Reja
1.Xordali hayvonlarning rivojlanishi va embriogenez evolyutsiyasi.
2.Embriogenez tiplarim (erkin, lichinkasiz, tirik tug’uvchilar).
3.Tur ekologiyasining embriogenez xillariga tasiri.
Tayanch tushunchalar: erkin embriogenez, lichinkasiz embriogenez, tirik tug’uvchilar, embriogenez evolyutsiyasi.
Xordali hayvonlar tipining hamma vakillari loaqal embrion xolatida xordaga hamda ichak oldingi qismining ikki yon tomonida joylashgan oyquloq tirqishlariga ega bo’ladi . Xordali hayvonlarning markaziy nerv sistemasi tanasining qorin tomonida emas balki orqa tomonida joylashgandir. Markaziy qon aylanish a’zosi yuragi tanasining qorin tomonida turadi. Xordalilarning asosiy qismini hayvonlar dunyosining hammadan yuksak darajada tuzilgan vakillarini o’z ichiga oluvchi umurtqalilar kenja tipi tashkil etadi. Har bir tur individlarining o'sishni boshqaradigan genetik axboroti xromosomalarda joylashgan. Boshqa ornillar optimal bo'lsa ham, genetik chegaradan chiqib keta olmaydi. Masalan, kit kichik bo'lib qolmaydi, sichqon katta bo'lib keta olmaydi. Embroblastlarning o'sishi ham muhim omil ekanligi keyingi yillarda aniqlandi.
Ovqat tarkibi va miqdori ham o'sishga ta'sir etadi.
Bundan tashqari, yil fasli, hayvonning psixik holati, yoshi, taraqqiyot bosqichi ham o'sishga ta'sir etadi. Har xil yoshdagi va bosqichdagi hayvondan olingan to'qima sun'iy sharoitda turlicha o'sganligi aniqlangan. Qari organizmdan olingan to'qima yosh organizm to'qimasiga nisbatan sekin o'sadi.
Keyingi yillarda to'qimani boshqaradigan maxsus ingibitor keylon (xeylon) moddasi topildi. Keylon dastlab epidermisda, keyin boshqa to'qimalarda ham uchrashi aniqlandi. Keylon glikoproteid modda bo'lib, keylon ko'p ishlab chiqarilsa, hujayra bo'linishini sekinlashtiradi. Shuning uchun yosh organizmda hujayralar soni kam bo'lib, keylon kamroq miqdorda ishlab chiqariladi va organizm tez o'sadi. Qari organizmda hujayralar soni ko'p bo'lib, keylon ko'p ishlab chiqariladi va organizm sekin o'sadi. Keylonning xarakterli xususiyatlari: 1) har bir to'qimaning ishlab chiqargan keyloni o'ziga ta'sir etadi; 2) har bir to'qimaning ixtisoslashgan keyloni bo'ladi, masalan, epidermis keyloni faqat epidermisga ta'sir etadi; 3) tur yoki sinf bo'yicha keylon ixtisoslashmagan bo'ladipmasalan, treskaning epidermis keyloni sut emizuchilar epidermisiga ta'sir etadi. Kelajakda har bir to'qima va hujayra o'sishining stimulyatorya ingibitorini aniqlash lozim. Biologiyaning bu sohasi bo'yicha limfositlar hozircha juda kam. Ammo keyingi tadqiqotlar turli yoshdagi organizmlar o'sishini boshqaradigan stimulyatorlarning ko'plab guruhlarining aniqlanishiga olib keldi.
Organizm rivojlanishi boshlanguncha bir necha boshlang'ich o'sish o'lchamlariga ega bo'lib, ular qisqa vaqtda o'zgarmaydi. Keyin asta-sekin, keyinchalik tezlik bilan massa ortishi boshlanadi. Ma'lum vaqt davomida o'sish tezligi bir xil bo'lib turadi, keyin o'sish sekinlashadi va massa ortishini ta'minlovchi moddalar miqdori tenglashadi.
O'sishning muhim xususiyati uning difFerensialligidir, ya'ni organizmni tashkil etadigan organlarning o'sish tezligi har xil bo'ladi. Chunki, birinchidan, har xil organlar turli tezlikda o'sadi va turlicha kattalikda bo'ladi. Ikkinchidan, organizm rivojlanishining turli bosqichlarida o'sish tezligi turlicha bo'ladi. Masalan, yosh organizm tez o'sadi, qari organizm aksincha, sekin o'sadi yoki o'sishdan to'xtagan bo'ladi.
O'sishning muhum xususiyatlaridan yana biri uning ekvifinalligi, ya'ni har bir individ o'zining turini o'sish o'lchamigacha o'sa oladi ."'Shunday qilib, o’sishning differensialligi va rivojlanayotgan organizm bir butungini ta'minlaydi.
O'sish hujayra, to'qima, organ va organizm darajasida sodir bo'ladi.
Hujayraning o'sish turlari. Hujayra o'sishining ikk ituri farqlanadi: ' Auksentik o'sishda hujayra o'lchami ortadi. Hujayra o'sishining kam uchraydigan bu turi boshi aylangichlilar, yumaloq chuvalchanglar, hasharotlar lichinkasida uchraydi. Ular hujayralarining soni doimiy bo'lib, gavdaning o'sishi hujayralar o'lchamining kattalashuvi hisobidan amalga oshadi. Hujayra o'lchamining kattalashuvi esa sintez jarayonlari bilan bog'liq.
Hujayralarning mitoz bo'linishi o'simliklar va hayvonlarda doimiy jarayon bo'lib, buning natijasida organizm va hujayraning o'sishi sodir bo'ladi. Nematodlar va bosh aylangichlilarda hujayralarning ko'payishi rivojlanishning dastlabki davrlarida to'xtaydi va organizmni tashkil etadigan hujayralar aniq sonda bo'ladi. O'sish esa mavjud hujayralar kattalashuvi hisobidan amalga oshadi. Masalan, bosh aylangichli Nydatina senta terisi 301 hujayradan, halqumi 165, jinsiy sistemasi 19, muskullari 122, nerv sistemasi 247, ayiruv organlari 24, gavdasi hammasi bo'lib 959 hujayradan tashkil topgan.
Demak, hujayralar o'sish davrida differensiallanmagan holatdan differensiallashgan holatga o'tadi.
• Proliferasion o'sish hujayralarning bo'linib ko'payishi tufayli sonining ortishi natijasida sodir bo'ladi. Proliferasion o'sishning ham ikki turi bor.
Multiplikativ o'sishda ona hujayradan hosil bo'lgan har ikkala hujayra yana bo'linib ko'payadi
Demak, 5 marta bo'linishdan keyin 32 ta hujayra hosil bo'ladi.
Mutiplikativ o'sish juda effektiv bo'lib, sof holda deyarli uchramaydi yoki tez tugaydi. Masalan, bunday o'sish embrional rivojlanishning dastlabki davrida sodir bo'lib, embrion rivojlanishining oxirgi davrlarida tugaydi. Shuning uchun bunday o'sish davrida rivojlanayotgan organizm massasi tez ortadi. Buni quyidagi misolda ham ko'rish mumkin. Agar hosil bo'layotgan hujayralar nobud bo'lmasa, hamma hujayralar bir хil tezlikda bo'linsa, ularning o'lchami va hajmi bir xil bo'lsa, massasi 10 g bo'lgan zigotadan hosil bo'lgan hujayralar 42 marta bo'linishidan keyin og'irligi 100 kg keladigan organizm paydo bo'ladi.
Og'irligi 3-4 kg keladigan yangi tug'ilgan bola jinsiy voyaga yetgan organizmga aylanishi uchun 4-5 marta bo'linishi yetarli bo'ladi. Ammo tabiatda bunday bo'lmaydi, hujayralar o'limi, bo'linishning notekisligi tufayh hayotda bunday natijalar olib bo'lmaydi.
Umurtqali hayvonlarda hujayralar poliploidizasiyasi o'sish jarayoniga ta'sir etmaydi. Poliploidiya ba'zi organlarda(jigarda) uchravdi. xolos.
Akkresion o'sishda hujayraning har xil bo'linishidan keyin hosil bo'lgan hujayralarning biri bo'linib ko'payadi, ikkinchisi ko'paymaydi. Bunda hujayralar soni arifmetik yo'l bilan ko'payadi va n-bo'linish soni bo'lsa, unda: Nn=2n (2) formula hosil bo'ladi. Masalan, 5 marta bo'linishdan keyin nechta hujayra hosil bo'lishini hisoblash quyidagicha bo'ladi: Nn=2n=2x5=10. Demak, 5 marta bo'linishdan keyin 10 ta hujayra hosil bo'ladi. Hujayralar o'sishining bu turi organizm kambial va differensial zonalarga bo'linishi bilan bog'liq. Hujayralar kambial zonadan differensial zonaga o'tadi va zonalar o'rtasidagi o'lchamni saqlaydi. Bunday o'sish hujayralar almashinuvi sodir bo'ladigan organlarga xosdir.
Ko'plab organizmlar embrional va postembrional rivojlariishining dastlabki davrlarida multiplikativ o'sish sodir bo'ladi. Akkresion o'sish butun hayoti davomida doimiy o'sadigan yoki xujayralari almashib turadigan organlarda sodir bo'ladi.
Akkresion o'sish eritroid, ichaklarning shilliq qavati, nafas olish yo'llari va boshqa organlar hujayralarida uchraydi. Bunda hujayra ko'payish zonasidan yetilib chiqib ma'lum darajada differensiallashadi va o'ladi, keyin yo'qolib ketadi. Shuningdek, hujayralar ko'payish zonasidan yetilib, o'ladi va tish, chig'anoq, shox va boshqa ko'rinishda saqlanib qoladi.
Ayni paytda o'sish hodisasini ko'proq matematik usulda tushuntirish qulayroq bo'lib qolmoqda. Chunki o'sish ontogenez jarayonida bir xil va deyarli doimiy davom etadigan jarayon hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, bu sohadagi tadqiqotlardan ma'lum bo'ldiki, o'sishni matematik usul bilan ham aniq ta'rifiab bo'lmaydi. O'sishni ifodalovchi ko'plab matematik modellar tasviriy xarakterda bo'lib, nazariy umumlashmalar kam uchraydi.
Keyingi yillarda organizmni tashkil etadigan organlarning nisbiy o'sishi, organizmga nisbatan organlarning o'sishi, organlar ichidagi o'sish muammolari o'rganilmoqda
Organizmning o'sish turlari. Butun organizm massasining ortishi uni tashkil etadigan hujayra, to'qima va organlar o'sishi hisobidan amalga oshadi. Organizm darajasida o'sishning ikkita tipi bor:
1. Cheklanmagan o'sish. Bunday o'sish zigotadan tabiiy o'limgacha davom etadi. O'sishning bu turi determinasiyalashmagan o'sish ham deyiladi. Cheklanmagan o'sish baliqlarda uchraydi. Ularning tangachalari doimiy o'sganligi uchun har yili halqalar hosil bo'ladi. Ana shu halqalar soniga qarab ularning yoshini aniqlash mumkin.
2 Cheklangan o'sishda organizm shu tur va jinsga xos bo'lgan o'lchamgacha o'sadi.Shundan keyin o'sish to'xtaydi. Bunday o'sish determinasiyalashgan o'sish ham deyiladi va sudralib yuruvchilar, qushlar hamda sut emizuvchilarda sodir bo'ladi. Qopchiqli hayvonlarda rivojlanish paytida dastlab og'iz va qo'l intensiv o'sadi, shakllanadi, boshqa organlar esa sekin o'sadi. Buning sababi ularning embrioni dastlab bachadonda qisqa vaqt rivojlanib, keyin qopchiqda o'sishi va emishga kirishishidir. Qo'shoyoq va qumsichqon cho'l va qumlarda murakkab sharoitda yashashga moslashgan. Qumsichqon asosan koloniya bo'lib yashaydi va ovqat izlab inidan uzoqlarga ketmaydi. Qo'shoyoq esa yakka-yakka bo'lib yashaydi va ovqat izlab inidan uzoqlarga ketadi. Har ikkala tur ham inda yashaganligi uchun yaxshi rivojlanmagan bola tug'adilar va embrion rivojlanishi 24 kun davom etadi. Ularda qo'llar bir davrda, oyoq esa keyinroq paydo bo'ladi va tez o'sadi. Oyoqning qo'ldan uzunroq bo'lishi qo'shoyoqda embriondan oldingi davrga to'g'ri kelsa, qumsichqonda embrion davriga to'g'ri keladi. Tug'ilish paytida qo'shoyoqning qo'U va oyog'ining uzunUgining nisbati 9:16,5 mm, qumsichqonniki 13:14 mm, jinsiy voyaga yetganda esa qo'shoyoqda 55:180 mm, qumsichqonda 100:110 mm. O'sishning ham chegarasi bor. O'sish ma'lum darajaga yetgandan keyin sekinlashadi va to'xtaydi. Organizmning ba'zi organlarida hujayraning o'sishi va ko'payishi davom etadi. Ammo hujayralarning o'lishi va almashinishi sodir bo'lib turishi tufayli organizmning o'sishi sodir bo'lmaydi.
Turlar katta yoki kichik arialni egallashi yoki undagi populiyatsiyalar sonining ko’p yoki kam bo’lishiga qaramay bir butun yaxlit sistemani tashkil etadi.Turning yaxlitligini saqlovchi mexanizmlardan biri uning boshqa turlardan alohidalanganligidir.Har xil turlar turli ekologik sharoitga moslashish jaroyonida ularning orasidagi farqlar tobora ortib boradi. Turning ekologik moslashishining ahamiyati ayrim individlar va yaxlit tur uchun hax xil bo’lishi mumkin masalan,bazi turga kiruvchi qushlar ekologik sharoiti,ya’ni uyasi torlik qilganda ayrim bolalarni uyasidan tashlab yuboradi.Ular nobud bo’ladi,lekin qolgan bolalari esa keng shaoitda baquvvat yashash qobilyati kuchaygan bo’lib yetiladi.Bunday moslanishlar ayrim individlar uchun zarazli tur uchun esa foydalidir.
Dostları ilə paylaş: |