•
«Multimediya-videodasturlar asosida dars о‘tish» – ma’lum bir mavzuni
dasturli, ovozli, kо‘rgazmali televizor, video qurilmalari yordamida о‘tish usuli;
•
«Muayyan vaziyat yoki holatni tahlil qilish» – biror-bir hayotiy voqea,
vaziyat, hodisalarni о‘rganish, tahlil qilish, tо‘g‘ri xulosa chiqarish;
•
«Nuqtai nazaring bо‘lsin» – о‘qituvchining savol yoki topshiriqlariga
barcha о‘quvchilar о‘z nuqtai nazarlarini bildiradilar, ularda о‘zlarining shaxsiy
hayot yо‘li qaror topadi;
•
«Tanqidiy fikrlash» – о‘quvchilar о‘qituvchining bergan savollariga bir-
birini takrorlamagan holda, tanqidiy yondashib fikrlarini bildiradilar.
•
Bundan tashqari «Har kim – har kimga о‘rgatadi», «Pantomima – sо‘zsiz
harakatlar yordamida ifodalash», «Rolli о‘yin, sahna kо‘rinishi» kabi usullar ham
mavjud.
Tizimli innovatsiyalar – muayyan muammo doirasidan kelib chiqadigan, aniq
maqsad va vazifalarga ega bо‘lgan innovatsiya-lardir. Bular о‘qituvchi va о‘quvchi
qiziqishlari asosida tuzilib, uzviylik xarakteriga ega bо‘ladi. Bunday innovatsiyalar
puxta tayyorlanib, ekspertlardan о‘tadi va zarur vositalar bilan ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: