1-mavzu Hozirgi o‘zbek adabiy tilining maqsad va vazifalari



Yüklə 20,65 Kb.
tarix02.11.2022
ölçüsü20,65 Kb.
#118889
1-mavzu


1-mavzu
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining maqsad va vazifalari

1989-yil 21-oktabr – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. “Davlat tili haqida”gi Qonunda, konstitutsiyamizda tilimizning huquqiy maqomi va istiqbollari aniq ko‘rsatib berilgan.


Ayniqsa, bugungi kunda “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” degan ustuvor g‘oya asosida rivojlanayotgan mamlakatimizning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda.
Ona tilimiz - o‘zbek tiliga munosabat ham davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Shunday bo‘lishi tabiiy. Chunki inson, birinchi galda, o‘z ona tilida savodxon bo‘lishi kerak. Agar kishi o‘z tilida savodli bo‘lsa, boshqa tillarga ham hushyorlik va zakiylik bilan munosabatda bo‘ladi.
So‘zda buyuk ijobiy qudrat bor. Undan oqilona va odilona foydalana bilishimiz kerak.
O‘zbekistonning barcha sohalarini ezgu istiqbolli rejalar va ana shu rejalarga mos ijodiy harakatlar rivojlantiradi. Ezgu istiqbolli reja asosida esa so‘z, fikr, mantiq yotadi. Demak, insoniyatning baxtini, tinch-totuv, farovon turmushini, jamiyat taraqqiyotini ezgu niyat, ezgu so‘z, ezgu amalning birligi belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabr PF-5850-son “O‘zbek tlining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020-yil 20-oktabr PF-6084-son “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlarida: “…Mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish; ta’lim muassasalarida davlat tilini o‘rgatish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish; davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish; … davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlarni muntazam va har tomonlama o‘rganish, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish; davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash …” kabi vazifalar soha xodimlari oldiga asosiy vazifa sifatida belgilab berildi.
Ana shu ehtiyojdan kelib chiqib yaratilgan mazkur “O‘zbek tili” o‘quv qo‘llanmasi oliy ta’limning barcha yo‘nalishlarida tahsil olayotgan rusiyzabon guruh talabalarining ilmiy va kasbiy sohalarda faoliyat olib borishlari uchun bilim, fan ko‘nikmalarini kengaytirish va mustahkamlashga, kundalik muloqot va ish faoliyati jarayonida ulardan o‘rinli foydalana bilish malakasini shakllantirishni maqsad qiladi. O‘quv qo‘llanmada keltirilgan topshiriqlar talabalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, so‘z boyligini oshirishga, hujjatlarga doir topshiriqlar ularda hujjatlarni rasmiylashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Farzandlarimiz - bizning kelajagimiz. O‘zbekistonning taraqqiyoti, xalqaro miqyosdagi nufuzi - bilimli, oqil, intiluvchan, fidoiy yoshlarning harakatlariga bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2019-yilning 21-oktabrida “Milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” nomli nutqlarida haqli ravishda uqtirganlaridek: “Ona tilimiz - milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir. Bizning yoshlar, albatta, boshqa tilni bilish uchun sa‘y-harakat qilsinlar. Lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat-vataniy ishdir. Davlat tili masalasi milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lishi zarur”. Shunday ekan, qadrli talabalar! Ilm egallashga bel bog‘lang! Ona tilimizni seving va ardoqlang! Ota-bobolarimizning “Vaqt - omad”, “Vaqting ketdi - baxting ketdi”, “Har bir ishning vaqti bor, vaqt bilganning baxti bor”, “Ilm – aql bulog‘i, aql – yashash chirog‘i”, degan o‘gitlariga amal qiling!
Yüklə 20,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin