot xavfsizligi» ta’lim yo’nalishlari, shuningdek, «Oliy matematika» elementlarini o’rganuvchi barcha ta’lim yo’nalishlari uchun amaliy ishlarni va yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarishga mo’ljallangan bo’lib, dars mavzusi, nazariy ma’lumotlar, mavzular bo’yicha tegishli formulalar, darsni mustahkamlash uchun misollar va ko’rsatmalar, shuningdek, yakka topshiriqlar berilgan.
Taqrizchilar: f.-m. i.d., prof. K.Kudaybergenov,
f.-m. i.k. A.Arziev
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali Kengashining 2019 yil _____-dagi ____ sonli bayonnomasiga asosan chop etishga ruxsat etilgan.
Kirish Har tomonlama bilimga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashda «Matematika 1» fanining o’rni va ahamiyati katta.
Barcha sohalarda matematik qonuniyatlarga asoslangan zamonaviy kompyuterlarning muvaffaqiyatli tadbiq qilinishi va uning kundan-kunga rivojlanayotganligi, yosh mutaxassislarning tegishli sohalar masalalarining matematik modellarini tuzib bilishi va hisoblash texnikasini qo’llay olishi dolzarb masalalardan bo’lib qolmoqda. Bunday masalallarni modellashtirish matematik amallar va usullar yordamida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalarida «Oliy matematika» fanini o’rganish jarayoni ma’ruzalar, amaliy mashg’ulotlar va mustaqil mashg’ulotlar orqali olib boriladi. Talabalar fan bo’yicha berilgan barcha ma’lumotlarning ma’nosini anglab olishga, tushunishga harakat qiladi va olingan ma’lumotlardan o’zining amaliy faoliyatida foydalanadi.
Nazariy ma’lumotlar va bilimlarni amaliyotda qo’llanish, amaliy ishlarni bajarish jarayonida talabaning ilmiy tekshirish bilimi shakllanib, fanga ijodiy yondoshish ko’nikmalari paydo bo’ladi.
SHunday qilib, amaliy ishlar talabaning nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llanib bilishga, ijodiy fikrlashlarini rivojlantirib, fan bo’yicha izlanishga yo’naltiradi. Bunday natijalarga erishishda amaliy ishlarni rejalashtirish, talabaning nazariy tayyorligini va olgan bilimlarini chuqurlashtirib va kengaytirib egallashga yo’naltirilgan imkoniyatlarni yaratish, har bir amaliy ish maqsatining qo’yilishi va uning aniqligi ham talabaning ishdan oladigan natijasiga mustaqil erishish imkoniyatini paydo etish talablari qo’yiladi.
Amaliy mashg’ulotlarda guruh talabalarini kichik guruhlarga bo’lib olib borish mumkin. Mashg’ulotning bunday turida talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi hisobga olinadi. Bunda har bir talaba o’zining hissasini qo’shib, o’zaro fikr almashishi talab etiladi. Bu jarayonda do’stona munosabatlar asosida o’zaro birgalikda ishlash yuqori darajaga ko’tarilishiga imkoniyat yaratiladi.
SHunday qilib, amaliy ishlarni va yakka topshiriqlarni bajarish, ma’lum mavzu bo’yicha mustahkamlovchi bosqich bo’libgina qolmasdan, talabalar bilimini orttirishda va ularni tarbiyalashda eng ahamiyatli bosqich bo’lib hisoblanadi.