1-mavzu. Kirish. Matnshunoslik fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 220,31 Kb.
səhifə2/41
tarix01.12.2022
ölçüsü220,31 Kb.
#120278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
1-mavzu. Kirish. Matnshunoslik fanining predmeti va vazifalari R

Manba va matn. Manbashunoslik va matnshunoslikda matn ma’nosi keng qamrovli tushuncha. Matn deganda, muallif ijod etmoqchi bo‘lgan fikr va g‘oyaning yozuvdagi in’ikosi tushuniladi. Matn deganda yaxlit bir asar, qo‘lyozma nusxa ham anglashiladi. Qadimiy matnlar tadqiqi bilan matnshunoslar (manbashunoslar) shug‘ullanadilar. Ularning vazifalariga adabiyotshunoslik va tilshunoslikka xos bo‘lgan, tarixchilarning manbashunoslik va istoriografiya sohalaridagi barcha tadqiq usullarini qo‘llash kiradi. Matnshunoslik qo‘lyozma nusxaning matn xususiyatlaridan tortib nashr ko‘rinishidagi barcha yutuq va kamchiliklari haqida tasavvur uyg‘otuvchi tadqiqotni amalga oshiradi. Matn taqdiri, saqlanish darajasi, nashr bezaklari va tavsifiy belgilarini o‘rganish matn tushunchasining klassik ta’rifiga sig‘masa-da, matnshunoslikda qabul qilingan matn tushunchasi, uni o‘rganish doirasiga kiradi.
Hozirgi zamon filologiyasida matn ustida ishlash masalalarida ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan yagona qoida yo‘q. Manbashunoslar matn tarixi, tadqiqi va tavsifi ustida ko‘proq bosh qotirsalar, matnshunoslar ularga qo‘shimcha ravishda matn talqini tadqiqiga alohida e’tibor qaratadilar. Shuning uchun ham manbashunoslik tarixiy va tabiiy fanlar sohasiga, matnshunoslar asosan filologiya sohasiga tegishliligi bilan farqlanib turadi. O‘z navbatida matnlarni badiiy va lingvistik tadqiq etish masalarida ham matnshunoslar o‘rtasida bir to‘xtamga kelinmagan. Bu matn interpretatsiyasi ustida ishlayotgan olimning qaysi fan sohasida ish olib borishiga bog‘liq.
Talqin tadqiqi badiiy asarning yozma yodgorlik sifatidagi qimmatini baholash, davr ruhi, muallif yondashuvi (ob’ektivlik va sub’ektivlik), badiiy asar matni haqida to‘liq tasavvur paydo bo‘lishida ob’ektiv asos bo‘lib xizmat qiladi. Zotan, matnshunoslik badiiy asarning matn zamiridagi yashirin ma’nolarini, botiniy jihatlarini ochib berish, uning yaratilish tarixi, matn o‘zgarishiga olib kelgan holatlarni aniqlash va muallif varianti saqlanib qolmagan taqdirda, asarning dastlabki ko‘rinishiga yaqin matnni tuzishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Shu jihatdan matnshunoslikni quyidagi 3 tarkibiy qismga bo‘lish mumkin:
1.Matn tarixini o‘rganish.
2.Matn talqinin tadqiq etish.
3.Matn tuzish.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, matn bir qancha yordamchi sohalar – editsiya, arxeografiya, germenevtika, ekzegetika kabilar bilan bog‘liq holda ham tadqiq etiladi. Masalan, editsiya – hujjatli va mumtoz matnlarning ilmiy nashrini amalga oshirishdir. Arxeografiya yozma manbalarni qidirib topish, birlamchi ishlov berish, ilmiy muomalaga kiritishni nazarda tutadi. Kutubxona, turli fondlardagi qo‘lyozmalarning turkumlashtirilgan tavsifi, arxeografik qiyosiy tahlili manba matnini tuzishda muhim hisoblanadi. Bunday ishlar natijalari matn ustida ishlashning ravon borishini ta’minlaydi. Germenevtika qadimgi yozma matnlar mazmunini izohlash bilan shug‘ullanadi, matnshunoslik uchun asarning o‘tmishda tutgan o‘rni, asar umumiy mazmuni kabi ma’lumotlarni beradi. Ekzegetika esa diniy matnlarni filologik jihatdan tahlil etishda matnshunoslik ishlari bilan bevosita bog‘lanadi.
Matnshunoslik qo‘lyozma nusxaning matn xususiyatlaridan tortib nashr ko‘rinishidagi barcha yutuq va kamchiliklari haqida tasavvur uyg‘otuvchi tadqiqotni amalga oshiradi. Matn taqdiri, saqlanish darajasi, nashr bezaklari va tavsifiy belgilarini o‘rganish matn tushunchasining klassik ta’rifiga sig‘masa-da, matnshunoslikda qabul qilingan matn tushunchasi, uni o‘rganish doirasiga kiradi. Matnshunoslikning asosiy uslubiy prinsipi matn tarixini kompleks ravishda o‘rganishdir. U matn taqdirini yoritadi va matndagi o‘zgarish xususiyatlari, sabablari va bosqichlarini oydinlashtiradi. Matnshunoslikning tadqiq usullari bir qancha bo‘lib, umume’tirof etilgan qoidalarga matniy tafovutlarni tahlil qilish, ko‘chirishdagi xatoliklarni tahlil etish, muallif matni xatoliklarini aniqlash, matnni ongli ravishda o‘zgartirish hollarini aniqlash, qo‘lyozma tavsifini amalga oshirish, kon’ektura yo‘li bilan matnni tiklash, qo‘shimchalar va tushirib qoldirishlarni aniqlash, gloss va interpolyatsiyalar tahlili, qo‘lyozma nusxalar o‘rtasidagi farqlar tahlili, nusxalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va munosabatni aniqlash, matnlarni klassifikatsiya qilish, tekstologik belgilarni aniqlash, matnlarni tiklash (rekonstruksiya), matnlarni sanalashtirish, matnning yaratilish joyini aniqlash, atributsiya va ateteza va asosiy matn tuzish usullari kiradi.

Yüklə 220,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin