1-mavzu. Ekonometrik modellashtirish asoslari


Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi



Yüklə 165,6 Kb.
səhifə4/6
tarix09.10.2023
ölçüsü165,6 Kb.
#129876
1   2   3   4   5   6
1 mavzu

1.2. Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi

Ekonometrika iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish orqali jarayondagi muammoni echimini miqdoriy aniqlashda hamda o‘rganilayotgan jarayonga ta’sir qiluvchi omillarni miqdoriy baholash hamda boshqaruvda adekvat qarorlarni qabul qilish yordam beradi.


Ekonometrik modellashtirish iqtisodiy ko‘rsatkichlar va koeffitsipentlarni o‘zgarish qonuniyatlarini, tendensiyalarni aniqlash natijasida ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlarni keyingi davrlar uchun prognozlashtiri orqali iqtisodiy jarayonlarni strategiyalarini ishlab chiqish imkonini beradi
Iqtisodiy ma’lumotlar dinamik qator yoki dinamik ustun ko‘rinishida tuziladi, ya’ni ular vaqt bo‘yicha o‘zgaradilar. Kuzatuvlar soni ichki (ekzogen) omillar sonidan kamida 7 marta ko‘proq bo‘lishi kerak. Iqtisodiy jarayonlarni ekonometrik modellar asosida o‘rganish quyidagi afzalliklarga olib keladi:
1) Ekonometrik usullar yordamida iqtisodiy resurslaridan oqilona foydalaniladi.
2) iqtisodiy agentlarning munosabatlarini tahlil qilish va prognozlashtirish imkonini beradi;
3) Ekonometrik modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda etakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.
4) Ekonometrik usullar va modellar yordamida iqtisodiy jarayonlarni keyingi davrlar uchun strategiyalarini ishlab chiqish va ularning keyingi davrlardagi hatti-xarakatlarini aniqlash imkonini beradi.
5) Ekonometrik modellar iqtisodiy tadqiqotlarda yangi nazariyalarning matematik isbotini aniqlash imkonini beradi.
Asosiy ekonometrik usullar – bu matematik statistika usullari va ekonometrik usullar.
Matematik statistika usullar:

  • dispersion tahlil;

  • korrelyasiya tahlili;

  • regressiya tahlili;

  • omilli tahlil;

  • indekslar nazariyasi.

Ekonometrik usullar:

Asosiy qo‘llanadigan usuli – korrelyasion-regression tahlil usuli. Korreliyasion tahlil asosida omillar o‘rtasidagi bog‘liqliki aniqlanadi. Masalan aholi turmush faravonligiga ta’sir etuvchi omillar YAIM, iqtisodiyotga jalb qilingan investitsiyalar, aholining o‘rtacha daromadlari va hokazo. Regression tahlil asosida esa ichki omil yoki omillarning (endogen o‘zgaruvchilar) natijaviy (ekzogen) omilga ta’siri aniqlanadi. Masalan aholi turmush farovonligiga ta’sir etuvchi omillarni YAIM, investsiyalar, aholining o‘rtacha daromadlarining miqdoriy ta’siri aniqlanadi.



Yüklə 165,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin