1-MAVZU. IQTISODIYOTGA KIRISH
Reja:
1. Cheklangan resurslar
va cheksiz ehtiyojlar
2. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi. Iqtisodiyotga oid bilimlarning
shakllanishi va rivojlanishi
3. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)
4. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari
1.
Cheklangan resurslar va cheksiz ehtiyojlar
Insonlarning talab-ehtiyojlari ko’p va turlichadir. Biologik tuqtai-nazardan
olib qaralganda, insonlarga faqatgina havo, suv,
oziq-ovqat, kiyim-kechak va oddiy
boshpana bo’lsa kifoya qiladi. Ammo biz yashayotgan zamonaviy jamiyatda
insonlar o’z turmush tarzini va yashash sharoitlarini yaxshilash uchun ko’proq
xizmatlar va mahsulotlarga ehtiyoj sezadilar. Endi insonlar
daryodan oqib turgan
oddiy suvga emas, balki suv idishlardagi chiroyli qadoqlangan suv,
salqinlantiruvchi ichimliklar va sharbatlarga ehtiyoj sezadilar. Insonlar
o’rmonlardan maymunjon va yong’oqlarni terib yemay, balki xushxo’r saladlar,
mazali taomlar va anvoiy yeguliklarni xohlaydilar. Kiyinish borasida ham avvalgi
ibtidoiy jamiyatdagi kabi eng
sodda kiyim-kechaklarni emas, balki qimmatbaho
kiyim-kechaklar, bejirim kostyumlar va paltolarni kiyishni xohlaymiz, albatta.
Avvalgidek insonlar chaylalarda emas, balki ko’p qavatli binolarda, xashamdor
imoratlarda kun kechirishni istaydilar. Inson ehtiyojini chek-chegarasi yo’q.
Insonning
baxtiga yer, foydali qazilma boyliklar, ish qurollari, texnika, mehnat
qilish va boshqaruvchilik salohiyati kabi ishlab chiqrish resurslari mavjud. Xuddi
mana shu resurslar iqtisodiyotda qo’llanilib, bizga mahsulotlarni ishlab chiqarishda
va ko’pgina iqtisodiy talablarimizni qondirishda yordam beradi. Lekin oddiy
haqiqat shundan iboratki, bizning iqtisodiy talablarimizni qondirish uchun bizdagi
mavjud resurslar chegaralangan. Shuning uchun biz muqobil tanlov qilishga
majburmiz. Bu haqiqat esa iqtisodiyot iborasini tushunishga yordam beradi va o’z
o’rnida, iqtisodiyot atamasi xomashyo va resurslar insonlarni
butun ehtiyojlarini
qondirish uchun yetarli bo’lmaganligidan, iqtisodiyot fani – kishilar, institutlar va
jamiyat ushbu cheklangan resurslarni qanday optimal (eng yaxshi) tanlovni amalga
oshirishni o’rgatuvchi ijtimoiy fan hisoblanadi.
Tabiiyki, savol tug`iladi, biz nima uchun men iqtisodiyotni o'rganishimiz
kerak? Keling, yo'llarini sanab chiqamiz.
-
ba`zi odamlar yaxshi ish topish uchun iqtisodni o'rganadilar;
-
ba'zi odamlar inflyatsiya va ishsizlikni keltirib chiqaruvchi sabablarni
chuqurroq anglab etish maqsadida o`rganadilar;
-
ba`zilar esa qanday chora-tadbirlar global isishni sekinlashtirishi yoki
maxsus savdo markalari hamda "Xitoyda ishlab chiqarilgan" degani nimani
anglatishini tushunishni xohlashadi.
Iqtisodiyot fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo,
iqtisodiyot va uning vazifalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Insoniyat
hayoti va uning
taraqqiyoti juda murakkab, ko‘p qirrali va g‘oyat chigal
muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab
chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni
boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan
sari ko‘payib, rivojlanib hamda ularning o‘zgarib borishi natijasida vujudga keladi.
Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar
bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo‘lgan narsaga o‘xshab
ko‘rinadi.
Masalan, bugun hammaga ma’lumki,
kishilar yashashlari, siyosat, san’at,
adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shug‘ullanishlari uchun hayotiy
ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari kerak. SHuning uchun har bir kishi,
o‘zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari –
kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega bo‘lish, bilim olish kabi
ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan pul daromadlarini qaerdan, nima hisobiga topish
kerak degan muammolarga duch keladi.
Buning ustiga barcha resurslarimiz – pul mablag‘lari, tabiiy boyliklar,
malakali ishchi kuchlari,
ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi
cheklangan miqdordadir. Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona
foydalanib, aholining to‘xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga
erishish, resurslar va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish
iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning,
resurslarning harakati
bo‘yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:
4)
iste’mol qilish jarayoni.
Shunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo to‘xtovsiz
takrorlanib turadigan jarayondir. Bu jarayonni ushbu
chizmada tushunish osonroq bo‘ladi.