1-MAVZU: KIRISH. KOMPYUTER ARXITEKTURASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI, KOMPYUTERLARNI TASHKIL ETISH TAMOILLARI VA KLASSIFIKASIYASI
Reja
Fanning asosiy tushunchalari
Kompyuterni tashkil etishda umumiy qarashlar
Kompyuterning rivojlanish bosqichlari
Fllin klassifikasiyasi va arxitekturalar
Kompyuterlar va hisoblash tizimlariga qo’yiladigan umumiy talablar
T ayanch atamalar: Blez Paskal , Paskal arifmometri, Musiqali sandiqcha , Neyman kompyuteri, Mir-1, Mir-2, Minsk-2, 22, 32, M-220, 222, BESM-3, 4, 4M, Rozdan, Ural-11, 14, 16, BESM-6. Strela, BESM-1, M-2, M-3, M-20, Minsk-1,12,14, BESM-2, Ural-1. TI-ASC (Texas Instruments Advanced Scientific Computer), STAR-100, Intel 8080 (8), 8086 (16), 8088 (16), 80486 (32), SISD (Single Instruction stream/ Single Data stream), SIMD (Single Instruction stream/Multiple Data stream), MISD (Multiple Instruction stream/ Single Data stream), MIMD (Multiple Instruction stream/ Multiple Data stream), Narx/unumdorlik munosabati, Masshtablashtirish, Dasturiy ta’minotning mosligi va mobilligi.
Fanning asosiy tushunchalari
Hisoblash texnikasi sohasi, hususan kompyuterlarning qanday tuzilganligiga oid nashr qilingan adabiyotlarda asosiy e’tibor, kompyuterni tashkil etuvchi apparat vositalarning qanday tuzilganligi, nimaga mo‘ljallanganligi hamda qanday ko‘rsatgichlar asosida ularni tavsiflash mumkinligiga qaratilgan. Ushbu adabiyotlar ko‘proq kompyuterning apparat qismi bilangina shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangandir. Ohirigi 10-15 yillar davomidagi rivojlanish shuni ko‘rsatdiki, kompyuterni o‘zining faoliyatida qo‘llayotgan har bir soha mutaxassisi, ayniqsa kompyuter injiniringi, dasturiy injiniring va telekommunikatsiya kabi sohalar mutaxassislari uchun - kompyuterni tashkil qiluvchi apparat va dasturiy vositalarini birgalikda o‘rganish maqsadga muvofiq ekan. Kompyuterning apparat va dasturiy vositalarini birgalikda o‘rganish deganda, kompyuter va kompyuter tarkibiga kiradigan qurilmalarni qanday tuzilganligi bilan birga, ularda ma’lumotlarni ishlash jarayonlari qanday amalga oshirilishini ham o‘rganish tushuniladi. Bunda ma’lumotlarni ishlash dasturlari qanday algoritmlar asosida tuzilganligi, ushbu algoritmlarni so‘z bilan ifodalashdan tortib, to amaliy dastur sifatida shakllanish bosqichlarini mukammal bilish kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |