1-mavzu: Imkoniyati cheklangan o„quvchilarni ta‟lim jarayoniga jalb qilishga
oid qonun hujjatlar
REJA:
1. Inklyuziv ta’limni sifatli va samarali tashkil etish shart-sharoitlari
.
2. Ta’lim muassasasini ilmiy-metodik boshqarishda innovatsion ta’lim va uni
amaliyotga kiritish bosqichlari.
Tayanch sо„zlar:
inklyuziv ta’lim,
korreksiya, abilitatsiya ishlari,
differensiyalash, maxsus ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga yо‘nalishlar
surdo,
oligo,
tiflo
va
logopediya,
imkoniyati
cheklangan
bolalar,
modifikatsiyalashgan ta’lim, improvizatsiya.
1. Inklyuziv ta‟limni sifatli va samarali tashkil etish shart-sharoitlari
Imkoniyati
cheklangan
bolalar
uchun
ixtisoslashtirilgan
ta’lim
muassasalari о‘quvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlash:
Imkoniyati cheklangan bolalar о‘qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur
adabiyotlar, metodik qо‘llanmalar,turli kasblarga о‘qitish uchun zarur bо‘lgan
uskuna va jixozlar bilan ta’minlash orqali inklyuziv ta’limga tayyorlash;
Jamoatchilik о‘rtasida ICHB larning bilim olish huquqi, inklyuziv
о‘qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini
joriy etish;
О‘quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan kelib chiqqan holda
maxsus maktab-internatlarni optimallashtirish orqali Umumta’lim maktablarida
inklyuziv ta’limni shakllantirish;
О„quv jarayonini tashkil etish sohasida:
О‘quvchilarni imkoniyati va muammolarining darajasi bо‘yicha
differensiyalash va har bir darajadagi о‘quvchilarning imkoniyatiga mos dastur
asosida ta’lim berilishini tashkil qilish.