1-mavzu: Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llari Reja


-MAVZU: GEOGRAFIYA TA’LIMIDA ONLAYN LOYIHALI METODLARIDAN FOYDALANISH



Yüklə 383,5 Kb.
səhifə31/35
tarix16.12.2022
ölçüsü383,5 Kb.
#121230
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
1 MAVZU Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini

16-MAVZU: GEOGRAFIYA TA’LIMIDA ONLAYN LOYIHALI METODLARIDAN FOYDALANISH
Reja:

            1. Onlayn loyihali metodlar

            2. Forum imkoniyatlarni

Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi o‘quv jarayoniga ketgan vaqt va masofani qisqartiradi. Bu esa ta’lim mazmunini tinglovchiga yetkazishda juda muhim rol o‘ynaydi. Sir emaski, o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish o‘quv-bilish jarayoni sifat-samaradorligini oshirish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida ta’lim olishga qulay muhit, imkoniyat yaratadi. Shuning uchun ham axborot-kommunikatsiyalari asosidagi o‘quv jarayonini tashkil etish keng quloch yozib bormoqda. Bular ichida Onlaynloyihali metodlari o‘quv jarayoniga intensiv kirib kelmoqda.


Onlayn loyihali metodlar – shunday pedagogik texnologiyasi, talabalarning o‘quv-biluv jarayonlarini amalga oshirishda juda qulay va samaralidir.
Bu zayldagi texnologiyalar talabalarning bilim olishida uni izlanishga, tahlil qilishga undaydi, ijodiy va amaliy malakalarining rivojlanishiga juda katta ta’sir qiladi.
Onlayn loyihali – o‘quv dastur loyihalari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  1. Talabalarga yechish uchun biror muammoni yoki savolni qo‘yadiki, u talabadagi qiziqishni orttiradi;

  2. Muammoning yechimini topish uchun talabalar biror gipotezani mustaqil ishlab chiqadi yoki yechimini topish uchun mantiqiy fikr yuritadilar;

  3. Talabalar muammoni yechish davomida, turli manbalardan (adabiyot, qo‘llanma, tablitsa, grafik, karta va Internet)dan axborotlarni to‘playdilar;

  4. To‘plangan axborotlarni o‘rganadilar, qayta ishlaydilar, qo‘yilgan muammoni yechish bo‘yicha xulosalar chiqaradilar. Boshqacha aytganda muammo ustida mushohada yuritadilar, yechim topadilar;

  5. Talabalar yakuniy xulosaga kelgach, yechimini tekshiradi va yangi gipotezalarni ko‘z oldiga keltirib, shakllantiradi.

Shunday qilib, talabalarning Internetda ishlay olishi o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda yangi resurslardan foydalanish malaka va ko‘nikmasini hosil qiladi. Bu holat o‘quv dasturini Internetdan topish, elektron pochtalar bilan va forum muhitida ishlash malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishni talab etadi.
Shu o‘rinda forum nima? Forum sharoitida ishlash qoidalari, uning ish rejimi va uning imkoniyatlari haqida fikr yuritamiz.
Forum – saytda muloqot yuritish shaklidir. Forumda axborot beruvchining o‘z muammolari bo‘lib, u mazmunini belgilaydi. Forumlar ma’lum mavzularga ega bo‘ladi. unda ishtirok etuvchi ma’lum tomon mazmunini ochishga harakat qiladi. Forum mazmuni, mavzulari Internetda uzoq vaqt saqlanishi mumkin.

Yüklə 383,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin