4-rasm. O`zgarmas tok mashinalari tuzlishini tushuntiruvchi chizma.
62
Tok yakordan tashqi zanjirga, yoki tashqi zanjirdan yakorga bir yo`nalishda oqishi uchun
o`zgarmas tok mashinalarida kollektordan foydalaniladi. Elektr toki kollektorga va kollektordan
shetkalar orqali oqadi.
Qo`zg`atish cho`lg`amini tok bilan ta`minlash bo`yicha o`zgarmas tok mashinalari
quyidagilarga bo`linadi (5-rasm).
1.
– Mustaqil qo`zgatiluvchi, bunda qo`zg`atish cho`lg`ami tashqi tok manbaidan tok
oladi;
2.
– Parallel qo`zg`atilish;
3.
– Ketma-ket qo`zg`atilish;
4.
– Aralash qo`zg`atilish.
5-rasm. Mustaqil (a), parallel (b), ketma-ket (v), aralash (g) qo`zg`atishli o`zgarmas tok
mashinasi sxemalari.
O`zgarmas tok generatorlari mustaqil tok manbasi kerak bo`lgan hollarda ishlatiladi.
Masalan, elektromagnitlarda, elektromagnit muftalarda, elektrodvigatellarda, elektroliz
vannalarda, payvandlash quvurlarida va shunga o`xshashlarda.
Dostları ilə paylaş: