MUHRLAR. Muhrlar manbashunoslikda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, abjad va ta’rix san’ati bilan bevosita bog‘liq. Muhrlardan davr ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, san’ati va adabiyoti tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlarni anglash mumkin. Fan tarixida muhrlarni o‘rganish geraldika (gerblar tarixi) va numizmatika (tangalar tarixi) kabi fan sohalari qatorida jiddiy tadqiqot ob’ekti sanaladi. Dunyo davlatchiligi tarixida muhrlar bilan bog‘liq voqealar ko‘proq hukmdorlar haqidagi hikoya va qissalarda keltirilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, Bobil hukmdorlari uzuk ko‘ziga muhr qo‘yib,qo‘llariga taqar ekanlar. Qadim yahudiylar podshohi Sulaymon payg‘ambar barmog‘idagi uzugiga “ bu dunyo o‘tki nchidir” deb o‘yib yozilgan ekan. Bir kuni nimadandir xafa (........) shoh uzugini irg‘itib yuboribdi. Uzuk g‘ildirab aylanib kelib uning yonida to‘xtab qolitbdi. Shohning ko‘zi uninng ich tomonidagi yozuvga ko‘zi tushibdi. O‘qisa “bu ham o‘tib ketadi” deb yozilgan ekan. Uzukda ifodalangan falsafiy hikmat shohning bir umr hayotiy shioriga aylanibdi. Amir Temurning uzugiga “rosti-rusti”, ya’ni “taraqqiyot-to‘g‘rilikda”deb yozilgan bo‘lib, uning shiori taraqqiyotning garovi bo‘lgan adolatni qaror toptirish ekanligini anglatadi. Misr amaldorlari uzukka muhr o‘yib ko‘pincha bosh barmoqlariga taqqanlar va imzo o‘rnida foydalanganlar.Xitoyda muhrga o‘zlari uchun tumor va muqaddas sanalgan hayvonlar suratini solib kamarlariga taqib yurganlar. Muhammad Payg‘ambar qabilalarni islom diniga da’vat qilib yuborgan nomalarida kumushdan yasalgan uzuk ko‘ziga o‘ydirilgan muhrdan foydalanar ekanlar. Unda “Muhammad Rasululloh”, ya’ni ”Muhammad Allohning payg‘ambari” deb yozilgan ekan. Muhrdagi yozuvlarni o‘qish muayyan tajriba talab qiladi. Ba’zi muhrlarni yuqoridan pastga, ba’zilarini pastdan yuqoriga qarab o‘qish lozim. Ayrim paytlarda muhr bezagi g‘oyasi, uzuk ko‘zi o‘lchovi, hajmidan kelib chiqib,o‘rtada yozilgan so‘zdan yuqori va quyiga qarab o‘qish lozim bo‘ladi.Har bir harfni o‘z o‘rniga qo‘yib chiqish ham murakkab vazifadir.
Muhrlar tarixiy manba sifatida ham fanga muayyan ma’lumot berishi mumkin. Masalan, Samarqandning Bog‘ishamol qishlog‘ida olib borilgan arxeologik qazishmalar jarayonida topilgan bir uzukda ajoyib naqshlar orasida kufiy xat bilan “Ali” so‘zi to‘rt marta yozilgan ekan. Agar shu harflar abjad bilan raqamlarga aylantirilsa,440 raqami hosil bo‘ladi. Bu hijriy 440 yilni anglatadi (milodiyga aylantirsak, 1048 yilga teng bo‘ladi). Ba’zi muhrlarda muhr egasi va otasining ismi uchraydi. Bu o‘ziga xos shaxsni bildiruvchi hujjat vazifasini ham o‘tagan. Ayrim muhrlarda shaxs ismi va unga xos bo‘lgan ayrim unvonlar, fazilatlar she’riy usulda ham keltirilgan.
Muhr egalarining o‘z davri,jamiyatda tutgan mavqei,obro‘-e’tiborlari haqida muayyan ma’lumotlarni aynan shunday muhrlar orqali tiklash mumkin. Alisher Navoiy Amir kabir lavozimiga tayinlanganda olim va fozillar ta’rixlar yozganliklari haqida tarixchi Xondamir batafsil ma’lumot bergan. Navoiyning o‘zi bu haqda shunday keltiradi: “Bu faqirga podshoh muhr taklif qilganda Mavlono Burhoniddin ta’rix aytib erdikim, bag‘oyat xo‘b voqea bo‘lub erdi. Ammo chun faqirning ta’rifiga nafsilamrda g‘ayri voqedir (ya’ni mubolag‘adir), lozim kelur erdi, bitilmadi (ya’ni keltirmadim). Buyuk mutafakkir eslatgan ushbu ta’rix Xondamir tomonidan to‘liq berilgan va bevosita muhr bilan bog‘liq bo‘lgani uchun quyida keltirib o‘tamiz
Miri falak janobi Alisher k-az sharaf,
Ojiz buvad z-darki kamoloti o‘ xirad.
Devon neshast oxiri sha’bon ba dodu adl,
Az lutfi shohi odil va l-haq chunin sazad.
Chun muhr zad ba davlati sultoni ro‘zgor,
Ta’rix shud haminki “Alisher muhr zad” (Falak amiri janob Alisherning shunchalik sharafliligidan, aql uning kamoloti ko‘lamini idrok etishdan ojiz qoldi. Sha’bon oyining oxirlarida adolatparvarlik uchun devonga o‘tirdi. Odil va haqparvar shohning lutfi shuni loyiq topdi. Zamona sultoni davlatiga muhr bosganligi sababidan “Alisher muhr urdi” bunga ta’rix bo‘ldi.)
Bu qit’ada “Alisher muhr zad” jumlasi ta’rix moddasidir. Ularni raqamlarga aylantiramiz:
ayn-70
|
lom-30
|
yo-10
|
shin-300
|
yo-10
|
re-200
|
mim-40
|
he (havvaz)-5
|
re-200
|
ze-7
|
dol-4
|
yig‘indi
876
|
Demak, hijriy 876 yilda Alisher Navoiy amiri kabir bo‘lgan ekan. Endi hijriyni milodiyga aylantirsak, 1471 yil hosil bo‘ladi. Sha’bon oyi(9-mart-6-aprel) oxirida ro‘y bergani haqidagi eslatmaga asosan, yil taqvimiga nazar tashlasak, 1472 yilning aprel oyining boshiga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: |