1-mavzu. Kirish. Matnshunoslik fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 220,31 Kb.
səhifə21/41
tarix01.12.2022
ölçüsü220,31 Kb.
#120278
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
1-mavzu. Kirish. Matnshunoslik fanining predmeti va vazifalari R

Nazorat uchun savollar:

1. “Farhod va Shirin” dostoni matni va nasriy bayonini tayyorlashda boshchilik qilgan shaxs?


2. Matnshunoslik sohasi qaysi davrdan ilmiy yo‘nalish sifatida shakllandi?
3. Qachon Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari yig‘ma-qiyosiy matn shakllantirildi?
4. Qaysi yili Toshkentda sharqshunoslarning Butunittifoq birinchi konferensiyasi o‘tkazildi?
5.Matnshunoslik sohasini rivojlantirishda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarini aytib bering.
6. 1920-yilning mart oyida Turkiston Markaziy ijroiya qo‘mitasi Turkiston davlat nashriyotini (Turkdavnashr) ta’sis etishdan asosiy maqsadi nima edi?
7. Fitrat qaysi maqolasida “Devoni Foniy”ning Buxoroda topilgan nusxasini badiiy va uslubiy jihatdan tekshiradi?
8. Vasliy Samarqandiyning “Al-kalom ul-afham fi manoqibi imomi ul-A’zam” kitobini ko‘chirgan xattotning nomini ayting.

9-mavzu: Qo‘lyozma manbalar: matn tarixi.


Reja:
1. Qo‘lyozma manbalar haqida ma’lumot.
2. Matnshunoslik fanining asosiy vazifasi.
3. Matn tarixini o‘rganish prinsiplari.

Matnshunoslikning asosiy uslubiy prinsipi matn tarixini kompleks ravishda o‘rganishdir. Bunda matndagi davr ruhi izlari, maqsadli ravishda yoki tasodifiy kiritilgan o‘zgarishlar ham, keyingi davrlarda yuz bergan nashriy saktaliklar ham nazardan qochirilmaydi. SHu jarayonda matnshunoslik tarixiy-adabiy, siyosiy-jo‘g‘rofiy va maishiy xarakterdagi turli masalalarni ham o‘rganadi. Shundan kelib chiqib, matnshunoslik barcha ilmiy sohalar ob’yektiga daxldor deyish mumkin.


Adabiyot tarixi o‘rganadigan barcha masalalar matnshunoslikda hisobga olinadi, biroq uning vazifasi aniq. U matn taqdirini yoritadi, matndagi o‘zgarish xususiyatlari, sabablari va bosqichlarini oydinlashtiradi. D. Lixachev matnshunoslikni matnlarni nashr etish jarayonidan ajratib qaraydi. Bu uning rus poligrafik nashrlari, oxirgi ikki-uch asrlik tarixga ega bo‘lgan matnlar yuzasidan olib borgan tadqiqotlari natijasida chiqargan xulosasi – “tekstologiya asosida faqat matn tarixini o‘rganish yotadi” degan tezisdan kelib chiqadi. O‘zbek matnshunosligi tarixini o‘rganish jarayonida biz bu tezis o‘zini oqlamasligini ko‘rdik. Zero, asrlar davomida o‘zbek matnshunoslarining zahmatli mehnati asarning qo‘lyozma nusxasini yaratishda namoyon bo‘lgan. Nashr tushunchasi qadimgi qo‘lyozmalarni ko‘chirish va tarqatish kabi an’anaviy xattotlik va kotiblik kasbiga daxldor bo‘lgani uchun matnshunoslik ayni noshirlik, qo‘lyozmani ko‘chirish va tarqatish kabi jarayonlarga taalluqlidir. O‘zbek matnshunosligining rus matnshunosligidan yana bir farqi shundaki, turli yozuvlarda aks etgan milliy yozma madaniyatimizni bugungi kunda ommaviylashtirish ham adabiyotshunoslarimizni nashr tiplaridan kelib chiqqan holda muayyan darajada matnshunoslik bilan bog‘liq vazifalarni bajarishga undagan. Bu haqda o‘z o‘rnida so‘z yuritiladi.
Matn tarixini tiklashning xalqimiz ma’naviy hayoti tarixidagi o‘rni beqiyos. Zero, qadimiy qo‘lyozma kitob matnlari davr ruhini aks ettiradi. Ularni jiddiy o‘rganish muallifning dunyoqarashi, voqelikka munosabati, davr ilm-fani darajasi va siyosiy jarayonlari haqida muayyan tasavvur berishi mumkin.
Matnshunos oldida turgan bosh vazifalardan biri – matn tarixini tiklash, tadqiq doirasiga jalb etilgan manbaning turli nusxalarini qiyosan o‘rganish, tadqiq etish, ular asosida matnning asosiy variantini yaratish va ilmiy muomalaga kiritishdir.
Matn tarixi muayyan matn haqidagi barcha ma’lumotlar yig‘indisidir. U asarning shakl va mazmuni haqida aniq tasavvur beradi, matnga oid bilvosita va bevosita ma’lumotlarning barchasini qamrab oladi. Matn tarixini o‘rganishda tarixiy yoki adabiy yodgorlikning yaratilgan va ko‘chirilgan davrini aniqlash, manba nusxalari ko‘p bo‘lsa, ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish muhim hisoblanadi. Shu sababli yodgorliklar matni ustida tekstologik tadqiqotlar olib borishdan avval shu yodgorlikning mavjud barcha qo‘lyozmalarini yig‘ish, ko‘chirilish davri, matniy to‘liqligiga qarab tasniflash va shundan keyingina uning tarixini kuzatish lozim. Chunki har bir qo‘lyozma birinchi navbatda o‘z davrining tarixiy yodgorligi sifatida o‘zigagina xos bo‘lgan muayyan tarixga ega.
Matn tarixini o‘rganish qo‘lyozma nusxaning mavjud nusxalarini o‘zaro qiyosiy tekshirishdan boshlanadi. Matnlar to‘liq, nuqsonli, tuzatilgan (redaksiyaga uchragan) yoki tugatilmagan ko‘rinishlarda uchraydi. Qo‘lyozma nusxalarda uning tarixi bevosita qayd etilgan yoki bilvosita aniqlanadigan belgilar yordamida tiklanadi. Bevosita belgilarga qo‘lyozma asarning yaratilish va ko‘chirilish sanalari, muallif va uning asarni yozish maqsadi ifodalangan so‘zboshisi, kotib nomi yoki uning qaydlari kabi matnshunoslik uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan tavsifiy mezonlar kiradi. Bilvosita belgilarga ushbu asar va uning muallifi haqida turli asarlar, xususan, tazkiralarda berilgan ma’lumotlar, shuningdek, qo‘lyozma nusxalarni qiyoslash natijasida olinadigan tekstologik natijalar kiradi.



Yüklə 220,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin