1-mavzu: Imkoniyati cheklangan o„quvchilarni ta‟lim jarayoniga jalb qilishga oid qonun hujjatlar reja



Yüklə 267,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix07.07.2023
ölçüsü267,14 Kb.
#128486
  1   2   3   4
Маъруза матни 1



1-mavzu: Imkoniyati cheklangan o„quvchilarni ta‟lim jarayoniga jalb qilishga 
oid qonun hujjatlar 
 
REJA: 
1. Inklyuziv ta’limni sifatli va samarali tashkil etish shart-sharoitlari
.

2. Ta’lim muassasasini ilmiy-metodik boshqarishda innovatsion ta’lim va uni 


amaliyotga kiritish bosqichlari.
Tayanch sо„zlar: 
inklyuziv ta’lim, 
 
korreksiya, abilitatsiya ishlari
differensiyalash, maxsus ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga yо‘nalishlar 
surdo, 
oligo, 
tiflo 
va 
logopediya, 
imkoniyati 
cheklangan 
bolalar, 
modifikatsiyalashgan ta’lim, improvizatsiya. 
 
 
1. Inklyuziv ta‟limni sifatli va samarali tashkil etish shart-sharoitlari 
Imkoniyati 
cheklangan 
bolalar 
uchun 
ixtisoslashtirilgan 
ta’lim 
muassasalari о‘quvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlash: 
Imkoniyati cheklangan bolalar о‘qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur 
adabiyotlar, metodik qо‘llanmalar,turli kasblarga о‘qitish uchun zarur bо‘lgan 
uskuna va jixozlar bilan ta’minlash orqali inklyuziv ta’limga tayyorlash; 
Jamoatchilik о‘rtasida ICHB larning bilim olish huquqi, inklyuziv 
о‘qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish; 
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini 
joriy etish; 
О‘quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan kelib chiqqan holda 
maxsus maktab-internatlarni optimallashtirish orqali Umumta’lim maktablarida 
inklyuziv ta’limni shakllantirish; 
О„quv jarayonini tashkil etish sohasida:

О‘quvchilarni imkoniyati va muammolarining darajasi bо‘yicha 
differensiyalash va har bir darajadagi о‘quvchilarning imkoniyatiga mos dastur 
asosida ta’lim berilishini tashkil qilish. 



Maxsus ta’limning boshlang‘ich bosqichida korreksiya, abilitatsiya ishlarini 
sifatli amalga oshirish orqali о‘quvchilarni inklyuziv ta’limga tayyorlash. 
Oilasida, yaqinlari bilan mahallasida yashash va umumiy о‘rta ta’lim maktabda 
о‘qishiga tayyorlash. 

Korreksiyalovchi ta’lim mazmunini о‘quvchilarning ehtiyojidan kelib 
chiqqan holda individual bо‘lishini ta’minlash orqali har bir о‘quvchi inklyuziv 
ta’lim sharoitida erkin his qiladigan darajaga yetkazish. 

Har bir yо‘nalish bо‘yicha dasturlar о‘quvchilarni ijtimoiy hayotga 
moslashuviga yо‘naltiruvchi mazmunga yо‘naltirilgan bо‘lishini ta’minlash. 

Ta’lim jarayonida barcha pedagog xodimlar-о‘qituvchi, tarbiyachilar oldiga 
yagona talab-о‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, oilada, mahallada, 
jamoatchilik joylarda, kо‘chada, transportda, dо‘konda, bozorda egallanadigan 
barcha kommunikativ kо‘nikma va malakalarni berilishini ta’minlash. 

Imkoniyati cheklangan bolalarning moslashishi va integratsiyasiga erishish 
uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jixozlar bilan ta’minlash; 

Imkoniyati cheklangan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olishga bо‘lgan 
huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish. 

О‘quvchilarni imkoniyatlari bо‘yicha tashxis qilishini ta’minlash va 
tabaqalashtirilgan ta’lim olib borishga tayyorlanish.

Yüklə 267,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin