Birinchi bosqich 20-yillarning boshidan 30-yillarning o‘rtasigacha bo‘lgan
davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda pedagogika va psixotexnikada test metodlari keng
tarqaldi. Bu davrda psixologik diagnostikaning rivojlanishida M.S. Bernshteyn, L.S.
Vigotskiy, P.P. Blonskiy, S.G. Gellershteyn, N.D.
Levitov, G.I. Rossalimo, P.I. SHpil’reyn va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. Olimlar
tomonidan ilgari surilgan qator ilg‘or fikrlar keyinchalik rivojlantirilmadi, chunki 1936
yildan keyin bu sohadagi barcha tadqiqotlar to‘xtatildi va psixodiagnostikaning keyingi
rivojlanishiga jiddiy to‘siq vujudga keldi.
Psixodiagnostika rivojlanishidagi ikki bosqich 50-60 yillarga to‘g‘ri keladi.
Bu davrda aqliy taraqqiyotni o‘rganishga katta e’tibor beriladi.
Rus psizxologi tomonidan ishlab chiqilgan aqliy taraqqiyotni sifatiy tahlil qilish
tamoyili qatolr vazifalarni hal qilishda o‘z mahsuldorligini namoyon qildi va ko‘pgina
tadqiqotlarda o‘z aksini topdi.
Respublikamizda psixodiagnostikaning rivojlanishiga M.G. Davletshin, B.R.
Јodirov, G‘.B. SHoumarov, e.G‘. G‘oziev, V.A. Tokareva, R.Z. Gaynuttdinov kabi
olimlar o‘z hissalarini qo‘shganlar.
Gerbartning fikricha, asosiy psixik element tasavvurdir, qolgan barcha jarayonlar
– xissiyot, iroda, tasavvurlar kombinasiyasidan va munosabatlaridan iboratdir. Ruxiy
xolatlar doimo o‘zgarish jarayonsida bo‘ladi. Tasavvurlarning bu doimiy o‘zgarish va
almashish jarayonida ma`lum darajada doimiylik, qonuniyat bor. Bu doimiylikning
miqdor tomonini o‘lchash mumkin. SHuning uchun ham, Gerbartning fikricha,
psixologiyaga matematikani tadbiq qilish mumkin.
Gerbart, garchan psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va
foydaliligini isbotlagan bo‘lsa ham, lekin uning o‘zi bu metoddan foydalanmagan.
Veber va Fexner Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo‘yicha dastlabki ishlarni fiziolog
Veber (1796-1878 y.) va fizik Fexner (1801-1887 y.)lar amalga oshirdilar. Veber va
Fexnerlarning maqsadi tashqi ta`sirotlar (fizik omillar) va ularning muvofiqi –
sezgilarning o‘zaro munosabatlari soxasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi.
Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni
kuzgatuvchi ta`sirotlar o‘rtasidagi qiyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo‘zg‘atkich
logarifmasiga proporcionaldir degan psixo-fizik qonunni kashf etdi. Veber va Fexnerlar
o‘tkazgan tajribalar «Psixofizika» degan aloxida fanning paydo bulishiga olib keldi.
Veber va
Fexner ishlarining aham iyati
, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bo‘lib
psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimental fanga aylantirish mumkin ekanligini
isbotladilar. SHu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan, o‘z-o‘zini kuzatishdan foydalanib
kelinayotgan psixologiya endi aniq fanlardagi ob`ektiv metoddan foydalana boshlaydi.