Kompyuterlar va hisoblash tizimlariga qo’yiladigan
umumiy talablar Narx/unumdorlik munosabati. Turli xil kompyuterlar va ma’lumotlarga ishlov berish vositalarini o’zaro solishtirish uchun unumdorlikni o’lchashning standart metodikalardan foydalaniladi. Bu metodikadan foydalanib, ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar sinov natijasida olingan sonli ko’rsatkichlardan u yoki bu texnik yechimlarni baholash uchun foydalanishlari mumkin. Natijada aynan unumdorlik va narx kabi ko’rsatkichlar hisoblash tizimlarini qanday qurish kerak degan savolning yechimi uchun rasional asos bo’la oladi.
Ishonchlilik va buzilishga barqarorlik. Hisoblash tizimlarining muhim xarakteristikasi bu ishonchlilik. Ishonchlilikni oshirish yuqori darajadagi integrasiyali komponentlarni qo’llash hisobiga uzluksiz ishlamaslik va buzilishlarni kamaytirish, shovqin darajasini kamaytirish, sxemalarning ish holatini yengillashtirish, ularning ishidagi sovutish talablarini ta’minlash, bulardan tashqari apparatlarni va tizimlarni to’liqligicha yig’ish va testlash usullarini mukammallashtirish yo’li bilan ta’minlanadi.
Buzilishga barqarorlik - bu tizimning nosozlik yuzaga kelganda dastur bo’yicha berilgan harakatini (vazifasini) davom ettirishni ta’minlaydigan xususiyat. Buzilishga barqarorlik xususiyati ko’plab apparat va dasturiy ta’minotlarni talab qiladi. Ishonchlilikning asosiy muammolar yo’nalishlari nosozlikni bartaraf etish va buzilishga barqarorlik bilan uzviy bog’liq. Hisoblash tizimlarining parallellik va buzilishga barqarorlik qoidasi o’zaro bir biriga bog’liq bo’lib, ikkalasida ham qo’shimcha funksional komponentlar talab qilinadi.
Masshtablashtirish.Masshtablilik prosessorlarning soni va quvvatini, operativ va tashqi xotiralar hajmini va hisoblash tizimlarining boshqa resurslarini oshirishni o’zida aks ettiradi. Masshtablilikni kompyuterning arxitekturasi va konstruksiyasi, bundan tashqari mos dasturiy vositalar ta’minlashi kerak.
Har bir yangi prosessorning qo’shilishi haqiqatdan qulay narxda masshtablanuvchi tizimda bashorat qilingan unumdorlik va o’tkazuvchanlik imkoniyatining oshishini ta’minlab berishi kerak. Masshtablanuvchi tizimlarni yaratishning asosiy vazifalaridan biri, tizimni kengaytirish, narxini kamaytirish va rejalashni soddalashtirishdan iborat. Ideal holatda tizimga kompyuterni qo’shish uning unumdorligini chiziqli o’sishiga olib kelishi kerak.