Eksperimental psixologiya fan sifatida XIX asr o‘rtalarida rivojlana boshladi.
Eksperimental psixologiyaning maqsadi psixologik eksperiment o‘tkazishning malaka
va ko‘nikmalarini paydo qilish va rivojlantirishdan iborat. Eksperimental
psixologiyaning vazifalari:
1.
Psixologiya fanida eksperiment o‘tkazishning qonunlari, tartibi va tamoyillari bilan
tanishtirishdan iborat.
2.
Turli metodikalar yordamida shaxsning psixik ‘lari, holatlari va psixomotor
rivojlanishini o‘rganishdir. Ma’lumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, ximiya va
boshqa fanlarning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Psixik hodisalarni o‘lchashning
mumkinligi,
binobarin, psixologiyada eksperimentning boiishi mumkinligi haqida
nemis psixo- logi I.Gerbart (1776-1841) ijobiy fikr bildirgan. U «psixologiyada
matematikani tatbiq qilish mumkin va zarurligi haqida» shunday degan: «Mening
tadqiqotlarim amalda faqat psixologiyaning o‘zi bilan cheklanib qolmasdan, balki
fizikaga va umuman tabiat fan- lariga ham qisman aloqadordir».
Mashhur ingliz olimi F.Gal’ton 1884 –1885 yillar davomida bir necha seriyalardan
tajribalar o‘tkazdi. Bunda 5 dan 80 yoshgacha bo‘lgan hoxlovchilar arzimagan haq
evaziga laboratoriyada o‘z kuchi,
reaktsiya
tezligi
; organizmning xislatlarini
17ko‘rsatkich bo‘yicha tekshirishlari edi. Bu ko‘rsatkichlar qatoriga shuningdek, bo‘yi,
oqirlik, opkaning triklik siqimi, kalt va musht kuchi, harflarni eslab qolish qobiliyati,
ko‘rish o‘tktrligi, rangni farqlash kabi ko‘rsatkichlar ham kiritildi.To‘liq dastur
bo‘yicha hammasi bo‘lib 9337 kishi tekshirilib chiqildi.F.Gal’tonning fikriga ko‘ra,
testni o‘kazish eksperimentni talab etadi.SHunday qilib, eksperiment fanning haqiqiy
asosi, poydevori deb qarala boshlandi. Bu haqida Dj. Kettell ham ta’kidlab o‘tgan:
qachonki asosidan eksperiment va o‘lchash, aniqlash tashkil qilar ekan, shundagina
psixologiya xaqiqiy va aniq fan bo‘lishi mumkin. 1890 yilda nashr qilingan ilmiy ishida
u 50 turdagi laborotoriya testlarining ro‘yxatini keltiradi.Hozirgi kunda ularni testdan
ko‘ra ko‘proq topshiriqlar deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi.bu
topshiriqlar testlarga
qo‘yiladigan talablardan faqat ikkitasiga ega edi: uni qo‘llash ko‘rsatmasi mavjud
hamda tadqiqotning (laborotor) ilmiy xarakteri ta’kidlangan edi. Bu talablarga ko‘ra
laborotoriya yaxshi jixozlanishi; testni o‘tkazish vaqtida begonalar bo‘lmasligi; barcha
teshiruvchilarga bir xilda ko‘rsatma berilishi, ya’ni ular nima qilishlari kerakligini
yaxshi o‘zlashtirib olishlari lozim edi.
F.Gal’ton va Dj.Kettell dastlabki
asarlari nashr etilgach
, test metodi g‘oyasi
turli
mamlakat olimlarining diqqatini o‘ziga tortdi. SHu tariqa uning tarafdorlari va qarshi
bo‘lgan olimlar paydo bo‘la boshladi. Bu metodni qo‘llash tarafdorlariga quyidagilarni
kiritish mumkin: Germaniyada – G.MYunsterberg, S.Krepilin, V.Onri, Frantsiyada –
A.Bine, AЈSHda – Dj.Gilberd va boshqalar. Bu tadqiqotchilar yangi turdagi, ya’ni
psixologiyani amaliyot extiyojlari bilan bog‘lashga uringan olimlar edilar.Biroq amaliy
tadqiqotlarga intilish psixologiyada fandan yiroqlashish deb baholanadi. Dj. Kettellning
ta’kidlashicha, u o‘zining dastlabki testlarini laborotoriya tadqiqotlarida individual
farqlarni aniqlash maqsadida 1885 yilda qo‘llangan, ammo V. Vundtning qarshiligi
tufayli ularni nashrdan chiqara olmadi.
YAngi metodlar yaratilishi bilan birga birlashtirilgan testlar qo‘llanila
boshlandi. Masalan, aqlni o‘rganish metodlari orasida amerikalik psixolog D.Veksler
(1939, 1955) ning subtestlari keng tarqaldi. YAngi proektiv metodlar ham yaratilib,
keng qo‘llanila boshlandi (amaerikalik psixolog G. MYurre (1935, 1943) ning tematik
appertseptsion testi ( TAT), nemis psixologi S. Rozents Veygning frustratsiyaga bo‘lgan
reaktsiyani o‘rganish testi va boshqalar ).
Rus psixologiyasida diagnostik metodlaridan foydalanish o‘z tarixiga ega.
Bunda psixodiagnostika rivojlanishining ikki bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin.